Yigirmanchi bob
I
Quyoshning yallig‘i kun sari havoda ko‘proq sezila
boshladi. Yuzni tikanlab o ‘tadigan izg‘irinlar o ‘rniga
endi badanga orom beruvchi, ruhni tebratuvchi sha-
badalar izg‘idi. Savr oyining bulutlari havoda o ‘kirib,
sellar quyib o ‘tdi. Yomg‘irlardan keyin samoning zan
gón tiniqligi ko‘zlam i qamashtirdi. P o ‘rsillab qabar-
gan sahro yashil jingalaklar bilan qoplandi. Bular
go‘yo ko‘z oldingda daqiqa sayin o ‘sadi, shamolda
to ‘lqinlanuvchi qalin maysazorga, o ‘tloqqa aylanadi.
Bahor qarorgoh hayotiga boshqa rang va ohang
bag‘ishlaydi. Dalaga yoyilgan otlam ing kishnashlari,
278
yigitlarning qo‘shiqlari quloqlarda endi boshqacha
yangraydi. D alada yoshlar chavgon o ‘ynaydilar, ham-
maning chakkasida lola yonadi. Sipohilar, navkarlar
etak-etak lola terib chodirlarini bezaydilar.
Navoiy kunduzlari aksar vaqt chodirning bir
tom onini ko‘tarib qo ‘yadi-da, quyoshda balqib yot-
gan yashil dalani, uzoq tepa va adirlam i tom osha
qilib o ‘tiradi. G ‘azallar to ‘qiydi. Shatranj ustalarini
chaqirib, taqyasini yoniga olib qo‘yib, o ‘yinga beri-
ladi.
Husayn Boyqaro bahor sayillari tuzdirdi. Atrofdan
eng urishqoq qo‘chqorlar toptirib, katta tom oshalar
ko‘rsatdi. Kurashlar b o ‘ldi. Bir necha bor qim izxo‘rlik
majlislari tuzdi. N ihoyat, birdan u poytaxtga k o ‘chish-
ga qaror qilganini bildirdi. H am m a safarga tayyorlana
boshladi.
Navoiyning qoshiga navkarlar keldi.
— Ijozat bersangiz, chodim i yig‘ishtirurmiz.
— Bu qadar tez! — noxushlanib dedi Navoiy.
— Erta safar.
— Lekin ko‘chish daragini eshitgandan buyon bir
mushkulotni hal qilishdan ojizmen, — dedi Navoiy
o ‘ylanib.
— Qanday mushkulot? — navkarlar atrofini qur-
shab, ko‘zlarini shoirga tikishdi.
— Ana! — Navoiy kulimsirab, chodirning bir bur-
chagini ko‘rsatdi.
C hodir burchagida odam bo ‘yi balandlikda, bir
parcha xas-xus ustida ko ‘zlarini m o ‘ltillatib musicha
yotar edi. Navkarlar hech narsa tushunm asdan, bir-
birlariga qarashdi.
— C hodir yig‘ishtirilsa, u bechoraga ozor yetar.
B undan qo‘rqamen, — dedi Navoiy.
Navkarlar kulishdi. Bittasi dadillik bilan e ’tiroz
qildi:
— Taqsir, qanotli-quyruqli maxluq, uchadi-ketadi.
— Tuxumlariga ham qanot bog‘lab uchira olursiz-
mi? — qattiqroq gapirdi Navoiy. — Chaqiring X o‘ja
Hasanni!
279
Kulimsiragan ko‘zli, hamisha mutavoze, kichki-
nagina Xo'ja Hasan kirdi. Navoiy musichani ko‘rsa-
tib, uqtirdi:
— C hodim i yig‘ishtirmaymiz. M usicha bola ochib,
uchurm a qilib, bu inni tark etguncha, sen shu yerda
qol. Chodirga ham, qushga ham qorovullik et. Keyin
chodim i yig‘ishtirib, Hirotga qaytursen. Bu xizmating
uchun senga yaxshi haq to ‘larmen...
— Aytganingizdek qilurmen. Musichaga ozor yet-
kizmasmen.
Navkarlar boshlarini quyi solib, asta chiqib ketish-
di. Erta bilan Navoiyning chodiridan boshqa hamma
chodirlar yig‘ishtirilgan edi. Suron va tantana bilan
sahrolami to ‘ldirib, butun qarorgoh ko‘chdi.
Hirotga kelgach, ikkinchi kun shoir bir to ‘p
d o ‘stlari, yaqinlari bilan Injil yoqasiga bordi. Uning
im oratlaridan bu yerda katta, ajoyib bir mahalla paydo
b o ‘lgan edi. Binolaming hammasi naqshlari bilan
yorqin havoda yonib, bir-birlarining husnini, aza-
matligini oshirar edilar. Navoiy dastlab madrasaga
kirdi. Talabalar o ‘tirib dars olishi uchun yasalgan
to ‘rtta katta tosh supani ko‘zdan kechirdi. G ‘isht te-
rilgan chor burchak sahnning to ‘rt tarafida qator solin-
gan hujralam ing — talaba yotoqlarining har biriga
kirib, diqqat bilan qaradi. Kitob terish uchun devor-
larda yasalgan tokchalardan, taom pishirish uchun har
bir hujraga qurilgan kichkina o ‘choqlardan tortib
eshiklarning halqasi, qulfigacha tekshirdi. M adrasadan
xonaqohga o ‘tdi. Bu — madrasaning qarshisida juda
hashamatli bino edi. Olimlar va shoirlaming yashashi,
ishlashi uchun m o ‘ljallangan bu binoni m e’moriy,
rasm, naqqoshlik san’atlarining eng go‘zal namunasi
qilmoqni aw aldan xayol qilardi. N aqqoshlar va o ‘zga
ustalar bilan birga yurib, ichki-tashqi bezaklaming
uslubiga, bitiklarga ingichka zavq va nazar ham qunt
bilan qaradi. San’atkorlarning ishidan m am nun bo ‘ldi.
So'ngra katta kutubxona, kasalxona, ham m om va
uzga binolarni sayr qildi.
Har bir binoning atrofidagi alohida bog'chalar,
gulzorlarni kezdi. Yaqinda o ‘tqazilgan daraxtchalar
280
nozik novdalari, siyrak, mayin barglari bilan halitdan
ko‘zlam i quvontirar edi. G ulzorlarda gullaming ilk
g‘unchalari xanda sochm oqda edi. Shoir bir to ‘da
bog‘bonlar, gulchilar orasida Arslonqulni uchratdi.
Yigitning, D ildom ing holini, kayfmi, m aishatlarini
so‘radi. Arslonqul, har bir savolga sevinchdan to'lib-
toshib javob berdi. Navoiy do'stlariga D ildom ing jaso-
ratini maqtadi.
Oqshom o ‘z xonasida bir ko‘p do'stlari, yaqinlari,
mulozimlari bilan, binolam ing «rasm kushodi»'ni
o ‘tkazish haqida kengash qildi. Tajribali m ulozim lar
qancha ot, qo‘y va qancha qoram ol so‘yilishi, qancha
meva-cheva va hokazo kerakligi ham qanday tartib
bilan o ‘tkazish to ‘g‘risida m a’qul fikrlami o ‘rtaga otdi-
lar. Navoiy shu kundan boshlab tayyorlik k o ‘rishga
ruxsat berdi.
Ju m ’a kuni Injil yoqalari ajoyib katta yig‘ilishni
ko ‘rdi. Bu yerda a ’yonlar, akobirlar, ulamolar, shoir-
lar, san’atkorlar, turli hunar-kasb vakillari, xullas,
vazirlardan tortib H irot yetimlarigacha quram a xalq
hozir b o ‘ldi. 0 ‘nJab bahaybat qozonlarda taom lar
tayyorlandi. Qanor-qanor pista-bodom va m inglarcha
quyum halvolar m ehm onlar oldiga to ‘kildi. Ziyofat-
dan keyin xalq guruh-guruh b o ‘lib, binolam i tom osha
qildi.
M adrasa va xonaqoh binolaridan iborat bir dasta
binoga «Ixlosiya», kasalxona va ham m om «Shifoiya»,
kutubxona ham buning qanotida, shoir o ‘zi, d o ‘stlari,
mulozimlari yashashi uchun soldirgan im oratlarga
«Unsiya» deb nom q o ‘yildi.
San’atning uchta m uazzam va ko‘rkam guldastasi
b o ‘lgan bu binolam ing ta ’rifi xalq tilidan tushm adi.
U lam ing dong‘i qo ‘shiqlarda, qasidalarda yangradi,
jonli so‘zning qanotlarida uzoq yurtlarga shamolday
uchdi.
Bu binolam i ilm va m adaniyat o ‘chog‘iga, ijodiy
fikr manbaiga aylantirm oq yana ko‘p g‘ayrat talab
O chilish m arosim i.
281
qildi. Shoir «Ixlosiya» madrasasiga zamonning eng
oldingi olimlarini — «Xazinai ulum va funun»'larni
mudarris tayinladi. Bular orasida Sultonm urod ilmi
m antiq h am riyoziyot m udarrisi b o ‘lib kirdi.
«Shifoiya» da xastalami davolamoq uchun Xuroson-
ning eng yaxshi tabiblarini jalb etdi. Bu yerda tib ilmi-
dan dars etm ak uchun buyuk tabib mavlono G lyosid-
din M uham m adni belgiladi. Olimlaming foydalanishi
uchun kutubxonani hamma qim matli asarlar bilan
to ‘ldirishga kirishdi. 0 ‘nlab kotiblar qimmatli, nodir
kitoblami bu kutubxona uchun ko‘chirm oqqa bosh-
ladilar.
Madaniy muassasalami boshqarish uchun har xiz-
m at, har vazifaga alohida kishilar belgilandi. 0 ‘z
m ulklaridan keladigan darom adning bir qismini
doimiy vaqf tariqida bu muassasalarga bag‘ishladi.
Yillar o ‘tdi. Shoir qalamining ovozi c h o lla r,
to g la r, dengizlami oshdi. Uning g‘azallaridan terma
kitoblar karvonlaming qimmatli xazinasi bo ‘lib, uzoq
olkalarga, turli qavmlar, qabilalar, xalqlar orasiga
yetdi.
Navoiy unga qadar o ‘z xalqining hech bir shoiriga
bajarish nasib b o lm ag an bir vazifani — she’r to g ln in g
yorg‘in cho‘qqisiga chiqishni xayol qilar edi. Bu — o ‘z
ona tilida «Xamsa» yaratish edi. Adabiy mubohasalar
asnosida Eron xalqining o lm a s adabiy xazinalari —
«Shohnoma»lar, — «Xamsa»lar allaqanday g‘urur
ham cheksiz m uhabbat bilan yodlanarkan, Navoiy bir
qarich yoshidan h ar vaqt o ‘ksinar edi: «Nega xalqim
shunday xazinalardan benasib bolsin! Xalqimning
chuqur idroki bor, toza zavqi bor g‘ururi, an ’anasi
bor. O lan lard a, laparlarda jaranglagan go‘zal tili
bor...» — o ‘ylar edi ichida. Shoir qirq yoshida umri-
ning buyuk g ‘oyasi, eng kuchli orzusini d o ‘sti
mavlono Jomiyga ochdi. Navoiy ilhomining qudrati-
ni, hatto uning ilk g‘azallaridan tuyib, faxr bilan unga
o ‘xshatmalar yozgan Jomiy bu istakni tabrikladi.
1 Ilm va fan larn in g xazinasi yoki k atta o lim la r m a ’nosida.
282
Navoiy sokin ijodiy hayot orzusi bilan yondi.
Rasmiy davlat vazifalaridan qariyb bo ‘shadi. Fikr va
g'ayrat toshqinini «Xamsa»ga ag'darm oqqa jazm qildi.
Biroq xalq ishidan, kurashlar bilan to ‘la qaynoq ha-
yotdan chetda tura bilarmidi? M amlakat hayotining
to ‘lqinlari uni kun sayin kuchliroq tortib ketadi.
«Bosh qashig‘ali vaqt yo‘q!» D ehqonchilik qilib, hosil-
ni kam bag‘al oilalarga, yetim-yesirlarga tarqatish,
c h o ‘llarda rabotlar qurdirish, taqir yerlarga suv
chiqarib obod etish, xalqning arz-dodini tinglash, yo‘l-
y o ‘riq ko ‘rsatish, ilm va san’at ahliga rahbarlik qilish
kabi ishlaming hammasi vaqt va kuchni qamraydi.
Bunga qaramasdan, Navoiy «Xamsa» ustida ajoyib,
favqulodda bir chidam va g‘ayrat bilan qalam yuritdi.
Navoiyning boshida tarixning fikr daryolari to ‘lqin-
lanadi. Zam onning eng jonli, eng o ‘tkir, m uhim
masalalari qalamga hujum qilib keladi. U lar haqida
o ‘ylash, saralash, ulam ing ildiziga yetish, so‘ng she’r-
ning yolqinli tiliga ko ‘chirish kerak!
«Xamsa» — go‘yo ustma-ust qo‘yilgan besh tog‘...
H ar poyasi butun bir um m i qamraydi. Navoiy azam at
ham lalar bilan ham m asi b o ‘lib ikki-uch yil ichida bu
besh tog‘ning cho‘qqisiga chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |