Reja
1.Moliyaviy siyosatning mazmuni va siyosati
2.Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
3.Hozirgi boshqichdagi moliya siyosati va uning o'ziga hos hususiyatlari
AQSh moliya tizimi mamlakat ichida va xalqaro maydonda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi davlat organlari, banklar hamda korporatsiyalardan tashkil topgan. Soha yalpi daromadi mamlakat YaIM nisbatan 429.3% ni tashkil qiladi (virtual iqtisodiyot- fond bozorlari daromadlari judayam katta)[1]. Ushbu sohaning asosiy harakatlantiruvchisi mamlakatning Markaziy Banki hisoblanmish Federal Rezerv Sistemasi (FRS) hisoblanadi
Mamlakat moliya sohasining rivojlanishi XX asr boshlariga to`g`ri keladi. 1913-yilda AQSH Kongressida FRS ni tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi va u mamlakat pul-kredit siyosatining boshqaruvchisi, ya`ni mamlakat Markaziy Banki maqomiga ega bo`ldi. Qonunga ko`ra, FRS boshqaruvchilar kengashi tarkibiga AQSH Prezidenti tomonidan 14 yil muddatga tayinlanadigan 7 ta a`zo kiradi
AQSH moliya tizimini fond birjalari va fond bozorlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Davlat va xususiy sektor qimmatbaho qog`ozlari aynan shu yerda savdo qilinadi.