Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Xoja Ahmad Yassaviy
DEVONI HIKMAT
(Yangi topilgan namunalar)
"Movarounnahr"
Toshkent -2004
Muhtaram o‘quvchi! Qo‘lingizdagi kitobda “Piri Turkiston”, “Sulton ul-orifin” nomlari
bilan mashhur bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining hanuzgacha nashr
qilinmagan hikmatlari jamlangan.
Nashrga tayyorlovchi:
Nodirxon Hasan,
filologiya
fanlari nomzodi
Mas’ul muharrir va so‘zboshi muallifi:
Ibrohim Haqqul,
filologiya fanlari doktori,
professor
Taqrizchi:
Sayfiddin Sayfulloh,
filologiya fanlari nomzodi,
Xalqaro Ahmad Yassaviy
mukofoti sohibi
© Nodirxon Hasan
Ehtiyoj va tajriba
Turk piri kebi olamdin etakni silking,
Do‘stdin g‘ayri tamannoi visol aylamangiz.
Alisher Navoiy
Olamni kitobday o‘qish
va bilish uchun, albatta, kitob o‘qish kerak. Olam sir-asrorini
anglashdan huzurlanish kitobsiz amalga oshmaydi. Kitobga ko‘chgan dunyo - o‘zining
biri biridan chigal, biri ikkinchisidan ziddiyatli muammolarini tanigan, tan olgan dunyo.
Ayni paytda
mutlaq tarzda insoniylashgan, odamiylik mohiyatidan chetlay olmaydigan
dunyodir. Har bir buyuk badiiy kitob - olam va odamning birligini ko‘rsatishga, shu birlik
buzilsa yoki rishtalari susaysa olam va odam taqdirida qiyinchiliklar ortishi,
muvozanat
buzilishi talqin etilgan kitob hisoblanadi. Bunday kitobni yaratish hamma ijodkorning
qo‘lidan kelmaganidek, hamma asar ham odamiylik mohiyatining tub asoslarini ochish
orqali u yoki
bu xalqning dunyodagi madaniy, ma’naviy va axloqiy mavqeini yoritishga
xizmat qilolmaydi.
Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar
o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma’nosi ila Ma’rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga
sohib millat o‘laroq e’tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi –
ma’naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy
nuqtai nazar shakllangan, komil
inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf