The theme: e-procurement



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/3
tarix02.03.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#86198
  1   2   3
Singapur davlati.MM-56i.Shoh

Mavzu:Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi

Bajardi:MM-56i guruh talabasi

Eliboyev Shohruh


Singapur mustaqillikka erishgan 1965-yilga kelib mamlakat og‘ir iqtisodiy ahvolda bo‘lib, qonunlarga rioya qilmaslik avj olgan edi. Qonunchilik britaniyalik kolonizatorlar tomonidan import qilingan, huquqni muhofaza qilish organlari uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurasha olmasligi ayon bo‘ldi. Aksariyat mansabdorlar esa korrupsion sxemalarda ishtirok etar edi.
Mamlakat yetakchilari korrupsiya va o‘zboshimchalikni jilovlash muhim ekanligi va busiz mamlakat kelajagi yo‘q ekanligini anglab yetdi. Bu qattiqqo‘lligi va ketma-ketligi bilan ajralib turuvchi choralarning butun bir tizimini qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qildi. Mansabdorlar xatti-harakatlari reglamentlashtirildi, byurokratik jarayonlar soddalashtirildi, axloq me’yorlariga rioya etish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.
Shu bilan bir paytda korrupsion harakatlar uchun jinoiy jazo choralari keskinlashtirildi, sud tizimining mustaqilligi oshirildi, sudyalar maoshi keskin oshirildi va ularning imtiyozli maqomi ta’minlandi, pora berish yoki aksilkorrupsiyaviy surishtiruvda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi. Bu choralar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, mansabdorlar maoshini oshirish va malakali ma’muriy kadrlar tayyorlash bilan uyg‘unlikda olib borildi.
Hozirgi paytda Singapur qat’iy avtoritar davlat bo‘lib, korrupsiyaning yo‘qligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo‘yicha dunyo reytinglarining yetakchi o‘rinlarini egallaydi. Singapur misoli siyosiy iroda, korrupsiyaga qarshi samarali qonunchilik va sotilmaydigan mustaqil agentlik bir necha yil ichida korrupsiyani juda past darajaga tushirishga qodir ekanligini ko‘rsatadi.
Mustaqillikka erishgan paytda Singapur qashshoq mamlakat bo‘lib, hatto ichimlik suvi va qurilish qumini ham import qilishga majbur bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlar unga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmasdan, aholi o‘rtasida sotsialistik g‘oyalar ommalashgan edi. Korrupsiya oddiy holat bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borgandi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin