boshlab ketdi. Ko‘p o ‘tmasdan, bo‘ron hayqirig‘i bilan dushmanning oldingi qismlari otildi. Chang-to‘zon orasida jang qaynadi. 0 ‘g‘liga yordam uchun qari Zulnun Arg‘unbek o ‘ng yoqdan dushman ustiga yopi- rildi. Dushmanning bir qismi to‘g‘ri aravalar ustiga otildi. Lekin merganlaming o ‘qlariga tob bermay, to‘lqin orqaga ag‘darildi. Yigitlaming bir qismi otdan tushib, dasta-dasta yashirinib, yaqinlashib, arava orqasidagilarni o ‘q bilan qulatmoqqa boshlarkan, ikkinchi katta qismi uzoqdan qurshab tushishni ko‘z- lab harakat qildi. Shoh Shujobek va Zulnun Arg‘unbek sonsiz-sanoq- siz dushmanning bosimini to‘xtatolmay, orqaga siljib, yana payt poylab, ilgari otilar edilar. Lekin ularning yigitlarining oz qismigina ularga ergashar, ko‘plari esa buzilib, tartibsiz qochishga boshlagandilar. Badiuzzamon mag‘lub bo‘lganligiga iqror bo‘lsa ham, orqaga chekilib, yana mudofaa choralari ko‘rdi. Kichik dastalar bilan chekila-chekila, dushmanga zarba berayotgan Shoh Shujobek va keksa bahodir unga dalda berar edi. Lekin borgan sari dushmanning bosimi, dahshati kuchaydi; Husayn Boyqaro yigitlari, 435
go‘yo eng ashaddiy dushman bilan olishayotganday, omonsiz qirg‘in solar edilar. Badiuzzamonning oldinga yuborilgan xos yigitlari yugurib kelib, uni qurshashdi: «Shu onda qochmoq kerak, dushman sizni asir olmoq fíkriga tushdi». Badiuzzamon atrofga razm solib, ulaming fikrini tas- diqladi. Zulnun Arg‘un va Shoh Shujobekka yigitlar yuborib, o ‘zlaringizni qutqarishga harakat qilinglar, deb farmon berdi. Keyin bir dasta yigitni birga olib,