The theme: e-procurement


Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi: shakllanishi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/3
tarix02.03.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#86198
1   2   3
Singapur davlati.MM-56i.Shoh

Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi: shakllanishi
Mamlakatning birinchi hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda bir nechta muammolarga duch keldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonun zaif bo‘lib, ko‘plab korrupsiyaviy jinoyatlar uning amal qilish sohasidan tashqarida edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beruvchi hokimiyatga ega emasdi.
Davlat mansabdor shaxslari tijorat sohasi ishchilariga nisbatan o‘rtacha daromadga ega va mansab vakolatidan shaxsiy maqsadlarda foydalanar edi. Aholi quyi darajadagi ma’lumot va huquqiy madaniyatga ega bo‘lib, pora u yoki bu resurslarni qo‘lga kiritishning yagona yo‘liga aylangan edi.
Singapurdagi islohot tashabbuskorlaridan biri, mamlakat mustaqillikka erishgan paytidagi bosh vaziri Li Kuan Yu.
“Bojxona mansabdorlari kontrabanda va taqiqlangan mahsulotlarni olib o‘tayotgan transport vositalarini tekshirishni ‘tezlashtirish’ uchun pora olar edi. Markaziy ta’minot xizmati ma’lum bir pora evaziga manfaatdor shaxslarga tenderlar haqidagi ma’lumotni yetkazar, Import-eksport departamenti mansabdorlari ruxsat berishni tezlashtirish uchun pora olar, pudratchilar kamchiliklariga ko‘z yumishi uchun klerklarga pora berar edi. Hokimiyatni o‘z manfaatlariga konvertatsiya qilish bobida insoniyat kashfiyotlari cheksiz”, — deydi Li Kuan Yu asarlaridan birida.
1960 yilda qabul qilingan qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi, Korrupsiya holatlarini tergov qilish byurosiga maxsus vakolatlar berildi.
Singapurda ushbu Byuro har qanday fuqaroni, uning maqomi, kelib chiqishi, dini, tilidan qat’i nazar sudga jalb qilish huquqiga ega. Tashkilot hattoki biznes doiralarda ham surishtiruv va tekshirishlar o‘tkazadi. Pora, lobbizm, oddiy til bilan aytganda “otkat” kabi holatlar doimo diqqat markazda turadi. Biror tovar olishga undash uchun pora berish, olish va vositachilik qilish uchun ham jarima, ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi. Byuro tergovchilari har qanday shaxsni so‘roq qilishi, uyida tintuv o‘tkazishi, hatto, kuch bilan uyga kirish huquqiga ega. Buning uchun albatta, o‘sha shaxsning korrupsiyaga aloqadorligi bo‘yicha gumon qilishga arzigulik asos bo‘lishi lozim. 
Sudyalarning ish haqlari keskin – yiliga bir necha yuz ming dollarga olib chiqildi. 90-yillarda bu ko‘rsatkich 1 mln dollardan ham oshdi. 1989 va 1994 yillarda yuqori martabali davlat xizmatchilarining ish haqini qayta ko‘rib chiqish natijasida maoshlar shu qadar oshirildiki, Singapur bu borada dunyoda 1-o‘ringa chiqib oldi. Shu bilan birga, 1995 yilda xususiy sektorning daromadi pasaygani sababli, 1997 yilda mansabdorlarning maoshlari kamaytirildi.
“Oldimda ikkita yo‘l bor edi. Birinchisi: o‘g‘irlash va do‘stlarim ham qarindoshlarimni “Forbs” reytinglariga kiritish, shu bilan birga xalqimni och-yalang‘och holda qoldirish. Ikkinchi yo‘l: xalqimga xizmat qilish va yurtimni eng yaxshi mamlakatlar o‘ntaligiga olib kirish. Men ikkinchi yo‘lni tanladim”. — Li Kuan Yu

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin