Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
Vo darig'o, kechti umrum, qoldi boqo,
Yigitligim yeldek o’tti, suvdek oqo.
Miskinlikni
maqomida yirtib yaqo,
Tutub tavba o’ti birlan kuymayinmu?
Qul Xoja Ahmad yetti ishqni bisotina,
Inshaalloh, Haq yetkurgoy niyyatina.
Ishondim man Haq kalomi oyatina,
Bo’ldim rafiq, o’tgulardin o’tmayinmu?
- 42 -
Haq rasuli o’lmas burun o’lung dedi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
"Mutu qabla an tamutu" bo’lung dedi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Ayo do’stlar, diydor uchun ado bo’ldum,
Bu dunyoda mehnat tortib gado bo’ldum,
Fano bo’lub xonumondin judo bo’ldum,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Muhabbatning daryosida cho’mub botib,
G'avvos kabi ul daryodin guhar topib,
Jonim berib shavq sharobin to’yo ichib,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Avval-oxir xo’blar ketti, qoldim yalg'uz,
Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi so’z,
Dilim yo’qtur, tilim yo’qtur, quloq ham ko’z,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Anbiyolar o’lmay turub tirik o’ldi,
Bu dunyoda jafo tortib nurg'a botti,
Kofirlardin ko’b malomat, jafo tortti,
O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?
Avliyolar bu olamda gado bo’ldi,
Kechib
ahlu iyolidin, sivo bo’ldi,
Jondin kechib diydor uchun, fano bo’ldi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Muhabbatning bozorida savdo qilsam,
"Faqru faxri" malomatin anda tortsam,
Ikki olam savdosini ko’zdin solsam,
O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: