Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Ahlu iyol, xonumoning turub qolur,
Barchasini hisobini sandin olur.
Holing nechuk kechor ermish - Tangrim bilur,
Bu holatda o’lub ketsam, netgum mano?
Imonliq qul o’lub borsa,
jannat kirgoy,
Jannat kirib, hurlar bilan ishrat qilg'oy.
Har yonidin Rizvon kelib salom qilg'oy,
Javob oytmay o’lub ketsam, netgum mano?
Haq bandasin nomalarin qo’lg'a berur,
Xos bandalar qo’lg'a olib ani o’qur.
Uchor qushdek parvoz qilib qanot to’qur,
Parvoz qilmay o’lub ketsam, netgum mano?
Qul Xoja Ahmad, tavba qilg'il o’lmas burun,
Haq taolo so’ro’g'-savol qilmas burun.
Ro’zi mahshar tarozusin qurmas burun,
Amal qilmay o’lub ketsam, netgum mano?
- 7 -
Oriflarni suhbatidin bahra olg'on,
Xudoyig'a yaqin bo’ldi, bildim mano.
Piri
komil mukammilga xizmat qilib,
Ixlos bilan sir-asrorin bildim mano.
Sir-asrorin bilgonlarga - rahmat in’om,
Xos bandam deb Haq yubormish ming yo’l salom,
Ondin so’ngra Haqdin kelgoy anga payom,
Hozir turub Arsh ustida ko’rdum mano.
Arsh ustida namoz o’qub, tizim buktum,
Rozim oytib, Haqqa boqib yoshim to’ktum,
Yalg'on oshiq, yalg'on so’fiy ko’rdum, so’ktum,
Ma’shuqimg'a ming bir savol qildim mano.
Savolimg'a
Haqdin keldi yaxshi javob,
Ro’zi mahshar a’molingni qilmam hisob,
Qudrat birlan kotib bitib berdi xitob,
Haq "kul!" dedi, ta’zim bilan kuldum mano.
Yo’lsiz erdim, ulug'
bobom qildi madad,
Duo qilib, xos buzruglar berdi quvvat,
Xizr bobom hozir bo’lub, qildi shafqat,
Shafqatidin xosiyatlar ko’rdum mano.
Xosiyatni
sizga oytoy xalqi jahon,
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: