Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad
Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
Banda bo’lsam yalg'uz o’zin suymayinmu?
Qayu banda yalg'uz suysa
podshoh qilay,
O’n sakkiz ming olam ichra ifsho qilay,
Xaloyiqlar toji, saroy insho qilay,
Bu so’z eshitib onga jonim bermayinmu?
Haq taolo oshiqlarg'a berdi xil’at,
Jon berorda yog'ib o’tti obi rahmat,
Oshiqlarni har mo’yida
ming xosiyat,
Mehnat tortib xosiyatlar ko’rmayinmu?
Alloh aydi: "Rahmatimdin ishq yarattim",
Oning uchun oshiqlarni ko’b yig'lattim,
Dardu balo, mehnatlarga bel bog'lattim,
Belim bog'lab ishq yo’lida o’lmayinmu?
Oshiqlarg'a va’da qildi diydorini,
O’zi bilur diydor uchun bemorini,
Tunlar qotib ko’b yig'lag'on bedorini,
Bedor bo’lub Haqqa qulluq qilmayinmu?
Dunyo
talab harislarni bandam demas,
Ro’zi mahshar yo’ldin ozsa yo’lg'a solmas,
Suvsab, chanqab dod aylasa, qo’lin olmas,
Dunyo tebib oxiratni suymayinmu?
Xojam aydi: "Chin bandaga beroy ulush,
Sharti uldur manga sori qilsa yurush,
Nafsdin kechib shayton bilan qilsa urush...
Nafsdin kechib riyozatda so’lmayinmu?
Rahmatimdin
umid tutsang, sahar turg'il,
Kecha yotmay, kunduz yig'lab Haqni tobqil,
Ondin so’ngra arig' bo’lub nafsni tebgil...
Nafsni tebib Haqqa qulluq qilmayinmu?
Sirot kechmay banda bo’lsang, qah-qah kulma,
Jannat kirmay bu dunyoda xurram yurma,
Diydor ko’rmay yig'lamaqni zinhor qo’yma",
Munda yig'lab oxiratda kulmayinmu?
Essiz
umrum Haqqa yonmay bejo ketti,
Muhabbatning jomin ichmay vaqtim yetti,
Kimga oytib, kimga yig'lay, boshim qotti,
Nadomatda sochu soqol yulmayinmu?
Osiy, jofiy qulung ichra man gunahkor,
Gunohimni afu aylasang, o’zung G'affor!
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: