Navoiy shiringina, zavq bilan yasog‘liq uyda tanho
ishlar edi. Uning tevaragida
gilam ustida juz-juz
qog‘ozlar, toza charm dan yasalib, chiroyli o ‘yma
gullar ishlangan juzdon, uyum-uyum daftarlar qalashib
yotardi. B a’zilarini chang qoplagan, b a’zilarining chet-
lari titilgan, dog‘-dug‘ tushgan... Bu uning g‘azallari
edi. G ‘azallarning
bir qismi ayrim, kichkina devon-
larga to ‘planib, keng tarqalgan bo‘lsa ham , hammasi
bir kitobda, m a’lum tartibda terilmagan edi. Astro-
bodda Navoiy, ko‘pdan buyon xayolini band etib,
lekin tinch vaqt topolm aganidan
orqaga tashlab kela-
yotgani orzuga — katta devon tuzishga kirishdi.
U g‘azallarni umrining poyalariga qarab — bolalik,
yigitlik, o ‘rta yoshlik, nihoyat, qarilik kabi to ‘rt faslga
b o ‘lishni m a ’qul ko'rdi va qog‘ozlarni bir-bir ko‘zdan
kechirib, ayira boshladi. G ‘azallar behad ko‘p, ular-
dan butun yashalgan umrning qaytmas nafasi gurul-
laydi. Ham m asining bir tarixi bor, maskani bor. M a
na, M ashhadda tashlandiq hujrada xasta-g‘arib
yashar-
kan, o ‘n olti, o ‘n yetti yoshlarida yozgan g‘azallar...
M ana bu Samarqandga kelgan kunlarda. X o‘ja Fazul-
lo Abdullaysning xonaqosidagi hujrada aytgan mis-
ralar. M ana, ko ‘ngilning toza, sirli hayajonlari bilan
ko‘ksi to ‘lib, maktabdan qaytish bilan bir burchakka
tanho tiqilib aytgan ilk g‘azallar.
Bularni m ehribon
onasiga o ‘qib bergandi, u qanday suyungan, bag‘riga
bosib, qanday o ‘pgan edi; Bu b o ‘saning m ehrini shoir
go‘yo o ‘z yuzida shu damda tuyganday bo ‘ldi.
Otasi G ‘iyosiddin Kichkina bu o ‘ychan, xayolchan
o ‘g ‘ilchaning ilk mashqlarini o ‘qib,
hayajon bilan uni
quchoqlam aganmidi? Sovg‘alar keltirmaganmidi? Bu
g‘azallar yillarning qa’ridan jonli iliq xayollami, xoti-
ralam i uyg‘otdi. Navoiyning ko ‘z oldidan o ‘zining
bolaligi o ‘tdi. U kichkina Alisherni ko ‘rdi. Ancha vaqt
xayollar, xotiralar sehrida qoldi. Yuragida hasrat
qaynab ketdi. Bu — um r tongini sog‘inish edi,
chaqa-
loq onasining qo ‘lida turib, to ‘lin oyga qo ‘l uzatgani
kabi, behuda, lekin m a’nodor hasrat edi...
* * *
300
Shoir boshqa bir daftarni ko‘zdan kechirdi. M ana
bu bayt uning butun borlig‘ini egallab oldi:
Dostları ilə paylaş: