Asr oshgan asarlar


bor tovushi bilan qichqirdi: «Qo‘yib yubor meni!



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Navoiy romani. Oybek

bor tovushi bilan qichqirdi: «Qo‘yib yubor meni!
Boshqalar qirg‘inga kirgan-da, biz tomoshabin bo‘lib
turamizmi?» Otga qamchi urdi u. Kuchli ot sakrab,
oldinga qarab uchdi. Bola jang qaynog‘iga kirdi. Uni
qo‘riqlagan yigitlar b o ‘ronday qo‘zg‘alib, uning orqasi­
dan yugurdilar. Jangda ular dushman bilan qilich-
lasharkan, ayni vaqtda M o‘min Mirzoni qo‘riqlashga,
ustiga otilib, asir olmoqchi bo‘lganlarni to ‘zg‘itishga
zo ‘r fidokorlik ko‘rsatar edilar.
M o‘min Mirzo qaynoq otda dushmanning to‘da-
lariga o ‘zini urib, nozik qo‘llari bilan qilich solar,
yana g‘azabli ko‘zlarini atrofga tikib, o‘z yigitlari-
ning ahvolini bilmoqqa, ularga dalda bermoqqa hara-
kat qilardi. O'ng yoqdagi yigitlari ancha chekinib,
uzoqlashgan, to‘zmoqqa boshlagan edilar. M o‘min
439


Mirzo ish ko‘rgan uch-to‘rt bahodiri bilan otini o ‘sha
yoqqa burdi. Chang-to‘zondan chiqib, otni savab
ucharkan, dushmanning qandaydir qalin to‘dasi ularni
yoqaladi. M o‘min Mirzo yo‘lni chap berib o ‘tmoqqa
intilarkan, orqadan kimdir uning yengil gavdasini
egardan uzib olib, tizzasiga chalqancha yotqizdi-da,
qarshi tomonga shamolday uchdi. M o‘min Mirzo bor
kuchi bilan astoydil tipirchiladi. Lekin ternir changal-
dan qutulish imkonsiz edi. M o‘min Mirzo bir intilib,
boshini sal ko‘targach, ko‘zlari To‘g‘onbekning qahrli
yuziga tushdi va bo‘g‘ilib qichqirdi: «Ha, it!»
M o‘min Mirzoning ikki bahodiri To‘g‘onbekni
quvib, uning oldiga tushishga ulgurdilar, har ikki yoq-
dan qilich bilan hamla qilishga boshlaganlarida, ular-
ning ustiga o ‘nlab dushman yigitlari otildi. Ular ko‘p

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin