Yigirma uchinchi bob
I
Hovlida yenglarini tirsakkacha shimarib, ko‘ylak
yoqasini oppoq o ‘zimizga tushirib, bosh yuvib o‘tirgan
Dildoming tepasiga Arslonqul kelib: «Qani, tez bo‘l!
1 Tarki dunyo qilib, odamlardan uzoq yashash.
311
Masallug‘ni qayerga qo‘yay?» dedida, ikki qo‘ltig‘ida
bozordan keltirgan tugunlarini ko‘rsatdi. Xotini tim
qora, oflobda allaqanday tovlanib «yaltiragan silliq soch-
laridan barmoqlari bilan suvni silqitib, eriga qaradi:
— Axir, hali vaqt erta-ku.
— Mehmonlami erta bilan bozor ketishda aytgan-
men. Namozi jum ’adan chiqib to‘g‘ri biznikiga ke-
lishadi.
— Oshxonaga qo‘ying. G o‘shtni mo'lroq oldingiz-
mi? Mehmonlaringiz — nozik odamlar. Unaqa-
munaqa taom bilan kuzatish uyat bo‘ladi, — dedi-da,
durdek tishlarini yarqiratib kuldi Dildor.
Arslonqul oshxona tomon qayrilarkan: «Shuncha
ta ’riflarini qilsam ham haligacha ulaming fe’lidan be-
xabarsen. Bir tovoq atalamizni bir tovoq ilik deb
biladigan odamlar», dedi.
Katak-katak bo‘z ko‘ylak kiygan to ‘rt yashar
Oynisa ayvondan pildirab tushib, dadasining orqasi-
dan yugurdi: «Dada, halvo bering!» Arslonqul osh-
xonada tugunlaming birini ochib, qizchasiga bir kesim
halvo berdi. Keyin xaltadagi piyozdan etagiga to ‘kib,
oshxona yonida o‘tin yorish uchun ishlatiladigan
to ‘nkaga o‘tirib, piyoz archa boshladi. Bukun u
odatdagidan ko‘ra xursand... Past ovoz bilan, o ‘zicha,
qurama ashulalar ham aytib qo‘yadi. Bahor quyoshi
uning keng, irodali peshonasida jim-jim yaltiraydi.
Hovlidagi olucha oppoq ko‘rkam guida. Tomlarda
bolalar, hatto ko‘kragi bilinib qolgan durkun-durkun
qizlar to ‘da-to‘da b o ‘lishib o ‘ynashib yuradilar,
jarangli ovoz bilan sho‘x qo‘shiqlar aytadilar.
Arslonqul bir vaqtlar Dildor bilan topishgandan
keyin, o‘z qishlog‘iga qaytmagan edi. Bir necha yil
Hirotda yashab, uning achchiq-chuchugini totib, ta-
nish-bilish orttirgan shahami tark etish og'irdek tuyul-
di. Dildor, uning hasratida o‘rtangan buvisi va dadasi
o ‘lib ketganini eshitib, erining qaroriga tamom qo‘-
shildi. Buning ustiga, Arslonqulning xolasi — Zubayda
kampir ham ulami qo‘ldan chiqarishni istamagandi:
«Peshonamga xudo farzand nasib qilmadi. Endi uy-
312
joyga ega b o ‘linglar. Chol-kampirni ko‘minglar.
Bizdan keyin chirog‘imizni yoqib o ‘tirsangiz, arvo-
himiz xursand bo‘ladi», deb yalingan edi.
Baquwat, har hunarga qiziqqan Arslonqul uchun
katta shaharda har xil ish topilib turardi. Bundan
tashqari, Dildor yaxshi chevarlardan biri hisoblanib,
kiyim-kechakka zeb beradigan nozik oilalaming ki-
yimlarini tikar edi. Shuning uchun er-xotin, qo‘sh
ho‘kiz bo‘lganlaridan, qattiq ehtiyojlarga hali duch
kelmaganlar. Uzoq va achchiq ayriliqdan so‘ng, ehti-
moldan tashqari qiyinchiliklar orqasida topishganlari-
dan, ulaming yuraklari shunday yaqin ediki, ular bir-
birlariga biron ortiqcha so‘z aytishdan qo‘rqardilar.
Ulaming hayotlari qo‘ni-qo‘shnilar uchun ermak edi.
Xotinlar: «Hazrat Ali bilan bibi Fotima ham bir-bir-
larini bunday siylamagandirlar», deb qo‘yishardi. Ma
na, hozir ular bir qiz va bir o‘g‘ilning ota-onalari.
Bundan bir necha kun burun o‘g‘ilcha dumalab-
sumalab atak-chechak qila boshladi. Kecha Dildor
qo'shni xotinlami yig‘ib, to ‘ycha qilib berdi: kampir
qo‘g‘urmoch qovurdi. Qozonda patirlagan qo‘g‘ur-
mochni qo‘llarining kuyishiga qaramay, hovuchlab-
hovuchlab olib, bolaning ustidan sochdilar, uning
semiz, tiqmachoqday oyoqlari orasidan, maxsus yopil-
gan, piyolaning tagiday kichkina kulchalami yumala-
tib o ‘tkazdilar. Bo'zchi qo‘shninikiga charx yigirish
uchun yig‘ilgan qizlar devor oshib tushib, bir zumda
uyni qiy-chuv bilan, o‘yin-kulgi bilan to ‘ldirib, Dil-
domi benihoyat xursand qildilar. Bugun esa Arslonqul
o‘z gali bilan, nihoyati ikki mehmon — Sultonmurod
bilan Zayniddinni uyga taklif qilgan edi.
Dildor sochini kampirga nari-beri o ‘rdirib, bolasini
emizib, erining yoniga keldi. «Piyozni ko‘proq to ‘g‘-
rang, manti qilamen», deb oshxonaga kirdi. Tugun-
lardagi go‘sht-yog‘ni, meva-chevalami bir-bir ko‘zdan
kechirib, chamalab, yana chiqdi. Arslonqul piyoz hidi-
dan yoshlangan ko‘zlarini yeng uchi bilan artib, unga
qaradi. Dildoming yuzida mamnunlikni sezib, jil-
mayib dedi: «Oz emasmi, jonim?».
313
— Yo‘q, naq ko‘nglimdagidek...— javob berdi xo-
tin.
— Ey, ularga jonimni bag‘ishlasam ham oz, —
salmoqlanib gapira boshladi Arslonqul. — Senga
nimasini gapiramen, hammasi o‘zingga ayon.
— 0 ‘g‘limiz ham Sultonmuroddek olim bo‘lsin! —
dedi samimiyat bilan Dildor.
— Aqlning xazinasi-da, — boshini ishora qilib dedi
Arslonqul. — Bir vaqtlar qaysi bir mamiakatdan, qaysi
edi, ha, Rumdan, oti esimda yo‘q, Chalabiy degan
zo‘r olim kelgan ekan. Hirotdagi madrasalarda dars-
go‘ylik qiladigan jamiki olimlar bir tomon, haligi olim
yolg‘iz o ‘zi bir tomon bo‘lib, masala talashibdi.
Chalabiy dam osmondagi yulduzlardan gap ochar-
mish, dam qarasangiz, allaqaysi zamonda o ‘tgan
Aflotun hakim to ‘g‘risida gapirarmish, dam Qur’on-
dan oyatlarni qatorlashtirib tashlarmish. Dam yemi
o‘lchash to ‘g‘risida masalaxonlik qilarmish. «Qani,
hammasiga javob beringlar!» Biznikilar ba’zisiga to ‘la
javob berishibdi, ba’zisini yarimta-yurimta qilib qo‘ya
qolishibdi. Ba’zi yo‘g‘on masalalarga kelganda, guldi-
rashib, o‘hu-uhu qilib, boshlarini qashib, «sen javob
ber», deb bir-birlarini imlashib, turtishib, xullas ka-
lom, mot bo‘lishibdi-da.
— Sultonmurod ham mot bo‘libdimi? — hayajon-
lanib so‘radi Dildor.
— E, jonim, gapning eng shirin joyiga kelganda
kesasenmi-ya! Yo‘q, Sultonmurod nima uchundir
hammadan keyin kelibdi. 0 ‘zi tortinchoqroq-da,
«xo‘sh» degandan keyin u olimning qarshisiga tiz
cho‘kib olibdi. — Shu vaqtda Arslonqul pichoqni
uloqtirib, etagini qoqib o ‘rnidan turib ketdi. — Ham-
ma churq etmasdan, ko‘zini yerga qadagan emish.
Chalabiy deganimiz uni nazar-pisand qilmasdan,
gaplashgisi kelmabdi. Ana shunda Sultonmurod bir-
ikkita g‘alati-g‘alati masalani ko‘ndalang qilibdi-ku. Bu
narsa Chalabiyning qitiq patiga tegib, tilni olovday
kuydiradigan masalalar undan ham chiqaveribdi.
Bora-bora, bafarmoni xudo, tortishuv shunday qizib
314
ketibdiki, Havzi Mohiyonda Pahlavoni Olam1 bilan
Molon Pahlavon2ning kurashini uning oldida bir
o‘yinchoq, deya ber!
— Oxirida kim yengibdi? — sabrsizlanib so‘radi
Dildor.
— Oxiri Chalabiy deganimiz, xuddi mushukning
changalidan qochib qolgan sichqonday, kovak qidirib-
di! — dedi-da Arslonqul shunday qiziq bir harakat
qildiki, Dildor beixtiyor xaxolab kulib yubordi.
Ayvonda xamir yoyish bilan ovora bo‘lgan kampir
koyigan ovoz bilan qichqirdi: «Nima hangoma?
Qiymangni qilmaysanmi, bolam!»
Namozi jum ’adan keyin Arslonqul Sultonmurodni
kutib oldi. Hovlida yumush qilib yurgan Dildor uzoq-
dan boshini bir oz egib: «Assalom», dedi-da, alla-
nechuk uyalib, ko‘zlarini yerga tikdi. Dildor olimning
bukun vaziyatida bundan ilgari ikki marta sezgan
o'zgarishni ko‘rdi. Birinchi marta To‘g‘onbek hujraga
boshlab kirganda (buni Dildor keyin eslagan edi),
ikkinchi marta zindondan qutulgan chog‘da ham
xuddi shunday holni sezgan edi. Yana hozir unda ayni
holat... Ko‘z ochib yumguncha uning boshidan bir
fikr o ‘tdi: «Nahotki ko‘ngli menda bo‘Isa!»
Sultonmurod titrak ovoz bilan «Salomatmisiz,
singlim, ko‘p yashang», deb bir zumda oyoqlari
tam om majolsizlangandek, kalovlanib, Arslonqul
boshlagan xonaga kirdi. Uning baxtiga, haytovur,
Asrlonqul xona ichiga kirmasdan, eshikda turib:
«Marhamat qiling, taqsir, marhamat», deb o‘zi bir
zumda ko‘zdan yo‘qoldi. Sultonmurod katta sallani
olib, peshonasidan sovuq terini artdi va ichdan kelgan
bir xo‘rsinish bilan chuqur so‘lish oldi. Yurak hov-
liqishini iroda bilan bosishga tirishdi.
Ruhi qanday qilib iztirob chekmasin! Yillar Dildor-
ning husnini yana kamolga yetkazgan. U to ‘lishgan.
Qaddi-qomati rasolangan, yuzi va butun siymosi
ko‘rkam jiddiylik kasb etgan. Sultonmurod bu sifat-
1 M u h am m ad Said P a h la v o n — N avoiyning d o 'sti.
1 H u say n B o y q aro n in g pah lav o n larid an .
315
larni bir on ichida, ko‘z tushishi bilanoq, his etgan
edi. Dildoming uyida tanho o'tirib, shipga, devorlar-
ga, katta tokchalardagi ro‘zg‘or asboblariga bir-bir
razm soldi. Eng oddiy narsalar uning ko‘ziga allaqan-
day m o‘’jizali bo‘lib tuyuldi. Birdan boshi, beixtiyor
ravishda, qiya ochiq darichaga o‘girildi. Hovlida hech
kimni ko‘rmadi. Lekin darrov u ichida: «Adab, saf-
vat!»1 dedi-da, o‘z ruhining zaifligi uchun o ‘zini ko-
yiy boshladi.
Sultonmurod ishqni oliylashtirib, dastlab o‘zining
baxtsiz muhabbatiga o‘lguncha sodiq qolmoqqa qaror
qilgan edi. Keyin do‘sti Zayniddinning qistovi bilan va
mashg‘ulotlariga turmushning ikir-chikiri monelik qil-
masin, degan mulohaza bilan bu fikrdan voz kechish-
ga majbur bo‘ldi. U o‘zining ilmiy obro‘si orqasida
Hirotning moldor oilalarining go‘zal satang qizlariga
yoki ulamo va fuzalo oilalarining o ‘qimishli, tarbiya-
li, shoira qizlariga qulaylik bilan uylanishi mumkin
bo‘lsa ham, lekin hayotning bunday muhim hodisasi-
ga yurak bilan kirishmaganidan, kimsasiz, sodda yetim
bir qizni ikki yil burun «bir qoshiq suv bilan» nikoh
qilib oldi.
Xursandlikdan uchib qo‘ngan Arslonqul dasturxon
yozdi. Dildor tong qorong‘isida hafsala bilan yopgan
nonlam i qalashtirib tashladi. Nonni ushatib: «Marha-
mat», derkan, Zayniddinning kechikkanligiga taassufi-
ni bildirdi. Sultonmurod endi o‘zini xiyla tutib olib:
«Bilasizku, har qadamda yor-oshnasi bor, biron joyda
suhbatdadir», dedi.
Katta olim bilan sodda yigit har qachon uchrash-
salar, bir-birlariga yaqin til topar, oddiy mavzularda
maroqli suhbatlashar edilar.
— Mehmonni laziz ovqatlar bilangina emas, shirin
latifalar bilan ham kutmoq kerak, — dedi kulib Sul
tonmurod.
— Ovqat darvozasi bilan so‘z darvozasi bitta!
Ochib yuboring, taqsir.
'Ravshanlik (m uh.).
316
Hirotning rang-barang hayotida shu kunlarda yuz
bergan qiziq voqea-hodisalar haqida gangur-gungur
so‘z ketdi. Havzi Mohiyonda iroqlik qalandar bilan
Hirot avboshlaridan Xalilning tayoq urishmasi, ularga
podshohning in ’omlari; Muhammad Said Pahlavon
Hirotga yaqinda kelishi kutilgan mashhur pahlavon
bilan kurashga solish uchun o‘zining o ‘n yetti yoshli
jiyanini gushtigirlik ilmi asosida qanday qilib tayyor-
layotgani; Hirot hunarmandlari bu yil xalqqa ko‘rsa-
tish uchun ajoyib bir shisha yasab, unga har nav rasm-
lar ishlaganlari va hokazo to ‘g‘risidagi gaplaming hali
keti uzilmagan ediki, Zayniddin yetib keldi. Katta
Hirotning, ayniqsa, kibor doiralarida ro‘y beruvchi
sirli, rangin hikoyalardan eshitmoq niyatida Zaynid-
dinga quloq osdilar. U, o‘z odatiga qarshi, so‘zga qi-
ziqsinmadi. Mashhur Sultonali Qilqalam1 yozgan bir
necha yangi kitoblami ko‘rganligi va ular xattotlik ta-
rixida hech bir erishilmagan mislsiz san’at namunalari
ekanini san’atkorning samimiyati va zavqi, vuqufi
bilan Sultonmurodga tasvirlab berdi. Keyin qora,
ko‘rkam, moylangandek yiltiragan m o‘ylabining uchi-
ni, katta Badaxshon aqiqi bilan yongan uzukli bar-
moqlari bilan burab jim bo‘ldi. Sultonmurod jiddiy,
yirik, o ‘tkir ko‘zlari bilan do‘stiga zimdan tikilib, uni
tashvishga solgan bir dardni sezdi.
— Xattotlikda Sultonali, rasmda ustod Behzod,
shubhasiz, zamonning xudo bergan iste’dodlaridir, —
dedi Sultonmurod qoshlarini chimirib, o ‘z-o‘ziga
so‘zlagandek. — Filhaqiqat, ular abadiy asarlar ijod
qilmoqdalar. Lekin sening qalaming goho-goho shun-
day sehriy quw at kasb etadiki, men shu qalamni
qog‘oz ustida inson qo‘li tebratganmi, deb hayron
qolamen.
Zayniddin lablarini tishlab, qattiq nazar tashladi.
— Meni yupantirmoqchimisen? Nimalar so‘zla-
moqdasen?
— Yo‘q, aslo! Men o‘z mulohazamni so‘zlaymen.
1 M ashhur xattotning laqabi.
317
Isbot va dalil hojatmi, chaqiring yurtning san’atkor-
larini! — dedi keskinlik bilan Sultonmurod va, xuddi
munozaraga g‘ayrati toshib ketganday, o‘midan bir
chayqalib qo‘ydi. Zayniddin kulib yubordi.
— Soddasen, oq ko‘ngilsen, kechirilmas darajada
beparvosen, alalxusus, o‘z shaxsingga doir masalalarda
beparvoliging haddidan oshadi. Men, chinnin aytay-
mi, shunga xafamen.
Sultonmurod o‘ylab, yelkasini qoqib, dedi:
— Beparvolik emas, do‘stim, men ajoyib ul-max-
luqotlar bilan muboraza olib borishni o‘zimga loyiq
ko'rmaymen. 0 ‘zing bir nafas mantiqi tom bilan
o ‘ylab ko‘r: kim u, mavlono Shahobiddin? Mening
har bir talabam unga dars bera olur. Orqa-o‘ngimdan
hasad qilsa, gunohi o‘ziga.
— Axir, senga g‘oyat vahim gunohlar ortmoq-
chilar, oddiy hasad emas, — dedi kuyunib Zaynid
din.
Sultonmurod «nima bo‘lsa bo‘lar», degandek qo‘li-
ni silkib, sukut qildi. Zayniddin, uni mufsid fikr-
lar1 tarqatishda ayblamoqchi ekanlarini, mavlono
Shahobiddin o ‘ziga o‘xshash bir necha nimcha olim,
nimcha mullolarni uyushtirib, har yerda ig‘vo tarqatib
yurgani, agar Sultonmurod bu kun-erta o‘z dushman-
larining yo‘liga sad chekmasa, behudaga biron falokat
ostida qolishi mumkinligini so‘zladi. Sultonmurod bir-
dan tutoqdi. Uning dushmanlari tarqatgan bo‘htonlar,
go‘yo ilonday, uning yuragini chaqib oigan edi.
— Ig‘vo! — dedi qichqirib Sultonmurod. —
limning, falsafaning haqiqiy durdonalarini bular muf
sid fikrlar, desinlar! Men ulumi diniya2 bilan bir qator-
da mantiq, hisob, falakiyot, falsafa kabi inson zakosi-
ning muqaddas m ash’allari bilan talabalarimning
ko‘ngillarini tanvir etamen3. Koshki bu narsalar
Qur’on tilovat qilganday oson bo‘lsa! Yuzlarcha ki-
toblarni ko‘rmoq, turli olimlaming fikrlarini tahlil
1 Z a ra rli, b u z u q fikrlar.
1 D in iy ilm lar.
3 N u rla n tira m a n .
318
etmoq, qiyos qilmoq, sahv-xatolarini tuzatmoq — bu
ishlar umming egovidir. Lekin men ilm oshiqi
bo‘lganimdan chidaymen. Bular bo'lmasa, tahsilning,
madrasaning ne hojati bor? Yana men Navoiy hazrat-
larining madrasalarida dars berurmen. Nafaqai naqdni
ul janobning vaqflaridan olurmen. Talabalarga qaysi
ilmlardan qay darajada o‘tmoqni Navoiyning o‘zlari
ko‘rsatib bergan edilar. Bu qanday tuhmat!
— Zamona! Hamma illat shunda, — dedi Zaynid-
din qo‘lini tizzasiga urib. — Sen va yana bir necha
haqiqiy olimlar Navoiy ko‘rsatgan tartib va jadval
bilan ish qilursiz. Asarlaringizni uning muborak nomi-
ga bag‘ishlaysiz. Har munosabat bilan Navoiyning
fîkrlarini ilgari surib, unga tarafdorlik qilursiz. Siyo-
satning shatranj taxtasida Shahobiddinlar yolg‘iz piyo-
dadur. Orqada qudratli donalar borki, qazo va kadar
singari beomondirlar.
Ko‘zlarini m o‘ltillatib, peshonasini burishtirib, diq-
qat bilan gapga quloq solgan Arslonqul mehmonlarga
qarab dedi:
— Navoiy ketdi — Hirotdan fayz-putur ketdi. Alla-
qachon fotiha o ‘qib qo‘yganmen bu shaharga ham,
toju taxtiga ham... Na dehqonda, na hunar ahlida
huzur-halovat qoldi. To Navoiyning o‘zi kelib, ishni
qo‘lga olmasa, hozirgi hokimlaming dastidan xalqning
na noni butun, na joni salomat...
Sultonmurod bilan Zayniddin kulib, ko‘zlari bilan
imlashib, yigitning so‘zini m a’qulladilar. Zayniddin
saroy tevaragida, vazirlar orasida Navoiyga qarshi fit-
nalarning borgan sari avj olganini so‘zlab, shoirning
hali-beri qaytishiga shubha bildirdi. Arslonqul dardi
ichiga sig‘maganday, «uh» tortib o ‘midan turdi.
Sultonmurod uzoq zamon xomush o ‘tirdi. Nihoyat,
uni beparvolikda ayblagan do‘stiga murojaat etib,
undan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni iltimos qildi.
— Majididdinning huzuriga bor, haqingda bo‘lgan
tuhmatlardan uni ogohlantir. Ha, kechikmasdan,
balki shu bugun murojaat et! — dedi Zayniddin
ta’kidlovchi ohang bilan.
319
— Men haqsizlikdan bo‘riga shikoyat qilayinmi?
Bunda qanday ma’no bor? Vallohi, tushunmaymen!
— Majididdin bilsinki, u o‘z kirdikorilarini, garchi
g‘oyat ustalik bilan xaspo‘sh qilishga intilsa ham, o ‘z
iflosligini
odamlardan yashirolmaydi.
Mavlono
Shahobiddin ustida aytgan har bir haqiqiy so‘zing
Majididdinning o‘ziga tosh bo‘lib tegaveradi.
Sultonmurod dastlab taraddudlanib, ba’zi qiyinchi-
liklami ko‘rsatsa-da, keyin bu taklifni qabul qildi.
Bukun kechqurun uning uyiga borishga qaror berib,
bu ish bilan bog‘langan ba’zi jihatlar haqida
Zayniddin bilan uzoq fikr olishdi.
Arslonqul katta bir laganda usti qatiqli, murchli
manti olib kirib, o‘rtaga qo‘ydi. Keyin tokchadan ikki-
ta kattagina sopol shishani olib «daf savdo uchun»,
deb qizil tiniq mayni qulqullatib, kichik, ixcham piyo-
lalarga quydi. Sultonmurod piyolani og‘ziga olib
bordi-da, birdan boshini ko‘tarib o‘qidi:
Dostları ilə paylaş: |