Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161
Navoiy romani. Oybek

0 ‘n oltinchi bob
I
Kechki kuz fasli H irotning erinchak qishi hali 
o ‘zini sezdirgan emas. 0 ‘qtin-o‘qtin yomg‘ir quyib, 
sharillagan suvlar tarnovlarni q o ‘porib tushiradi. 
Rub’iy m askunda yagona bo‘lgan poytaxt ko‘chalarida 
piyodalar uchun yurish balchiqda ancha qiyinlashadi. 
Biroq osm on yana tezda feruzalanib, quyosh hatto 
bahorgiday qizdira boshlaydi. Bog‘chada daraxtlar ol- 
tinrang bilan tovlanar edi, barglar birin-sirin jim gina, 
yalqovgina to ‘kilar, nam yem i o ‘par edi.
Navoiy kuzning so‘lgin nafosati bilan nafas oigan 
xiyobonlarni oralab, tabiat va hayotdagi o ‘zgarishlar 
ustida fikr qilib, kechinm alar, hislarga to'lib yurarkan, 
navkar kelib, safar uchun otni tayyorlab q o ‘yganini 
bildirdi. Shoir go‘yo Marvga — podshoh qoshiga 
jo ‘nash kerakligini endi eshitganday ikkilanib: «Hozir 
borurmen», dedi-da, yana aw algicha sekin ketdi. 
Bog‘bonlar va boshqa xizmatchilar bilan so‘zlashdi, 
ulam ing um aloq-dumaloq bolalarining boshlarini sila- 
di, keyin kissasidan oltin va kum ush chiqarib, ham- 
maga yo ‘loyoq ulashdi. Bolalarning shodligi, ayniqsa, 
benihoyat b o ‘ldi. Ular sakrashib, chuvillashib, tan- 
galami dam kaftlariga m ahkam qisib, dam bir-birlari- 
ga k o ‘z-ko‘z qilishardi. K attalar o ‘z xo‘jalariga «oq 
yo‘l» tilab, k o ‘zlarida yongan samimiy chuqur m ehr 
bilan vidolashdilar.
Navoiy uyga qaytib, qalin chakm an va b o ‘rk kiydi. 
Sohib D oro va Shayx Bahlulni chaqirib, qilinajak 
yumushlarni tayinladi, o ‘zi orqasidan yo‘lga chiqib, 
unga ham rohlik qiluvchilaming yuki va hokazo haqi- 
da surishtirdi. Hovliga chiqishi bilan uni kuzatishga 
kelayotgan bir guruh do ‘stlari, yaqinlarini ko‘rdi. 
Bulaming ichida Osifiy, Shayxim Suhayliy, M ir Mir- 
toz, Atoullo, mavlono Zam oniy, mavlono X o‘ja
Fasihiddin, Sultonm urod, Pahlavon M uham m ad Said 
va hokazolar b o r edi. D o ‘stlar uning atrofmi qur- 
sharkan, jonga yaqin bu odam lardan ajralayotganiga
235


ichida achindi. Bir necha daqiqa oyoqqa turib 
so‘zlashdi. So‘zi, harakati, g‘amxo‘rligi bilan har 
binning ko ‘nglini olishga tirishdi. Yozayotgan ilmiy 
asarlari tez orada tugasa, bir nusxadan Marvga berib 
yuborishlarini M ir M irtoz va Sultonm uroddan o ‘tindi. 
D o ‘stlam ing iltifoti, sevgisi uning ham ruhini yengil- 
latdi. Keyin otga chaqqonlik bilan minib, kuzatuvchi- 
larning qorasi o ‘chguncha orqaga bir necha bor qara- 
di. Ammo shahardan chiqish bilan to ‘ppa-to‘g‘ri Marv 
yo'liga emas, Sa’diddin Koshg‘ariyning marqadi' 
tom on otni burdi.
Jom iy uni, har vaqtdagi singari, shavq bilan qarshi- 
ladi. Navoiy o ‘tirgan ham on ulug‘ chol muloyim 
tabassum qilib, o ‘ziga xos mayinlik bilan dedi:
— Endi ko‘zlarimizni Marv yo‘liga intizor qilar- 
musiz?
— N e qilaylik, ketm oqdan o ‘zga choramiz yo‘q. 
Janob oliylari bu ishdan xabardor edilarmi?
— K echa bir necha shahzoda va bekzodalar qoshi- 
m izda edilar, ulardan eshitdim, — javob berdi Jomiy, 
keyin q at’iy ravishda dedi: — Amri podshoh, itoat 
etm oq bir vazifadir!
— K o‘ngilning, aqlning sarbastligi, ulam ing vazi- 
falariga itoat yana ham muqaddasroqdir.
Podshohning zaifliklaridan, M ajididdin va beklar- 
ning, saroy doiralarining Navoiyga qarshi tuhm at va 
ig‘volaridan yaxshi xabardor bo ‘lgan Jomiy, bu ahvol- 
dan chuqur mutaassir bo ‘lar, ulug‘ shoir va nodir 
insonning pok vijdoniga tosh otgan jirkanch qo ‘llar- 
dan nafratlanar edi. Biroq, xalq va davlat manfaatlari 
uchun, q o ‘pol kuchlam i, zulm va jabm i tizginlash 
uchun Navoiyning iqtidoriga, yorqin zakosiga, u bosh- 
lagan ishning chuqur m a’nosiga ishonar, shuning 
uchun davlat ishlaridan Navoiyning butunlay etak 
silkish orzusini maqbul ko'rm as edi.
— R a’iyatning baxt va saodatiga xizmat qilmoq —
1 Q abri (m u h .).
236


xudo yo‘liga xizmat bilan barobardir, — dedi Jomiy 
yana har vaqtdagi ishonch bilan.
— Faqir ham shu fikrning telba bandasidir, — dedi 
cholga Navoiy, qo ‘lini ko‘ksiga qo ‘yib. — Shu narsa 
m uhaqqaqki, podshoh xizmatidagi inson gung va shol 
bo'lishi kerak ekan. Qabohatlarga ko‘z yum m oq talab 
qilinar ekan. Sirni fosh etm oqchi b o ‘lgan til kesilarki, 
bu hoi ham m adan mushkuldir. M en bundan mushkul- 
roq bir nim ani tasaw u r qila olm og‘umdir.
Jomiy bir qancha vaqt sukut qildi. Saroydagi fisq- 
fujumi va podshohning m a’nan pasaya borganini ko‘z 
oldiga keltirdi. Shu m uhitda Navoiyning b o ‘g‘ilishi, 
vijdon azobidan qovrilishi g‘oyat tabiiy ekanini yana 
chuqurroq his etdi. Lekin u so‘fiyona tabiatining 
butun e ’tiqodi bilan haqiqatning ustun chiqishiga isho- 
nar edi.
— Inshoollo, haqiqat dushm anlarini, zulm korlam i 
mag‘lub qilursiz. Biz ham bu yo‘lning mudofaasiga 
hamisha tayyor tururmiz.
Ayniqsa, keyingi jum lani Jom iy zo ‘r im on bilan 
ta ’kidlab aytdi. Navoiy butun qish M arvda qolish ehti- 
molini, xususan keyingi vaqtlarda ko ‘ngilning sukut va 
xilvatga bo ‘lgan ishtiyoqini, saroy odamlari bilan muo- 
m aladan charchaganligini so‘zladi. Ovozasi olamni 
tutgan bu ulug‘ odamning bu faqirona, sokin hayoti, 
yuksak m a’naviy rang va ziyo bilan to ‘la m uhiti 
Navoiyni qalbdan asir qilar, dunyoning qaydi-quydi- 
dan ozod, m a ’naviy zavqlarga ko‘ngli tolpinar edi; u 
tabiatan darveshsifat edi. Bu xislat uning k o ‘nglida 
b a’zan kuchli chayqalishlar yasar, lekin bu uni 
darvesh kulbasiga sudramas edi, xalq va jamiyatga nis- 
batan o ‘zining insoniy burchiga, odamlaming baxtiga
adolat, insonlik nuri bilan sug‘orilgan go‘zallikka 
undar edi. U ning qalbida hayot guli o ‘zining butun 
toza rangi, ziyosi va butun jonli, to ‘laqonli nash’asi 
bilan k o ‘rkam ochilib ketar edi. Jom iy o ‘z d o ‘stidagi 
bu fazilatni chuqur anglar va bu hurm at va sevgiga sa- 
zovor, deb bilar edi.
Alisher Navoiy yo‘lga ruxsat so‘rarkan, chol
237


«andak tavaqquf»1, degan ishorat qildi-da, tevaragida 
qalashib yotgan kitoblar orasini timirskilab, muqova- 
siz, lekin kitob shaklida tikilgan bir dasta qog‘ozni 
uzatdi. Navoiy shu yerda varaqladi: «Bahrul abror!» 
Ayrim joylariga ko‘z yugurtirib, bildiki, bu — Xusrav 
Hindiyning «Daryoyi abror»iga javoban qalamga olin- 
gan... D arrov chol shoirga yalt etib qaradi. Uning 
yuzida g ‘ururli, lekin kishiga qattiq tegmaydigan, iliq 
bir tabassum ko‘rdi. Navoiy bundan awalgi bir suh- 
batni birdan xotirlab, yana ko ‘zlarini kitobchaga 
yashirdi: u go‘yo uyalgandek b o ‘ldi. Bir-ikki hafta 
ilgari shu xonada, Jomiy bilan suhbat asnosida, Xus­
rav Hindiyning ijodi ustida so‘z borgan edi. Navoiy 
Xusravning sohir qalamini g‘oyat samimiy va qizg‘in 
maqtadi. Ayniqsa uning «Daryoyi abror»ini yuqori 
qo ‘ydi. Dalil uchun shoiming bu asar haqidagi o ‘z 
so‘zlarini keltirdi. Xusrav shunday der ekan: «Agarda, 
qachon b o ‘lmasin, zam onlar o ‘zgarib, mening barcha 
nazm im dunyoda izsiz yo‘qolib ketsayu, yolg‘izgina 
bir qasidam — «Daryoyi abror» qola bilsa, shuning 
o ‘zi kifoya: buni o ‘qigan odam mening she’rdagi 
qudrat va iqtidorim ni bilib oladi!” Jomiy Navoiyning 
bu haqdagi fikrini tinglab, sukut qilgan edi. Bu asami 
yuzaga keltirgan u sukutning m a’nosini Navoiy endi 
angladi: «Jomiy huzurida Xusravni bu daraja ifrot 
m aqtam oq xato ekan!» deb o ‘yladi ichida. Ammo 
Navoiyning yuziga birdan tabassum yugurdi: xatosi 
yangi, istanilgan bir asarning yaratilishiga picha xiz- 
m at qilibdi-ku! Bu asar bilan cholni tabriklab, beni- 
hoyat xursand bo ‘lganini arz qildi.
— 
Fursatingiz b o ‘lsa, o ‘qirsiz va fikrlaringizni biz 
faqirga yozarsiz. Biz uchun siz janobning zavqingiz 
hukmi oliy va mukofotdir, — dedi Jomiy.
Navoiy kitobni avaylab, qo ‘ltig‘iga tiqdi. Jom iy uni 
eshikka qadar kuzatib, do ‘stona xayrlashib qoldi.
Dala y o ‘lining ikki tom onida cheksiz bog'chalar, 
b o ‘stonliklar cho‘zilgan. Y o‘l ustiga enkaygan daraxt
1 M a ’ n o s i: B ir oz t o ‘xtang.
238


shoxlari b a’zan shoirning b o ‘rkini yum dalaydi. 
Barglaming oltin gilamlarida qo ‘ylar, echkilar gala- 
lashib yuradi. Hosili yig‘ib-terib olingan bo ‘stonliklar- 
da unda-bunda qorotqi — qo ‘riqchilar qaqqayadi. 
Gala-gala qushlar kezadi. Qishloqlar, odam lar siyrak- 
lasha boradi. Y o‘l poyonsiz cho‘lga yuz uradi. U zoqda 
tog‘larga tushgan yangi qor chaqnaydi. U fqlarda 
xiralanib so‘ngan ch o ‘lning mavjli qatlamlarini quyosh 
nuri chayqaltiradi. Unda-bunda bulutlam ing yaxlit 
ko ‘lkalari o ‘rmalaydi. Sovuq shamol dimoqqa cho‘l- 
ning yupun-chiriyotgan o ‘simliklarining hidini uradi. 
Kalxat lapanglab, havoda katta doiralar chizib, butun 
hafsala bilan kichik qushchani ta ’qib etadi.
Shoir qo‘ynidan kitobchani oldi. K o‘zlar yaltiroq 
qog‘ozga, m isralam ing quyosh nuri bilan jilvalangan 
qora saflariga qadaldi. Shamol varaqlarga keskin 
urilib, shaldiratib, o ‘qishga xalaqit berishiga qaramas- 
dan, Navoiy kitobchadan ko ‘z uzmadi. Bu mutolaa 
unga juda zavqli tuyuldi. Otning changsiz, yum shoq 
yo‘lda tekis yo ‘rg‘asi muazzam tabiatning, she’m ing 
musiqiysi bilan ham ohang bo ‘lgandek... Ayrim go‘zal 
baytlami qaytalab o ‘qidi. Tugatarkan, kitobni yana qo‘y- 
niga soldi, lekin u deyarli yod bo‘lib qolgan edi. «Yax- 
shi asar. «Daryoyi abror» kabi rangin, xo‘b asar! Xus- 
ravga javoban yozilmish bu asaiga men ham javob 
bermog‘im kerak!» — o ‘yladi ichida. Cho'lning azamat 
sukunatida bokira manzaralaming husniga berilib 
borarkan, xayoli yangi asaming to‘qilmasi bilan ovora edi.
Shoir nogoh pichirladi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin