vaqt uni ko‘rmakka orzumand bo‘lajagini uqtirib,
uzatib qoladi.
Navoiy bolalik davrining bu go‘zal, quvonchli xoti-
rasiga ancha vaqt berilib, marhum ustod bilan qayta
so'zlashganday, bir muddat g‘amgin o‘tirdi. Keyin
yana boshqa qog‘ozlami qo‘lga oldi. G ‘azallar sonsiz-
sanoqsiz. Har biri uning umrining o‘tmish
sahifalarini
butun iliqligi, jonliligi bilan gavdalantiradi. Chang
bosgan, xiralangan misralardan hayotining yorqin dur-
lari yulduzlanadi.
Eshik ochildi. Shoir boshini ko‘tarmasdan, ko‘z
uchini tashladi.
— Marhamat, Sabuhiy!
— Janoblari mashg‘ul ekanlar, ko‘ngillariga malol
kelmasa... — ikkilanib dedi Haydar.
— 0 ‘tiring. Bu ishlami suhbat paytida ham qilmoq
mumkin, — dedi Navoiy va Haydarning avzoyiga ti-
kilib, noxushlik bilan davom etdi. — Astrobodning
sharobxonalarini biror kun tark etdingizmi? Filha-
qiqat, nodir yigitsiz:
ham shoir, ham askar, ham
sharobxo‘r. Hayotda muqarrarlik lozim. Bu — yolg‘iz
sa’iy-g‘ayrat bilan muyassar bo‘lur. Umr gulini behu-
da yelga bermoqdan ne foyda? Xayr, biz ko‘p
so‘zladik, hanuz tinglamadingiz. So‘z gavharini yelga
sovurganimizdan biz ham pushaymonmiz.
Bekzodalardek yaxshi, lekin diqqatsiz kiyingan,
parishonhol Haydar, o ‘z odatiga muvofiq, valine’ma-
tining so‘zlarini e’tirozsiz tingladi, asl turkman gi-
lamiga chordana qurib, mast ko‘zlarini qog‘ozlar usti-
da yugurtirarkan, ochiq ko‘ngllilik bilan gapirdi:
— Yurakdagi anduhni may bilan yuvmoq kerak.
Bu yerlaming hasratiga sharobxonalaming suroni
davodir. Rub’i maskunning yagona go‘zal
va obod
shahri Hirotdan quvilgandan so‘ng, tundan kun-
duzga, kunduzdan tunga sharob bilan kirish qoldi,
xolos.
— Hirotga jo ‘namoqligingiz uchun katta monelik
bo‘lmasa kerak, — kuldi Navoiy bir zumgina yigitga
nazar tashlab.
303
— Siz bo‘lmasangiz, jannat ham zeriktiradi. D o‘st-
lardan paydar-pay maktub olmoqdamen. Hammaning
so‘zi shu: «Yetim Hirotda g‘arib yashaymiz!» Shunga
chidamaymenki,— dedi Haydar ovozini balandlatib,—
Iskandar Zulqamaynning zamonidan boshlab hech
kim siz qadar bezamagan
bu shahri azim bukun
do‘stlarimiz uchun do‘zaxga, bir guruh makkor xoin-
lar uchun jannatga aylandi!
— Haq har vaqt o‘z yerida qaror topur,— dedi Na-
voiy ishdan qo‘l uzmasdan.— Modomiki, taqdir quyu-
ni bizni bu yerlarga keltirib tashlabdi, bas, sabr-bar-
dosh lozim. Vatanning nobod viloyatini, mohir bog‘-
bon kabi, mehnat va hafsala bilan gullatmog‘imiz
kerak. Yurt g‘amiga beparvolikdan hazar qiling, yigit!
Haydar bir necha vaqt mast ko‘zlarini suzib, xa-
yolga berildi, keyin Navoiyning ruxsati bilan qog‘oz-
lami tita boshladi. G ‘azallaming
aksari unga tanish,
ko‘plarini u qalamdan to ‘kilgan kunniyoq ko‘chirgan
yoki mashhur xattotlar ko‘chirib, ayrim, kichik devon-
lar tuzarkan, o ‘qigan. Lekin hozir parishon varaq-
lardagi ko‘chirilmagan eski g‘azallar, eski sharob kabi,
uning ruhini kuchli mast qila boshladi. Goh ichida
o‘qidi, goh shavqqa to‘lib, shoiming diqqatini chal-
g‘itish andishasini ham unutib, qichqirib o‘qidi.
— Janob Mir, —
dedi Haydar, keyingi g‘azallardan
birini o ‘qib, — men hayronmen, nainki bu qarilik
mevasi bo'lib, «Favoid ul-kibar»'ga kirsa!
— Ne bo‘libdi?
— Axir bu g‘azalda tomirlarida yosh qon qayna-
gan, qilichday, yigitning hissi, shavqi, nash’asi yang-
raydi! Yana o‘zingiz, adashmasam, endi qirq yettiga
kirdingiz.
Navoiy kuldi, boshini allaqanday
dard bilan qimir-
latib, dedi:
— 0 ‘g‘lim, umr quyoshi og‘di, sur’ati tom 2 bilan
oqshom ko‘muriga yugurmoqda... So‘ngra, ummi
1 «Q arilikdagi foydali fikrlar» N avoiy g 'a z a lla r k ito b in in g t o ‘rtinchi qism in i shun-
day n o m lag an va q arilik d a yozgan sh e ’rlarin i bu qism ga kiritgan.
! Ildamlik bilan.
304
to ‘rt faslga b o ‘lib, yozilmish narsalarni shunga
muvofiq tartiblashni hazrat Jomiy ham g‘oyat maqbul
ko‘rgan edilar.
— Kamina bu xususda o ‘z fikrida qoladi. Qari
emassiz, baxtimizga aslo qarimang.
Navoiy umrining ko‘zga tashlanadigan ayrim davr-
lari haqidagina emas, hatto yillari haqida ham ajoyib
fikrlar so‘zlar edi. Ayniqsa, yigitlik va qarilik haqida
so‘zlashni sevar, umming bahori va kuzi to ‘g‘risidagi
hikoyalari shunday jonli, yorqin,
nodir fikrlar, ko‘rish-
lar, suratlar bilan to ‘la bo‘lur ediki, tinglovchilar «keti
uzilmasa ekan», deb hayajonlanib quloq solardilar. Bu
gai Navoiy «Xamsa»dan bir baytni o‘qish bilan chega-
ralandi:
Dostları ilə paylaş: