Nizomiy nomidagi tdpu ning 102-guruh kimyo yo’nalishi talabasining media savodxonlik va axborot madaniyati fanidan mustaqil ishi
Soburov diyorbek
Kompyuter o’yinlari manqurtlik vositasi
Reja
1 Kompyuter o’yinlarining yoshlar ongiga ta’siri.
2 Kompyuter o'yinlarining bola ruhiyatiga ta'siri
3 Virtual olam va tarbiya masalalari
Kompyuter o’yinlarining yoshlar ongiga ta’siri.
Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketishning jamiyatga zararlari ko’p. Avvalo manaviy zarar bo’lib, kompyuter o’yinlari jamiyatimizni manaviy buzuqlik botqog’iga botirib, insonni o’zlikni anglash baxtidan mosuvo qilmoqda. Islom dinimiz ta`limotlarida ham bu kabi amallar qattiq qoralangan: ”Axir, (qilgan) yomon ishi o’ziga chiroyli ko’rsatilib, uni go’zal (ish) deb o’ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo’larmidi )?!. Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo’ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey Muhammad!) Ularga hasratlar chekib joninggiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir sinoatlarini biluvchidir.” (Fotir, 8 ).
Shayton vasvasasiga uchragan ayrim yoshlarning virtual o’yinlariga xatti-harakatlari o’zlariga ziynatli ko’rinadi. O’yinlar quliga aylangan bola o’z-o’zidan ajablanib, qilgan ishi ko’zini quvontirib, borgan sari haddidan oshaveradi.
Kompuyuter o’yinlari yoshlarning vaqtini o’g’irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o’qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o’yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani tashvishli holat.
Kompyuter o'yinlarining bola ruhiyatiga ta'siri
21-asrning texnologik taraqqiyoti nafaqat poyga, balki inqilobdir. Agar bundan 30 yil oldin ham hech kim ma'lumot topish, ko'ngil ochish, o'qish yoki hattoki qandaydir kompyuter yordamida ishlash juda oson bo'ladi deb hech kim o'ylamagan bo'lar edi. Dunyo bo'ylab istalgan joydan telefon yordamida gaplashish mumkin, shuningdek, nafaqat gapirish, balki o'ynash, o'qish ham mumkin. Zamonaviy texnologiyalar mo''jizalarni yaratmoqda. U nafaqat ko'ngil ochadi va o'rgatadi, balki yordam beradi, qutqaradi va odamni rozi qiladi.
O'yinlarning bolalarga qanday ta'sir qilishi ko'plab darsliklarda, maqolalarda, gazeta va jurnallarda muhokama qilinadi, televidenie, radio va bolalar poliklinikalarida muhokama qilinadi. Axir bu muammo tobora dolzarb bo'lib qolmoqda. Bolalar kattalarga qaraganda yomonroq kompyuter o'yinlariga jalb qilinadi. Darhaqiqat, odamning, ayniqsa kichik odamning ruhiyatiga, tashqaridan osongina ta'sir qilish mumkin.
Ko'chada yurib, siz endi, avvalgidek, klassikalarni o'ynayotgan yoki to'pni tomosha qilayotgan bolalarni ko'rmaysiz. Bunday o'yinlarni hamma ham eslamaydi. Ammo bu haqiqiy hayot, virtual emas. Ota-onalar, bolani chalg'itishi, unga ergashmaslik va u haqida tashvishlanmaslik uchun, unga sichqonchani berishadi. Bu to'g'ri emas va u jamiyatni zaharlaydi. Kompyuter o'yinlari, albatta, qiziqarli va qiziqarli, ammo ma'lum miqdorda. Aks holda, ularning inson ruhiyatiga ta'siri juda kuchli bo'ladi va kompyuter o'yinlaridan ajralib chiqish qiyin bo'ladi.
Virtual olam va tarbiya masalalari
Kompyutеr o‘yinlari o‘ynaydigan inson to‘g‘risida psixologlar fikri qanday? Kompyutеr o‘yinlari hozirgi kunda shaxsiy kompyutеrning asosan inson qalbi: tana uchun kеrakli bo‘lgan barcha a’zosi — ko‘z, quloq va barmoq-larining nozik harakatlari bilan ishlashi xususiyati sababli psixologik xususiyatdagi eng yangi axborotlar manbai bo‘lib qolgan. Kompyutеrlar kasbiy foydalanishda inson tabiatining namoyon bo‘lishini tеgishli tеxnologiyalar doirasi bilan chеgaralaydi. Kompyutеr o‘yinlarida esa bunday chеklashlar yo‘q.
Fan sifatida interfaol ta’lim texnologiyalari va psixologiyaning xususiyati — obyеktiv va subyеktiv yondashuvning birligi hisoblanadi. Birinchisi tеstlar o‘tkazish natijalarini tahlil qilishda ko‘proq namoyon bo‘ladi, ikkinchisi psixotеrapеvt tomonidan bеmor (mijoz) bilan ishlash davomida yuzaga kеladigan shaxsiy sеzgilaridan foydalanishi hisobiga davolash samaradorligini oshirishga imkon bеradi. Kompyutеr o‘yinlariga obyеktiv yondashuv — iqtisodiy statistikaga tayanish, subyеktiv yondashuv — o‘yinchining taassurotlari va sеzgilarini tahlil qilishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, kompyutеr o‘yinlari inson psixologiyasi, uning tarbiyasi bilan o‘zaro aloqadordir. Kitoblarga nisbatan kompyutеr o‘yinlarining asosiy ustunligi — matn shaklidagi pedagogik va psixologik bilimlarni namoyish etishda, bu bilimlarni o‘zlashtirishda bolalar barcha voqelikni birgalikda «boshdan kеchirish» holatiga erishiladi.
Xulosa qilib aytganda, men hech qachon tanqidni yoqtirmaganman.
Kompyuter o’yinlarini ko’ngil ochar yo’nalishda foydalanish ma’qul men uchun.
Agar to’g’ri foydalanilsa har narsadan foyda topsa bo’ladi.
Agar g’arazli yo’l bilan foydalanilsa , guldan qotillik anjomi sifatida foydalansa bo’ladi.
Shunchaki har jabhada xolislik eng yaxshi yechim
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT