Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
Farishtalar sandin kelib ulush olsun. 
Arshu Kursi, Lavhu Qalam nurg'a to’lsun, 
Nurdin bahra olg'on ko’ngul safo bo’lur. 
- 21 - 
Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda
Na qilurin bilmay tun-kun hayron bo’lur. 
Zikri fikri Haq visoli bo’lur mudom, 
Yosh o’g'londek ikki ko’zi giryon bo’lur. 
Dunyo birla qolmas ani zarra ishi, 
Zikrin oytsa, nurga to’lur ichi, tashi. 
Alloh degach, ravon bo’lur ko’zda yoshi, 
Ishq o’tida kuyub-yonib, biryon bo’lur. 
Moumanni, nafsu havo, hirsni qo’ysa, 
Piri murshid mukammilg'a o’zin solsa. 
Adhamlayin ko’ngul mulkin sivo qilsa, 
Barcha mushkul ishi ani oson bo’lur. 
Shariatdin tariqatga qadam qo’ygon, 
Dunyo ishin tark aylabon Haqni suygon. 
Haqiqatning asroridin ma’no olg'on, 
Ma’rifatni maydonida uryon bo’lur. 
Mundog' bo’lg'on oshiqlarni nishoni bor
Haq yodini tun-kun oytib qilmas qaror. 
Umid etmas bu dunyodin molu dunyo, 
Na so’zlagon so’zi aning imon bo’lur. 
Qaysi oshiq halqa ichra jonin bersa, 
Jondin kechib, shahodatning to’nin kiysa. 
Zuhd aylabon o’z nafsini ko’zin o’ysa, 
Eranlarni qatorida mardon bo’lur. 
Qul Xoja Ahmad, minay desang qushdek Buroq, 
Nodonlardin etgil mudom o’zung yiroq. 
Qayg'u birla hajru mehnat, tortgil firoq, 
Firoq tortgon oshiq tongla sulton bo’lur. 
- 22 - 
Ey do’stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar, 
Ul suhbatda ma’rifat durlarini sochorlar. 
Suhbat vaqti hozir bo’l, eranlarg'a nozir bo’l! 
Ul holatda eranlar, erga nazar qilurlar. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
Holat vaqti eranlar daryolarg'a yuzlansa, 
Tobonlari nam bo’lmay, daryolarni kechorlar. 
Murid bo’lsang murshidg'a, mahkam bo’lg'il, ey tolib
Muridlarin murshidlar har bob bilan sinorlar. 
Himmat tutsa eranlar ko’zni yumub ochquncha, 
Daryolarni bukarlar, tog'larni ham kesorlar. 
Tangri suygon kishining, ishi aning bilandur, 
Har kimni Haq suyubdur, borcha ani suyorlar. 
O’zlarining murodin chin oshiqlar tilamas, 
Ma’shuqining murodin doim alar tilarlar. 
Qul Xoja Ahmad, voqif bo’l, fayzu rahmat eshigin, 
Zikru toat vaqtida, farishtalar ochorlar. 
- 23 - 
Ko’ngul ichra kirib javlon qilduq ersa
Ishq otlig' sultonini ko’rduq ersa. 
Soni’ qudrat ilohimg'a boqtuq ersa, 
O’shal yerda hol ilmini ko’rung, do’stlar. 
Ishq sultoni g'orat qildi aqlimizni, 
Ham quvladi nafsu shayton, kibrimizni. 
Shukru lillah, bilduk emdi rabbimizni, 
Ilhom birla beror ma’no, sezduk, do’stlar. 
Ilhom indi Haq taolo rahmatidin
Xojam sundi ushbu vahdat sharbatidin. 
Bo’lduq emdi ul Muhammad ummatidin, 
Qol ilmimiz holg'a badal bo’ldi, do’stlar. 
Avval fano, oxir fano, bo’lmoq fano - 
Ul maqomg'a yetgon oshiq qilmas sano
4

Jononimiz jamolini haqdur ko’rduk, 
Jon jonga ulandi, bilduk, do’stlar. 
Jonimiz jamoli haqdur ko’rduk, 
Jon ichra bilinur emdi tahqiq bilduk. 
Ilhom yetti Subhonimdin, emdi sezduk, 
Na kim kelsa, Haqdin ilhom bilduk, do’stlar. 
- 24 - 
4
Sano – mag‘rurlanish; porlash, yaltirash. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin