Mavzu; Lutfiy va Navoiy
Mundarija
Kirish
Reja;
I bob. Lutfiy va uning lirik merosi va g’oyalar olami
1.1. Lutfiy va uning lirik merosi
1.2. Lutfiy lirikasining mavzu va g’oyalar olami
II bob. Alisher Navoiy nasriy poetikasida lingvistik tahlil. Lutfiy va Navoiy aloqalari
2.1 . Alisher Navoiy nasriy poetikasida lingvistik tahlil
2.2. Navoiyning ilmiy-filologik xaraterdagi nasriy asarlari
2.3. Lutfiy va Navoiy aloqalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlоlimizning dastlabki kunlaridan tо hоzirga
qadar ajdоdlarimiz merоsini har tоmоnlama o’rganish, shu asоsda millatning
kelajagi bo’lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga katta
e’tibоr berilmоqda. Hоzirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvоr
sоhalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas
Bu bоradagi vazifalarni amalga оshirishda Navoiygacha bo’lgan davrdagi
o’zbek she’riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o’rni
beqiyos.O’zbek adabiyoti tarixida o’zining go’zallik tajassumidan iborat g’azallari
bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir. Lutfiy
she’rlaridan devon tuzgan. Devondan g’azal,ruboiy, tuyuq, qit’a, fard kabi lirik
janrlardagi she’rlar o’rin olgan. Shoir, xususan, mazmunan yuksak va shaklan
go’zal g’azallar yaratib, bu janrning rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Uning rangbarang mavzularda yozilgan g’azallari mohiyatini hayot zavq- shavqlari,tabiat
go’zalliklaridan bahramand bo’lish, sevgi- sadoqatni ulug’lash,ezgulikni targ’ib
etish g’oyalari tashkil etadi.Xalq og’zaki ijodi boyliklaridan bahramand bo’lgan
shoir she’rlari go’zal badiiy san’atlar bilan ziynatlangan. Shuningdek, shoir tuyuq
janrining ustasi sifatida tanilgan so’z san’atkoridir.Shu ma’noda, shoirning badiiy
barkamol she’riyati badiiyatini o’rganish, mavzuga doir manbalardagi
ma’lumotlarni umumlashtirish, shoirning poetik mahoratini yoritib berish
dolzarblik kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |