dushman bilan fidokorona qilichlashib, ikkovlari ham parchalanib, tuproqqa qorishdilar. Astrobod yigitlari M o‘min Mirzoning asir tush- ganidan ogoh bo‘lgach, alamdan yana qattiqroq urushdilar. Ko‘plari qirildi. Qolganlarini kuchli dush man keng dalaga to ‘zdirib yubordi. Lekin ular ajoyib mard bolaga achinib, ho‘ng-ho‘ng yig‘lashar, yana dasta-dasta birikishar, hayotdan o ‘limni afzal bilib, dushmanga qayta-qayta otilar edilar... To‘g‘onbek yosh asirni to‘ppa-to‘g‘ri Muzaffar Mirzo qoshiga keltirib, g‘urur bilan topshirdi. Salqin daraxtzorda, gilam ustida gerdayib o ‘tirgan sip-silliq Muzaffar Mirzoga chang-to'zon bilan qoplangan asir qovoqlarini solib, dadil qaradi. Muzaffar Mirzo kino- yali tabassum bilan so‘radi: — Oqibat ne bo‘ldi? — Ayb sizda. Men yolg'iz farmonga bo'ysundim,— javob berdi M o‘min Mirzo chanqovdan qurigan lablari bilan. — Agar siz bir oz bardosh qilsangiz edi, men otam bilan yoki bobom podshoh hazratlari bilan xabarlashib, shaharni topshirar edim. — Boshqa yo‘l ham bor edi, — dedi Muzaffar Mirzo xuddi go‘daklar bilan hazillashgan bir tur bilan.— Agar sen qilich-sadog‘ingni bo‘yningga osib 440
qoshimga o ‘zing kelsang edi, u chog‘ mendan marha- mat ko‘rar eding. — Men — ulug‘ Temuming nabirasi! — dedi bola achchiqlanib. — Qilich-sadoqni bo‘yniga osib, dush- manga tiz cho‘kmoq, ulug‘ bobomning ruhiga zo‘r haqorat bo‘lar edi. — Kimga abasan bu gapni? — Sizga! agar siz emas, Rustam kelsa, Chingiz kelsa ham shu so‘zni aytar edim! — dedi-da, M o‘min Mirzo alamdan, o ‘kinchdan titrab, yerga qaradi.