tavoze bilan quyiga o ‘tiradi. Lutfiy bir necha g‘azal-
larini past tovush, mayin ohang bilan yoddan o ‘qidi.
— Bulami hali eshitmagandirsen? — kuldi chol.
— A sh’oringizning aksarini yod bilurmen, ammo
bulam i eshitmabdurmen.
— T o ‘g‘ri. M en bulam i
yaqinda qalamga olmish-
men. X o‘p, endi sen o ‘qi, m en tinglaymen.
Alisher iymanadi. Asli muddaosi o ‘z she’rlarini
cholning muhokamasiga havola qilish bo ‘Isa ham , shu
topda, nechundir, buni orqaga surgusi keladi. Lutfiy
yana qistaydi:
— H irotda shunday shoirlar borki, ular ko‘cha va
bozorlarda o ‘tkunchilam i to ‘xtatib, o ‘z g‘azallarini
o‘qib beradilar... — qih-qih kulib gapiradi Lutfiy.
Alisher titrak ovoz bilan,
Lutfiyga qaramay, birin-
ketin o ‘qiy boshlaydi. H ar g‘azaldan so‘ng, Lutfiyning
m a’qullagan xitoblarini eshitib, ko‘zlari sevinch bilan
jovdirab ketadi.
Yuzi qizarib, terlaganini sezadi. Ni-
hoyat, Lutfiy birdan: «Ofarin, o ‘g‘il!» deb nido qiladi,
qo‘lini c h o ‘zib, uning boshini silaydi-da, zavq bilan
boshini tebratib, Alisheming
baytini sekin-sekin tak-
rorlaydi:
Dostları ilə paylaş: