Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
Ondin so’ngra vahdat maydin to’yo ichor,
Ahlu iyol, xonumondin tugal kechor.
Alloh deyu qoyda borsa,
shayton qochor,
Yetti a’zo hamdin oytib go’yo bo’lur.
Vahdat maydin ichgon oshiq bexud bo’lar,
Mansur yanglig' jondin kechib dorg'a minar.
Ixlos birla pir etogin mahkam tutar,
Piri mug'on nazar qilsa go’yo bo’lur.
Jismim: "Rabbim - jon Alloh" deb yo’lg'a kirgil,
Jonu dilim bir Alloh deb sahar turg'il.
"Ma fi qalbi illalloh" deb yig'lab yurg'il,
Yo’lsizlarg'a Haq Mustafo hudo bo’lur
3
.
Ishq bahrig'a cho’mgon oshiq guhar olur,
Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolur.
Tekma nodon, xomtama’lar neni bilur?
Guhar olg'on chin oshiqlar daryo bo’lur.
Dunyo suygon g'ofil odam Haqni suymas,
Bu yo’llarni uqbasi ko’b hargiz bilmas.
Saharlarda chorzarb urub hargiz qo’ymas,
Tongla borsa oxiratda xandon bo’lur.
Haqg'a oshiq bo’lg'on
kishi jondin kechor,
Bexud bo’lub, shavq sharobin to’yo ichor.
Ro’zi qilsa jannat kirib hurlar quchor,
«La ilaha illalloh» deb shaydo bo’lur.
Fe’ling ozdi, xaloyiqdin shafqat ketti,
La’nat yog'di, kundin kunga rahmat ketti.
Xoja, mullo, yaxshilardin izzat ketti,
Turluk-turluk alomatlar paydo bo’lur.
Munofiqlar fisq etibon o’zni bilmas,
Oning uchun yaxshilarni ko’zga ilmas.
Ko’ngli qottig', yaxshi so’zga
quloq tutmas,
Qiyomatda Haq qoshida rasvo bo’lur.
Kunda yuz ming Alloh desang, anga yoqar,
Ko’z yoshingni daryo qilsang, ma’shuq boqar.
Bag'ring ichra darding bo’lsa, yoshing oqar,
Alloh o’zi chin dardlikka davo bo’lur.
Qul Xoja Ahmad, mehnat qilg'il,
olam kuysun,
3
Hudo – to‘g‘ri yo‘l, haq din. She’rda hidoyatga boshlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: