Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
Ayo do’stlar, bu yo’llarda hayron bo’ldum, 
Boshim qotti, aqlim ozdi, sarson bo’ldum, 
Ikki olam barbod urub uryon bo’ldum, 
Otqon tongi g'aflat bilan botarmukin? 
Eranlar ushbu yo’lda jondin kechti, 
Zikrin aytib saharlarda bag'rin teshti, 
Jafo tortib bu dunyoning zahrin ichti
Ondog' oshiq rohat bilan yetarmukin? 
Oshiqlari tunlar qo’pub zori qilg'on, 
Muhabbatning daryosidin guhar olg'on, 
Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on, 
Boyaziddek o’zin bir kun sotarmukin? 
Kecha-kunduz samo’ qilib yig'lag'onlar, 
Xizmat qilib ishq sirrini anglag'onlar, 
Himmat qurin belga mahkam bog'lag'onlar, 
Shundog' bo’lmay vahdat maydin totarmukin? 
Jafo chekmay, mehnat tortmay vafo yo’qtur, 
Jafo tortqon oshiqlarni ko’ngli to’qdur, 
Jafo tortmay, mehnat ko’rmay rohat yo’qtur, 
G'ofillar(i) hasrat bilan o’tarmukin? 
Ayo oshiq, kecha-kunduz tinmay yig'la, 
Muhabbatning fo’tasini belga bog'la, 
Chor zarb urub saharlarda yurak dog'la, 
Oshiqlari rohat bilan yetarmukin? 
Vo darig'o, o’tti umrum, to’ymay qoldim, 
Bu dunyoning muhabbatin qo’lg'a oldim, 
Dunyo izlab din ishini ortqa soldim, 
Tavba qilsam Xojam qabul qilarmukin? 
Ayo do’stlar, saharlarda nola qilg'il, 
Ko’z yoshingni oquzubon jola qilg'il, 
Haq zikrini aytib o’zung vola qilg'il, 
Vola qilg'on Haq vasliga yetarmukin? 
Qul Xoja Ahmad, kechalarda qoim bo’lg'il, 
Toat qilib kunduzlari soim bo’lg'il, 
Mansur yanglig' "Analhaq" deb doim bo’lg'il, 
Oshiq bo’lg'on boshi dorda ketarmukin? 
- 37 - 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Rabbim Alloh debon ko’zdin yoshim sochsam
Qulum debon maning holim so’rg'oymukin? 
Yuz ming turluk gunohimdin tavba qilsam, 
Rahmi kelib tavbam qabul qilg'oymukin? 
Tilim bilan Alloh zikrin joriy qilsam
Sahar vaqtda qo’pub yig'lab zori qilsam. 
Himmat qilib kecha-kunduz kori qilsam, 
Dargohida Xojam nazar solg'oymukin? 
Masjid kirib namoz qilsam zohidlardek
Ishq o’tig'a kuyub yong'on oshiqlardek. 
Yalg'on so’zni tilga olmay sodiqlardek, 
Oriflardek Haqqa vosil bo’lg'oymukin? 
Pir etogin tutub Haqdin qilg'oy talab, 
Har maqsudum bo’lsa pirdin qilsam talab. 
Ushbu yo’lda doim pirdin madad tilab
Madad bo’lsa, ishim ravon bo’lg'oymukin? 
Yo Rabbano, yoding bilan bo’lsam mudom, 
Bori umrum zikring bilan bo’lsa tamom. 
…………
6
Talab qilsam hojat ravo bo’lg'oymukin? 
Qo’l ko’torib pirdin duo olsam derman, 
Belin bog'lab xizmatida tursam derman. 
Himmat qilib rost yo’lig'a kirsam derman
Ko’ngul borib anda nishon bo’lg'oymukin? 
Har kechani qadr bilib uyg'oq tursam, 
Xizr bilib kimni ko’rsam, duo olsam. 
Quli bo’lub ma’no so’ray, kimni ko’rsam, 
Ushbu ishdin murod hosil bo’lormukin. 
G'ayrat qilib dargoh sori qadam qo’ysam, 
Erta sahar g'aflatdaman yotmay tursam. 
Sivo bo’lub barchasidin Haqni so’rsam, 
Sivo bo’lsam Haqdin madad bo’lg'oymukin? 
Qul Xoja Ahmadni ushbu so’zi orzu erur, 
Orzusig'a yetolmayin qayg'u yeyur. 
Taqlid qilib Hu zikrini oytib yurur
Hu-Hu desam sohibdilon bo’lg'oymukin? 
- 38 - 
6
Matndan tushib qolgan va o‘qib bo‘lmaydigan o‘rinlarga ko‘p nuqta qo‘yildi. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin