Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma oltinchi bob
I
Arslonqul nari bed nonushta qilib, jomakorini 
kiydi. Ikki haftadan buyon ishlayotgan joyiga — Hirot 
xiyobonida solinayotgan binoga jo ‘namoqchi bo‘lib 
turganda, ko'cha eshigi qoqildi.
— Xuddi zakotchilar keldi, — ranjib dedi Dildor.— 
Yana necha dinor... bering-da, bu balolardan boshin- 
gizni qutqaring.
— Jonim, nimani beramen? Mehnat haqqim kis- 
samga tushayotgani yo‘q. Majididdin M uhammad o‘z 
xayolxonasidan haftada yangi zakot to ‘qib chiqarmoq- 
da. Azbaroyi xudo, bitta-yarimtasini chopib tashlay- 
men-da!
— Bolam, tinch yur: och qomim, tinch qulo- 
g‘im!— orqadan qichqirib qoldi kampir.
Ko‘chada Arslonqulni baland bo‘yli zabardast 
chol — mahalla oqsoqoli qarshiladi. Yigit qo‘lini 
qovushtirib, salom berdi. Oqsoqol shamshod hassasini 
yerga urib, odaticha, dastlab Arslonqulni koyidi. Unga 
bomdod namozini ko‘pincha kanda qilishini eslatdi. 
Agar yana kanda qilsa, muhtasib'ga aytib, el oldida 
qirq darra urdirishini uqtirdi. Arslonqul, chavandoz 
ostidagi otni tutgan kabi, butun mahallani yaxshi 
jilovlagan bu chol bilan hazillashish mumkin emasli- 
gini bilganidan, namozni aslo kanda qilmaslikka va’da 
berdi-da, uyga qaytmoqchi bo‘ldi.
— Shoshma, o ‘g‘lim, — dedi Arslonqulning yelka- 
sidan ushlab chol, — bukundan e’tiboran shahzoda
1 D in iy ishlam ing m u s u lm o n la r to m o n id a n b ajarilishini ia ftish la b yuradigan 
m a ’m ur.
12-4733 
353


Muzaffar Mirzoning to ‘ylari boshlandi. Biz katalak 
ko‘chada emas, guzargohda yashaymiz. Butun uylar- 
ni, devorlarni yasaturmiz. Amri podshoh, g‘ayrat bilan 
yasovga kirishmoq lozim.
— Ishga kechikamen, ustalarim qarab qoladilar.
— Qanday ish! Bukun barcha ustalar chortoqlar, 
arklar qurmoq bilan band... — dedi oqsoqol.
Shahzodalaming awalgi to ‘ylaridagi hashamatni 
ko‘rgan Arslonqul cholga e’tiroz qilmadi. Uzoqqa 
qarab, do‘kondorlar o ‘z do‘konlarini bezashga boshla- 
ganliklarini ko‘rdi. Oqsoqol yana uqtirib, past 
ko‘chadagilarga xabar qilgani ketdi. Shu vaqtda yon 
qo‘shnilar — bo‘zchi, kosagar, jomado‘z‘ — uylaridan 
chiqishdi.
— Taxlab qo‘yilgan atlas, kimxoblami va ipak gi- 
lamlarni olib chiqmaysizlarmi? — kulib hazillashdi 
Arslonqul.
Oriq, yelkasi chiqqan bo‘zchi ingichka belini uch- 
ma-uch chirmagan kir belbog‘iga bir qo‘lini tirab, 
ikkinchi qo‘li bilan boshini kambag‘alchasiga qashib 
qo‘ydi.
— Tavba! — dedi ko‘zini olaytirib. — Muzaffar 
Mirzoning xatna to ‘ylari yaqinda o‘tmaganmidi?
Katta ko‘k sallasini xuddi bolalar o ‘rgamchikka 
o ‘ragandek, nari-beri chirmagan, uzun bo‘yli, qotma 
kosagar salmoqlanib, javob berdi:
— Podshohga ermak kerak-da. Sohibqiron Amir 
Temuming butun umri safarda o‘tgan. Bizning pod- 
shohniki nuqul to ‘y-tomosha bilan o‘tyapti. Mayli edi- 
ya, lekin xazinani to ‘yga sochadilar-da, keyin yana 
zakotga zo‘r beradilar.
— Ko‘rgan tomoshalaringiz badaliga haq to'lamay- 
sizlarmi? — istehzoli kulib dedi Arslonqul.
— U bozordan bu bozorga bir qadaq halvo sotib 
olib, bolalarimning og'zini chuchitsam, ularning 
quvonchi — menga katta tomosha! — javob berdi 
ayolmand bo‘zchi.
T o ‘n tikuvchi.
354


Bayramlarga, o ‘yin-kulgiga o‘ch bo‘lgan, so‘zda 
ham, kiyimda ham, yurish-turishda ham o‘z kam- 
bag‘alligini yashiradigan xushmo‘ylab, kichkina gav- 
dali jomado‘z hammaga e’tiroz qildi:
— Xursandchilik tiriklikning ziynatidir, — dedi u 
bidillab. — Shunday ulug‘ podshohning zamonida 
tomosha ko‘rganimiz g‘animat. Ko‘rursiz, bu shunday 
qiziq to‘y bo‘lurki, ta’rifmi qalam bilan ham, til bilan 
ham aytib bo‘lmas. Badiuzzamon Mirzoning to ‘ylari- 
ni hali ham doston qilib yuradilar. U hech narsa 
bo‘lmay qolur hali.
G o‘yo podshoh bilan maslahatlashgan katta to ‘y- 
boshilardek bo‘lajak hangomalami so‘zlab berdi u. 
Nihoyat, fikrini tasdiqlash uchun, ovozini pasaytirib, 
m a’nodor ishoralar bilan dedi:
— Muzaffar Mirzo — podshohning suyukli o‘g‘li. 
Xadichabegimning e’tiborlari m a’lum. Kelin bo‘lsa, 
podshohning singillari Badiuljamol begimning qizlari 
Xonzodabegim... E, ko‘rgan g‘animat, antiqa to ‘y!
Bo‘zchi bilan kosagar mahmadona qo'shnini is- 
tehzoli tabassum bilan tinglab, indamasdan uylariga 
kirib ketishdi. Jomado‘z atrofdagi boyonlar, dongdor 
oilalar o‘z devorlarini qanday yasatayotganlarini 
ko‘rmoq uchun ildam jo ‘nab qoldi.
Arslonqul bir nafas garanglanib turdi-da, uyga 
kirib, voqeani xotinlarga aytib berdi. Dildor bu to ‘yda 
yasanmoq uchun doruganing kelinlari, shayx ul-islom 
ham yasovulboshining qizlari allaqachon kiyimlar tik- 
tirganlari to ‘g‘risida so‘zladi. Keyin saroyda, ayollar 
orasida, to ‘y kunlari bo‘ladigan tantanalar haqida 
gapirarkan, eri yoqasini ushlab: «Jonim, ertak 
so‘ylayapsenmi?» deb taajjublandi.
— Oh, nega ertak bo‘lsin! Men sizga nihoyati bir 
uchini ochdim... — kuldi Dildor.
Er va xotin ko‘cha tomonni nima bilan bezash 
to ‘g‘risida kengashishdi. Kampir yaqinda o ‘lgan 
cholining m a’rakalarini o‘tkazish uchun o‘z bisotidagi 
ancha buyumlarini birin-sirin sotib qo‘ygan edi. 
Dildor, hamma xotinlar kabi, ziynatni sevgani ham
355


buni o ‘z oilasining obro‘si deb bilgani uchun jiddiy 
o ‘ylay boshladi. Dastlab: «Bo‘lsa bo'lar, bo‘lmasa 
g‘ovlab ketar», degan er endi xotinining ko‘ngliga 
qarab qiziqsindi. Baxtlariga, har qalay, bir yaqin 
do‘stlarining omonat tashlab ketgan kattagina gilami 
bor edi. Dildor sandiqni ochdi. 0 ‘ziga ham qizi kat- 
taroq bo‘lganda ko‘ylak tikmakka atab saqlagan ikki 
jufit yarqiroq guldor adrasni oldi. Kampir ham bisoti- 
dan eni-bo‘yi ikki qulochli so‘zana topib berdi.
Qiyom chog‘igacha ko‘cha bo‘ylab cho‘zilgan 
butun uylarning devorlari rango-rang matolar, 
so‘zanalar, gilamlar bilan qoplanib, erta kuzning hali 
issiq quyoshida ajoyib manzara yasadi. Xususan, bo- 
yonlaming, katta mansabdorlaming yasatiqlari nuqul 
asl va nodir matolardan bo‘lib, go‘zal tovlanishi bilan 
ko‘zlami o'ynatardi. So‘zi o‘tkir oqsoqol katta yo‘l 
ustidagi bu mahallani boy bezak bilan, ingichka zavq 
bilan yasatishga tirishgan ham bunga muvaffaq 
bo‘lgan edi. Mahallada aksariyatni tashkil etgan kam- 
bag‘al-pambag‘allarning yalang‘och-muhtojligini yaq- 
qol ko‘rsatuvchi yamoq-yasqoq uylar moldorlaming, 
mansabdorlaming tuganmas bisotidagi ipak matolar 
bilan qoplandi.
Q o‘riqlash uchun oqsoqol odim-odim joyda 
qorovullar qo‘ydi. Tantana, hammadan ko‘ra, joma­
do‘zni qanotlantirgan edi. U yalinib-yalpog‘lanib kim- 
lardandir omonatga oigan so‘zanalami o ‘zinikiday 
ko‘rsatishga tirishib, qing'ir-qiyshiq devorlarini xotin- 
larday o'quv va chaqqonlik bilan bezadi. Keyin 
tomoshabinlar bilan birga yurib, har qadamda bir 
to ‘xtab, qiymatshunos1 singari, matolaming rangi, 
to ‘qilishi, ishlangan joyi, gullari, so‘zanalarning nus- 
xasi va hokazo haqida baho berib turdi. Har bir qiziq 
hodisaga she’r bag‘ishlashni sevgan ham tez she’r 
to ‘quvchi shoirlar bu yerdan o‘tarkan, tovusday 
tovlangan ko‘chaga atab baytlar, ruboiylar aytishdi. 
Lekin, ko‘p o'tmasdan, odamlar bu yerda uzoq
! Q im m a tb a h o narsalari ta n u v c h i, b aholovchi.
356


to ‘xtamaydigan bo‘lib qolishdi. Bog‘i Jahon oro bilan 
Puli Molon o ‘rtasidagi masofada — nikoh kuni tanta- 
na bilan kelin o‘tadigan yo‘ldagi manzara hammaning 
tilida doston edi.
Hashamat va bezaklarning ta ’rifi Arslonqulni ham 
sabrsizlik bilan u tomonga yugurishga majbur etdi. 
Ulug‘larga yaxshi ko‘rinish yoki fursat kelganda 
odamlarga o‘z hukmini o ‘tkazib qolish uchun oqsoqol 
mahallaning bir necha ishchan yigitlari bilan 
Arslonqulni o ‘sha yoqqa yumushga yubordi. Arslonqul 
shahaming bu qismiga yaqinlashib, uzoqqa qarashi 
bilanoq o‘zini allaqanday boshqa, xayol dunyosiga 
tushib qolgandek sezdi. Hayajondan titragan, suron 
ko‘targan, qanot bo‘lsa, ucha qolishga tayyor minglar- 
cha olomonni yasovullarning zug‘umi tutib turardi. 
Kuchini qo'llashga fursat kelganda aslo bo‘sh kelmay- 
digan Arslonqul qudratli yelkalari bilan olomon orasi- 
ni yorib, oldinga o ‘tdi... Katta mansabdorlar, Hirot- 
ning olifta bekzodalari to ‘da-to‘da bo‘lib kezardilar. 
Arslonqul ham tomoshaga berildi.
Bog'i Jahon oroning baland darvozalari, muazzam 
arki, devorlari, qasrlar va ko‘shklaming ko‘cha tomon- 
lari Hind va M isrning ipak to ‘qimalari bilan, 
Xitoyning «guli hamisha bahor»day sho‘x gulli, nafis 
go‘zal atlaslari bilan tutash qoplangan. Gullari oltin va 
kumush bilan ishlangan ba’zi matolar quyoshda oq 
ham qizil olov bo‘lib yonardi. «Bizning mahalla beza- 
gining hatto eng yaxshilaridan eshakka to ‘qum yasal- 
sa, uvol ketmas ekan», — o‘yladi ichida Arslonqul 
ham ag‘raya-ag‘raya nari ketdi. Yo‘lning ikki tomoni- 
dagi hamma uylar va do‘konlar, bog‘ devorlari nuqul 
shunaqa matolarga burkangan edi. Faqat rangi, guli, 
yashnashi boshqacha. Yigit orqaga, oldinga qaraydi — 
ayni manzara. Shamol esib, cheksiz ipak dengizini 
to ‘lqinlatarkan, manzara tamom xayoliy shaklga kirdi.
Arslonqulning ko‘zi tinib ketdi. Ko‘rinishli joylarga 
ustalar shoshilinch ravishda yuksak arklar quradilar, 
bir tomonda mashhur naqqoshlar og‘ochlarga o‘z 
san’atlarining sehrli liboslarini kiydiradilar.
357


Bir farsah yo‘l bosib, Puli Molonga yetganda, taas- 
surotning kuchidan Arslonqul horidi. Kelinni kutib 
olinadigan joyda bo‘layotgan ajoyibotlaming umumiy 
manzarasiga uzoqdan bir oz qaradi-da, bir chekkada 
daraxtga suyalib o‘tirdi. U, mudroq bosgandek, ko‘zi- 
ni yumdi. Fikri asta ravshanlashdi. «Bu asi buyum- 
lami yig‘ib, Hirotning yetim-yesirlariga ulashilsa, ular 
loaqal o‘n yil bo‘z kiymas edilar, — kulimsirab o‘yladi 
ichida Arslonqul. — Podsholilaming boshiga davlat 
qushi qo‘nadi, degan gap bejiz emas, shekilli. U 
qo‘ndimi, hamma narsa muhayyo. Hamma orzu- 
armon sippa-silliq yuzaga chiqa berur...» Bu qushning 
hikmati to ‘g‘risida uzoq o‘yladi, keyin yodiga Navoiy- 
ning so‘zlari tushdi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin