Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
Ayo mahbub, lutf etmasang, yo’lda qoldim,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Yo Iloho, gunohimdin darmondaman,
Sanga loyiq amal qilmay armondaman.
Harna qilsang, o’zung qilg'il, sharmandaman,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Gunohimni har kim ko’rsa, mandin bezor,
Lutfu karam o’zung qilsang, hama bekor.
Giyoh
unmas yerga boqsang, bo’lur gulzor,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
San ozodlig' barotini bersang oson,
Rahmat daryo qatra tomsa, holim xandon.
Fayzu futuh to’lo bersang jonim qurbon,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tavba qilib, gunohimdin sanga yig'lay,
Muhabbatni o’ti birlan yurak dog'lay.
Haq yo’lida boshim berib, iymon o’ynay,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Banda bo’lsang, tavba qilg'il holo fursat,
Yigitlikda
riyozat qil, dam g'animat.
Qarib-cho’kub qilolmassan Haqqa toat,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ikki olam bandangdurman, G'afforimsan,
Shayton lain yo’ldin ursa, g'amxorimsan.
Yerga sig'mas gunoh qildim, Sattorimsan,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Bu yo’llarni uqbasi ko’b boshim qotti,
Yig'lamaymu, g'ariblikni o’qi o’tti.
Mandin burun
borcha tolib Haqqa yetti,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Jonim guvoh - jismim gunoh, dilim gunoh,
Na til birlan munda man dey sanga, iloh.
Man yig'lamay kim yig'lasun, holim taboh?!
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tanim isyon, so’zum yalg'on, korim xato,
Gunohim ko’b behad erur, vo hasrato.
Rahmat lutfung qamug'
qilsang bizga ato,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo,
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: