Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Vo hasrato, na yuz birla borg'um mano
1

- 11 - 
Muhabbatning daryosig'a o’zum ottim, 
Rahmat suyi - ulug' daryo cho’mub bottim. 
Ming oltunliq qiymatimni birga sottim
Banda bo’lub tegdi qulluq yo’li mango. 
Kichiklikda qilg'on ishdin emdi yondim, 
Tavba to’nin kiydim, tavfiq qurin tongdim. 
Nafs qofini markab qilib, tepib mindim, 
Ondin tegdi tariqatni yo’li mango. 
Tiriklikda hayron o’lub yo’lda qoldim, 
"Rabbi" deyu kecha yig'lab, kunduz kuldum. 
Boshdin sochu yuzdin saqol anda yuldum
Ondin so’ngra ruhlar salom qildi mango. 
Kecha Alloh, kunduz Alloh dedim munda, 
Subhon Azim, Subhon Alloh dedim munda. 
Sakkiz uchmoh qabul qilib turdi anda, 
Ochib salom qildi behisht huri mango. 
Qul Xoja Ahmad, kundek yorur ko’nglum nuri, 
Holatim yo’q, qonim yo’q, rangim sori. 
Qudrat qanot berdi, uchtum Arshdin nori, 
Ro’zi qildi dargohida borin mango. 
- 12 - 
Irodatqa kelduk ersa, ey yoronlar, 
Kalomidin xush ajoyib sirni ko’rdum. 
"Mutu qabla an tamutu" xabar berdi
Ul sababdin necha yillar yo’lni ko’rdum. 
Havzi Kavsar to’rt burjida to’rt chahoryor, 
Yuzlaridin oqib turg'on nurni ko’rdum. 
Arshdin farshga uchor ul dam hayrat ichra, 
Lavh ul-mahfuz taxtasida durni ko’rdum. 
Jon bulbuli sayrab qo’bti so’zni boshlab, 
Bu so’zlarni daftar qilg'on durni ko’rdum. 
Oshiqlarni kirguzurlar behisht ichra, 
Kecha-kunduz boqib turg'on hurni ko’rdum. 
1
Hikmatning davomi tushib qolgan yoki tugallanmay qolgan. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
Ko’zum yoshi ravon bo’ldi chashma yanglig', 
G'urbat ichra irodatni qorshu ko’rdum. 
Haq rizosin bilgonlarga hamroh bo’ldum, 
Eranlarni xizmatida hurni ko’rdum. 
(Qul) Yassaviy, kech uyg'onding deb oydilar, 
Eranlar(ni) pandin olib, yo’lni ko’rdum. 
- 13 - 
Ishqsiz yurub toat qilur nodon zohid
Betuz oshdek toatingni mazosi yo’q, 
Oshiqman deb da’vo qilur yalg'on oshiq, 
Valloh-billoh, chin oshiqni havosi yo’q. 
Ishq o’tida kuyub-yonib toat qilg'il, 
Oqil ersang, yig'lamoqni odat qilg'il, 
Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat ko’rgil, 
Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yo’q. 
Xalq ichinda toat qilding, barcha riyo, 
Ayo zohid, qilg'on ishing bori havo
Hech naf’i yo’q ushbu toat, balki riyo, 
Mundog' ishga Haqni aslo rizosi yo’q. 
Pinhon yurub toat qilg'il, Xudo bilsun, 
Ko’z yoshingni daryo qilg'il, rahmi kelsun, 
Ondin so’ngra Haq dardinga davo qilsun
Ayo do’stlar, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Tasbeh, tahlil ushbularni havosi bor, 
Tongla borsa yuz ming ofat-balosi bor, 
Yoshdin bo’lak barcha ishni riyosi bor, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Banda bo’lsang, Haq qahridin qo’rqmasmusan? 
Har tun, sahar nadomat deb turmasmusan? 
Dargohig'a yoshing to’kub bormasmusan? 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Ko’p nodonlar ko’z yoshini qadrin bilmas
Haq qoshida ko’z yoshidek tuhfa bo’lmas, 
Tasbeh, tahlil ko’z yoshig'a teng kelolmas, 
Yig'lab yurgil ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Bu olamda Haq Mustafo yig'lab o’tgan, 
Yig'lamoqdin ko’zlarining nuri ketgan, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin