Ohkim, volamen ul sarvi xiromondin judo,
Ko ‘zlarim giryondur ul gulbarga xandondin judo,
Benavodur jon dag ‘i ul huri rizyondin judo,
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to ‘ti takallum shakkaristondin judo.
Vahki, bag ‘rim to ‘kti ko ‘zlar yo ‘lidan pargola ko ‘p,
Ko ‘z ham ul gul hajridin yog ‘durdi gulgun jola ko ‘p,
Za’f etibmen qonlig‘ ashkim, baski to‘kti lola ko‘p,
Dema hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on, bo‘lg‘on nafas jondin judo?
Qilg‘ali mahrum jomi vaslidin jonon meni,
Talxi kom etmish tiriklik bodasidin jon meni,
Har zamone o'lturur g ‘am zahidin hijron meni,
Hajr o ‘lumdin talx emish, mundin so ‘ng, ey davron, meni,
Aylagil jondin judo, qilguncha jonondin judo.
Bag‘rima, ey xori hijron, har zamon sonchilmag'il,
Ey ko'ngul, yuz davr yetsa, ko‘zga g'ayrin ilmag‘il,
Ming balo yuzlansa, ey jon, yordin ayrilmag'il,
Bo ‘Isa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagil
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Kampir dasturxon yozdi. G uldor sopol tovoqlarda
um och keltirdi ham o ‘tirm asdanoq so‘radi:
— Qalay, deganim to ‘g ‘ri ekanmi? O ym o'm a — oy
kulcha qizlar-a?
— Parizod desangiz ham ishonam en, — xomush
javob berdi yigit.
— Tilingdan aylanay, bu qizlami q o ‘ldan chiqarish
boshga qo‘ngan baxt qushini uchirish bilan barobar.
Bu — nonko‘rlik b o ‘ladi. Qay biriga ko‘ngling ko ‘proq
moyil bo ‘ldi? Tuxumday oppoqqina, silliqqinasigami
yoki bug‘doy rang, nozik niholigami? T o ‘g‘risini ayt-
sam, o ‘zim ham ikkilanib qoldim. K o‘nglim dam
unga, dam bunga og‘adi... 0 ‘zing tanla!
Arslonqul qoshiqni q o ‘yib, xolaning og ‘ziga
xomush tikilib qoldi.
— H a, nega b o ‘zrayapsan? G apir, ko‘nglim tin-
chisin, — so‘zlashga undadi kampir.
247
— Xolajon, har bir ishda sabr-bardosh kerak,— xa-
fa qilmaslik uchun yumshoq javob berdi Arslonqul. —
0 ‘ylashaylik, erta-indin ulami birov ilib qochmas...
— Ah, o ‘g‘lonim olamning sabr-bardoshini senga
yig‘ib bergan ekan! — o‘pkalagan kampir bundan
so‘ng «churq» etib og‘iz ochmadi.
Ertalab Arslonqul yangi etigini, bundan ikki oy
burun Navoiy binokor ustalarni, mardikorlami chor-
lab ziyofat qilganida, boshqa bir ko‘p kishilar qatorida
kiydirgan yo‘l-yo‘l shohi to ‘nini birinchi m arta kiydi-
da, ko‘chaga chiqdi. B a’zi og‘aynilarini qidirmoqchi
b o ‘ldi, lekin yana aynadi: ular, albatta, sharobxonaga
sudraydilar!
Limun mavzeidan boshlangan uzun, katta, safo-
baxsh Hirot xiyoboni b o ‘ylab qurilgan — bitgan, chala
ko ‘shklar, ikki qabatli, lekin yengil, kichik imoratlar,
meva bog‘chalarini tom osha qilib, yo‘llarda uchishgan
oltin barg gilamlari ustida asta kezdi. Keyin Shohrux
madrasasiga jo ‘nadi — Sultonmurodni ikki haftadan
buyon ko‘rmagan edi.
H ar vaqtdagi nim qorong'iligi bulutli kunda yana
quyuqlashgan hujrada, kitoblar orasida Sultonm urod
ni bemordek c h o ‘zilib yotgân holda ko‘rdi.
— Baxayr, ne b o ‘ldi, taqsir? — tiz ch o ‘kib, haya-
jo n bilan so‘radi Arslonqul.
Sultonmurodning ko ‘zlari ich-ichiga botgan, rangi
dardli, oqargan edi. U boshini ko'tarib, tirsagini yos-
tiqqa tirab o ‘tirdi. Ikki-uch kundan buyon xasta
ekanini, bukun harorati pasayib, ruhi yengillashganini
so‘zladi.
— Tabib keltiraymi? — samimiy achinib so‘radi
Arslonqul.
— Yo‘q, qaratdim, durustmen. Sizga juda intizor
edim, — deb javob berdi Sultonmurod. — Kecha,
oqshomga yaqin, bir boladan yo‘qlatdim, bordi-mi?
— Yo‘q, taqsir. Kecha, aksiga, uyga barvaqt juna-
gan edim, — deb javob berdi Arslonqul. — Ne
yumushingiz bo ‘lsa, ayting, bajarurmen, — o ‘zini ayb-
dor sezgan kishining tovushi va vaziyati bilan dedi u.
248
Sultonmurodning o ‘chuk yuziga dardli tabassum
yugurdi.
— Sizning yoringiz to ‘g‘risida g‘oyat to ‘g‘ri m a’lu-
m ot oldim ,— boshini rost ko ‘tarib gapirdi Sulton-
murod. — U Xadichabegimning xos kanizaklaridan
ekan. Podshohga ro ‘baro‘ kelmagan emish.
Arslonqulning ko‘zlarida dard alangalanib ketdi.
— Taqsirim, qaysi m uborak og'izdan bu so ‘zlam i
eshitdingiz! — titrait lablar bilan so‘radi Arslonqul. —
Ikki dunyoda qulingiz b o ‘lay, taqsirim , ayting,
to ‘g‘rimi? Qanday qilib? Jahonni ko‘zlarimga shu
zum da yorug‘ladingiz, taqsir, bu qanday gap?
Sultonmurod, tabiiy, o ‘z sevgisini ustalik bilan
yashirdi. Bir vaqt uning mojarosini, bir ertak singari
Zayniddinga aytib bergach, d o ‘sti qiziqib, surishtirib,
shunday xabar keltirganini bayon qildi.
— D o ‘stingiz saroyda xizmat qilurmi? — so‘radi
Arslonqul.
— Y o‘q, — javob berdi Sultonmurod, — lekin
istasa, har qanday sim i kovlab topadigan odam ...
Ishonavering.
— X o‘b, saroy, haram , biz bechoralar u chun saddi
Iskandar'-ku. N im a qilish kerak? — ilojsizlik dardi
bilan b o ‘shashib dedi Arslonqul.
— T o ‘g‘ri, yo'lingizda saddi Iskandar bor, — boshi
bilan tasdiqladi Sultonm urod. — Lekin shu vaqtgacha
yo'lingiz simsiyoh tu n edi. Endi uzoqda um id sham i
yondi... Inshoollo, g‘ayratingiz samarasiz qolmas.
Ishni dastaw al nim adan boshlashni o ‘yladim: siz dil-
navoz yoringiz bilan m unosabat bog‘lab, unga o ‘z
dardlaringizning, sog‘inchingizning kuchini bildiri-
shingiz ham qizning yurak orzularini bilishingiz kerak.
Qarshi emasmisiz?
— Ayni haqiqat. D ildor ko ‘nglining tozaligi, asilli-
gi xususida zarra gum onim yo ‘q. Ammo, orada ko ‘p
yillar o ‘tdi. Yana kim biladi, qanday xayollari bor? —
dedi-da, yerga qaradi Arslonqul.
1 Isk a n d ar Z u lq a m a y n q u rd irg an afso n av iy m u a z za m q o ‘rg ‘on.
249
— D o ‘stim bilan kengashdim. Qanday yo‘l bilan
munosabat bog'lam oqqa ham bir chora topdik.
Arslonqul sergaklanib, ko‘zlarini olimga tikdi. Sul-
tonm urod folchi kampir haqida gapirdi, uni qanday
qilib qo‘lga olish to ‘g ‘risida uqtirdi-da, nihoyat, dedi:
— U makkora kampir, tabiiy, insonlikdan mah-
rum , ochko‘z bir maxluqdir. Ishonam enki, ancha
dinor talab qilur. Agar tangangiz b o ‘lmasa, tortinmas-
dan aytavering, bir iloj qilib topurmiz.
— Ish oqchaga bog‘liq bo‘lsa, o ‘zimni garov qo‘y-
sam ham topurm en. Bu to ‘g‘rida hech tashvishlan-
mang!
Arslonqul hozirdan boshlab folchi kampiming
iziga tushm oqqa shoshib qo‘zg‘alarkan, Sultonmurod
juda ehtiyot bilan ish ko ‘rishni ta ’kidladi. Qiya ochiq
darichada Arslonqulning m adrasa sahnida uchib
ketayotgan azam at gavdasini ko ‘rdi-da, birdan chuqur
«uh» tortdi. Shu sodda yigitning yuragini zaharlagan
qahrli, m udhish hayotni qarg‘adi. K o‘ksida ishqning
muqaddas, toza alangasini yillardan buyon saqlab kel-
gan bu olijanob, faqir yigitga baxt tiladi. Lekin shu
onda u o ‘z ko‘ksida eski dardning kuchli chayqalgani-
ni sezdi. Biroq bu hasad emasdi. Bu chin, samimiy
ishq og‘rig‘i edi. Dildoming nafis husni, xuddi kecha-
gina ko‘rgandek, olimning ko ‘z oldida gavdalandi.
Olim o ‘zini ovutish uchun tokchaga q o ‘l uzatib, qalin
bir kitobni olib, parishon, dardchil varaqladi.
Dostları ilə paylaş: |