Atrofni qurshagan navkarlarning ko‘zlarida yosh, shahzodaga samimiy achinish va muhabbat yondi. Ko‘plari bir-birlariga ma’nodor boqib, boshlarini asta chayqab qo‘ydilar. Muzaffar Mirzo xijolat tortib, o ‘r- nidan turdi-da, T o‘g‘onbekni imlab, uzoqlashdi. Qari, tajribali jangchi, ov va qush bandasi Muhammad Burunduq barios yosh, mard, olijanob asirga yaqin ke- lib, sevgi va hurmat bilan uning boshini siladi: «Chin so‘zni aytdingiz, shahzodam! U lg‘ayib, zo‘r qo‘shin- larga sardor bo‘lursiz, shahzodam!» dedi ham yigit- larga shahzoda uchun taom va sharbat keltirishni buyurdi. Oqshom Muzaffar Mirzo tantana bilan shaharga kirdi. M o‘min Mirzoni qamab, qochirmasinlar, degan andisha bilan kuchli posbonlar qo‘ydi. Chunki yosh bolaning bahodirligi, aqli hammaga tarqalgan, ham- maning yuragida unga chuqur muhabbat uyg‘otgan edi. G ‘alaba munosabati bilan Muzaffar Mirzo katta ziyofat tuzdi. Behad ko‘p may ichdilar, o ‘yin-kulgi qildilar. Ish ko‘rsatgan yigitlarga qimmatbaho sarupo- lar va o ‘zga in’omlar berildi. Bir qancha kundan so‘ng Balxdan xabar keldi — Husayn Boyqaro o ‘z o ‘g ‘li Badiuzzamonga qattiq shikast berganligi bilindi. Odamlar orasida eng ko‘p doston bo‘lgan voqea Badiuzzamonning yengilishi emas, balki Balxda Badiuzzamon yengilgan kunning naq ertasi Astrobodda uning o ‘g ‘li M o‘min Mirzoning yengilib, asir tushishi bo‘ldi. Bu xabardan Muzaffar 441
juda quvondi. Otasini g‘alaba bilan tabriklab, chopar yubordi. To‘g‘onbek bir oydan so‘ng, Muzaffar Mirzoning iltimosicha, ba’zi ishlami bajarish uchun podshoh