Xadichabegimning huzurlarida muhim kengash
bor, — shivirladi Nizomulmulk.
Xadichabegim To‘g‘onbekni ochiq yuz bilan qabul
44 2
etdi. 0 ‘g ‘lining ahvolini so‘radi. Keyin, garchi o ‘zi
yaxshi xabardor bo‘lsa ham, Astrobodda ro‘y bergan
voqealar bilan qiziqsindi. To‘g ‘onbek qisqa, lekin
chertib-chertib gapirib berdi.
— U nomaqbul asimi nima qilmoqchisizlar? —
so‘radi oqargan sochlarini barmog‘i bilan silab Xadi-
chabegim.
— Bilmadik, — javob berdi To‘g‘onbek. — Hozir
Hirotda,
Ixtiyoriddin qal’asida
yotgan
chiqar.
Ishonchli navkarlar bilan yuborgan edik.
— 0 ‘g‘limga beadablik qilgan u shumni qattiq
jazolash kerak. Menga qolsa, o'ldirmoq kerak! Otasi
Hirotga, bolasi Astrobodga panja solmoqchi! Y o‘q,
bunga aslo yo‘l qo‘ymasmiz! — dedi g‘azab bilan shi-
virlab Xadichabegim va o‘tirganlarga qarab qo‘ydi.
T o‘g ‘onbekning ko‘zlari g ‘alati ochilib ketdi.
Nizomulmulk ayyorlarcha sukut etdi.
Xadichabegimning har bir so‘zini bosh liqillatish
bilan tinglagan Kamoliddin Husayn, Amidalmulk
ikkisi birdan: «Ixtiyor sizda!» deyishdi. T o‘g‘onbek bir
oz mulohaza qilib, bu fikr bular orasida ilgaridan pish-
ganligini payqadi. Badiuzzamonni podshohga qarshi
yana katta g‘azab bilan oyoqlantirish, o ‘rtada g‘av-
g ‘olarni kuchaytirish uchun bundan yaxshi chora yo‘q
edi. Buning natijasida To‘g‘onbek ham maqsadlarini
tezroq, qulayroq amalga oshiradi. Mana, Xadicha
begim ham o ‘z o ‘g‘lining baxti uchun o ‘gay o ‘g‘il
Badiuzzamonga dushmanlik qilyapti-da!
— Farmon qani? — Xadichabegimga tomon egilib,
Dostları ilə paylaş: |