otni shamolday surib qochdi. Tog‘liqlar orasiga kir- gach, tahlikadan qutulganiga ishondi-da, qattiq hal- loslagan otni to‘xtatdi. 0 ‘zi bazo‘r nafas olar edi. Orqaroqda tog‘lami gumburlatib kelayotgan yigitlarini kutdi. Yigitlar yetib, hansirab dedilar: «Abdulmuhsin Mirzo' quvib kelmoqda, ildam jo‘naylik». Badiuzza mon churq etmasdan, otga shig‘ab qamchi urdi. Borgan sari yomonlashgan, o ‘nqir-cho‘nqirlar, katta toshlar bilan band yo‘l, nihoyat, azamat qoyalar ichi- da bitdi. Otlarda yurish mumikin emasdi. Otlami tash- lab, yo ‘l biluvchi yigitlar toqqa tirmashdilar. Azob- uqubat bilan jonlarini hovuchlab, balandga chiqdilar. Lekin chiqishdan ko‘ra, tog‘ orqasiga tushish imkon- siz tuyuldi. Horg'in, ruhsiz Badiuzzamon nima qi- lishini bilmay garang edi. Yigitlar salla va belbog‘lami bir-biriga ulab, arqon yasadilar. Bunga osilib, bir-bir- lariga ko‘maklashib qirilgan, yorilgan holda pastga tush- dilar. Badiuzzamon tog‘ ostida dam olib, biron mas- kan axtarib, Qunduz viloyati sari asta yo‘l boshladi. O ‘ttiz beshinchi bob I
Quyuq daraxtzorlari, gulzorlari quyoshning qizg‘in nurlarida cho‘milgan katta bog‘da yosh shahzoda M o‘min Mirzo yoydan o ‘qni uzar, baland daraxtlar uchidan oshirganiga suyunib, o ‘ynab yurardi. Otasi Badiuzzamon Balxga ketarkan, o ‘z o ‘mini, Astrobod 1 Husayn Boyqaroning o'g'illaridan biri.
4 3 6
hokimligini, vaqtincha unga topshirgan edi. Lekin o ‘n ikki-o‘n uch yashar bola, tabiiy, bu vazifadan uzoq edi. U muallimda saboq olgandan keyin otda kezar, o ‘q-yoy otar, yigitlarning katta maydonda harbiy