6-mustaqil ta’lim mavzu: Mahmud Qoshg’arfiyning pedagogik qarashlari. Reja



Yüklə 19,29 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü19,29 Kb.
#184955
6- мустакил таълим Mahmud Qoshg’arfiyning pedagogik qarashlari.


6-MUSTAQIL TA’LIM

Mavzu: Mahmud Qoshg’arfiyning pedagogik qarashlari.




Reja:



  1. M.S.Qoshg’ariyning ijodiy merosi.

  2. Uning “Odob as Salohin” asarida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati.

  3. M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk asari”ning tarixi.

  4. Devoni lug’otit turk asari”ning ta’limiy ahloqiy ahamiyati.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari


Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Bizgacha uning “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.
O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g’oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishdagi o’rni va roli borasida batafsil so’z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari muallifning o’zi ta’kidlab o’tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo’lib, har bir bob o’zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko’zda tutilgan maqsad borasida so’z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g’oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko’rishish, qo’l olishish hamda ruxsat so’rash qoidalari to’g’risida ma’lumotlar berishga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur bob to’rt fasldan tashkil topgan.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o’n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o’rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo’yilgan. Muallifning fikriga ko’ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning e’tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug’ kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o’ltirguvchiga, ozchilik ko’pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o’tirgan kishilarga salom bergay”, deb ta’kidlar ekan, bir kishi ko’pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo’lib salom berishi, ko’pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e’tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta’lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, “Kim oldin salom berishi kerak?”, degan muammoning yechimini topgandek bo’lamiz.
Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, lekin qo’l uchi bilan emas, astoydil, biroq qo’lni silamay, ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko’rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko’rishish, o’pib ko’rishish odoblari bayon etiladi.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so’z yuritiladi. Bizga yaxshi ma’lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo’’tadil kechishini ta’minlovchi asosiy va o’ta muhim omillardan biri bo’lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag’ishlangan asarlar mazmunidan alohida o’rin olgan. «Odob as-solihin» asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o’ziga xos jihatlari borasida batafsil so’z yuritadi.
Mazkur o’rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o’zi uylanmoqchi bo’lgan qizni ko’rmog’i, uylanadigan qizning bokira bo’lishi, shuningdek, to’rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo’lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o’z isbotini topgan bo’lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo’lishini kafolatlovchi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” asarida, kasal holini so’rash, ta’ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo’lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo’lmaydi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o’rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. Shu bois SHarq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari kabi o’z o’rni va mavqeiga ega.
Eng qadimgi qo’shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo’shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Devonu-lug’atit-turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o’gitlar etilgan asarlar ham ko’plab uchraydi. Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari ham kiradi. Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan.
Geograf olim H. Hasanov shunday misol keltiradi: 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, kitob do’koniga eski qo’lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib, kitobni sotib oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o’z shaxsiy kutubxonasida 15 mingga yaqin kitob yig’ib, hammasini SHayx Fayzulloh madrasasiga hadya etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga o’tkazilgan).
Bu kitob Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari edi. Mazkur qo’lyozma asl nusxasidan hattot Muhammad bin Abu Bakr ibn Abdul Fotih as-Soviy al-Damashqiy tomonidan devon yozilgandan 200 yil o’tgach (1266 yilda) ko’chirilgan edi. Qo’lyozma 219 varaqli jilddan iborat bo’lib, sahifalar raqamlanmagan, fikrlarning boshi va oxiri noma’lum edi. Hozir bu qo’lyozma Istambulda Fotih kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi.
“Devonu lug’atit-turk” asarida qadimgi turkiy so’zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug’ati ham deyish mumkin.
“Devonu lug’atit-turk” 1928 yilda nemis olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. 1939 yilda esa Bosim Atalay uni usmonli turk tiliga tarjima qilgan va mazkur tarjima Anqarada chop etilgan. O’zbekistonda asar Solih Muttalibov tomonidan tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda uch jilddan iborat “Turkiy so’zlar lug’ati” nomi bilan nashr qilingan. 1967 yilda indeks lug’at ko’rsatkichi ham chop etilgan.
“Devonu lug’atit-turk” asarining she’riy parchalari ham nemis tiliga tarjima qilinib, 1914 yilda nashr etilgan.
Turk olimi Fuad Kuprilzoda, rus turkologlari V. Radlov hamda S.F. Malovlar ham “Devonu-lug’atit-turk” asari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar. Abdurauf Fitrat ham she’riy parchalarni tarjima qilib, ularning lug’atini tuzgan va 1930 yilda Samarqandda nashr ettirgan. N.M. Mallaev “o’zbek adabiyoti tarixi” darsligiga “Devonu lug’atit turk”dagi qo’shiq va maqollarni kiritib, ularni tahlil etadi. A. Qayumov esa noyob qadimgi yodgorliklarimiz - qo’shiqlar (she’riy parchalar)ni birinchi marta nasrdan nazmga o’girib, “Qadimiyat obidalari” nomli asariga kiritgan.
Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari” nomli asaridagi pand-nasihatga oid o’gitlar bilan sug’orilgan she’riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma’rifiy g’oyalar asosida o’sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
“Devon”da inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug’lashga undovchi, shuningdek, mehmondo’stlikni madh etuvchi she’rlar ham mavjud. Ana shunday g’oyalarni ifoda etuvchi she’rlarni filolog olim A.Qayumov “bir butun mehmondo’stlik qoidalari”ning majmui deb ataydi. Mahmud Qoshg’ariy mehmonni hurmat-ehtirom bilan kutib olib, unga g’amxo’rlik qilish, muruvvat ko’rsatish hamda ochiq yuz bilan muomalada bo’lish dozimligini eng zarur odat sifatida ta’riflaydi. Mehmonni hurmat qilmaslik, izzat-ikromini o’z o’rniga qo’ymaslik uning chehrasiga kul sochish bilan barobar, deydi.
Yüklə 19,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin