O n beshinchi bob
I
Devonning qatorasiga solingan ziynatli xonalari-
ning biri yonida quram a xalqdan anchagina to ‘plan-
gan edi. K atta, tekis, chorburchak sahnni chol qoro-
vul qunt bilan, chang ko ‘tarm asdan supurardi. Uning
soqoli taralib tekislangan, lekin rangi kunduzning
mashaqqatlarini xayol bilan beparvo kechirish uchun
har kuni ertalab «chize» taryok iste’mol qilib, ustidan
ko'proq shirinlik yeguvchi chollarning rangi kabi,
sarg‘ish, qonsiz edi.
U
supurgining dastasiga suyalib,
odamlarga yer ostidan ko‘z tashladi. Qandaydir bir
tanishini ko‘rib, yaqin keldi.
U
taajjublanib, dedi:
— Ha, bizning dargohga bosh suqubsan, tinchlik-
mi? — so‘radi chol.
— Dardsiz, g‘alvasiz odam bu yerda nim a qiladi?
Mirga ikki og‘iz arzi hol qilg‘ali keldim.
— Hay, ishing o ‘ngidan kelsin! — Chol birin-sirin
yangidan kelayotganlami ko‘zdan kechirib, dedi: —
Tavba, Alisher janoblari bir haftadan buyon Childux-
taron'da edilar, u yerda yangi rabot bino qilmoqdalar.
H irotga y aq in b ir m avze.
206
Hirotga bukun tunda qaytdilar. X o‘sh, xaloyiqni kim
ogohlantirdi?
— Ehtimol, o ‘zlari tushimizda bashorat bergan-
dirlar, — kulib dedi bir dehqon.
— Ajab emas... Chunki Navoiyning dili bilan
xalqning dili ham isha payvanddir, — dedi ishonch
bilan ko‘m-ko‘k qo‘lli bo ‘yoqchi.
Shu vaqtda kimdir, burunaki otgandek, qayta-qayta
apshurdi.
— Haqqast rost! — bo ‘yoqchiga qaradi chol qoro-
vul va jiddiy dedi: — Bu zam onda Navoiy janob-
la-ridek pok odam hargiz topilmas, — u ishiga ki-
rishdi.
Odamlar o ‘zaro shivirlashib, Navoiyning ishlari,
hayoti, sifatlari haqida so‘zlasharkan, amirlarga xos
jubbaviy tillodo‘zini kiygan shoir hovlida paydo bo‘ldi.
Hamma qo‘l qovushtirib ta ’zim qildi. Navoiy xalqning
salomiga javob qaytarib, tezgina yurib, katta xonaga
kirdi. Odamlar eshik oldini o'rab, kissalaridan, sal-
lalari orasidan qog‘ozlarini qidira boshladilar. Yon-
dosh xonalam ing biridan yosh, m ag‘rur kotib chiqdi-
da «Sabr! Sabr!» dedi xalqqa qarab, keyin Navoiy kir-
gan xonaga qarab yurdi.
— Bu kun xalq juda ko‘p, — dedi yosh kotib salom
bergandan keyin, — barchasini qabul qila bilurmusiz?
— Anglamadim, ne demak istaysiz?
— Agar vaqtlari musoida qilmasa, bir qism xalo-
yiqqa boshqa kun kelmoqni taklif etsam, degan filer
xotirimga keldi.
— Barakallo g‘ayratingizga! — istehzo bilan xitob
qildi Navoiy. — Bizda shunday odatni biron vaqt
ko‘rganmidingiz?
Yosh kotib ko‘zlarini yerga qadadi, bir nafasda
ham oqardi, ham qizardi.
— Siz hali yosh yigitsiz, — dedi Navoiy endi
muloyim, lekin jiddiy, — mansab poyasida balki yuqo-
rilashursiz. Shu so‘z xotiringizga naqshlanib qolsinki,
elga bu yo‘sinda muomala va xizm at qilm oq oqillar-
ning ishi emas.
207
Kotib boshini bazo‘r ko‘tardi. U zr tilab, chiqmoq-
chi bo‘ldi. Navoiy uni to'xtatdi. Yordamchilari yetib
kelguncha, bu yerda o ‘tirib, unga qarashmog‘ini
so‘radi. Kotib bir oz tetiklandi. Quyida, yozuv ashyo-
lari turgan pastgina kursi oldida tiz cho‘kdi.
Dastlab juldur kiyimli, kir qalpog‘ini ko‘ziga qadar
tushirgan, o ‘rta yashar dala kishisi qo ‘l qovushtirib
kirdi-da, salovot bosib, dovdirab qoldi.
— 0 ‘tiring, m uddaongizni so‘ylang, — dedi
Navoiy xushmuomalalik bilan.
D ehqon eshik oldida cho‘qqaydi, qalpog‘ini sal
ko‘tardi.
— Boshimga bir falokat tushib, Isfizordan kel-
dim... — dedi-da, birdan so‘radi: — H am m asini aytay-
mi, uzun gap?
— So‘ylang, — kulib javob berdi Navoiy.
— Bisotimda birgina otim bo'lardi. Y om on emas,
korim izga yarab turardi. Bir kun, ne b o ‘ldi-yu
qishlog‘imizga bir otliq sipohi kirib keldi. Orqasida
xushsurat bir bola... M en otim ni sug‘orib, yuvib tur
gan edim. Qarshimda to ‘xtadi. «Otingni egarlab ber,
m anov inim ni mindirib olayin, tez orada H irotdan
qaytam en, shunda tashlab ketamen», dedi. M en
yaíindim: «Bek yigit, ayni ish chog‘i, iloji yo‘q.
Boshqalardan so‘rab ko ‘ring, topilmasa, shunday
ketavering,
bu
arg‘um og‘ingiz
bilan
Daryoyi
Sho'r'gacha yetasiz». «Yo‘q, — dedi. — Ovda yurib,
otim ko‘p urindi. Barcha H irot meni taniydi. Qozi-
zodalardanm en», — dedi. Hukum atga ot-ulov berm oq
eskidan bir taomil. Otni egarlab, jilovini unga tut-
qizdim... xullas, ikki oydan buyon u qozizoda qur-
g‘urdan domdarak yo‘q. 0 ‘n kun burun eshakka mi-
nib, H irotga keldim. Kirmagan k o ‘cham, so‘ramagan
odam im qolmadi. Topish qayda! Bu yetmaganday,
yana bir falokat oyog‘im dan chaldi: uch kun burun
eshagimni o ‘g‘irlatib qo‘ydim. M ahkamalarga kirsam,
arzim ni tinglamadilar. Sizga sig‘inib keldim, taqsir.
1 K aspiy dengizi.
208
Dehqon og‘ir xo‘rsindi. Navoiy asta tebrandi.
— Birodar, sizga bir balo yo‘liqibdi, mayli, kim
b o ‘lmasin, qozizodami, sipohimi — u bir ofat... Bu
yanglig‘ ovchilar ko ‘p, ulaming o‘zlari ovchining itiga
arzimaydilar. Ismini bilmaysizmi?
— Aytdi, Tojiddin...
Navoiy kotibga qarab, Qilichbekni chaqirishni
buyurdi. Keyin kulib, dehqonga murojaat etdi:
— Otingiz topilur. Chin ismini yashirgan bo ‘lsa,
qiyofatini aytursiz. Ammo eshakni oqtarm oqdan foy-
da chiqmasa kerak. Qaysi sho‘razorda, qaysi og‘ilda! Fa-
qat eshakni yo‘qotganingizni bizga isbot qila olasizmi?
— O, nahotki bu qulingiz yolg‘on so‘zlasa! Karvon
saroyda yuz kishi desangiz ham guvohlikka o ‘tur.
— U holda eshakning bahosini biz to ‘laymiz, —
dedi Navoiy. — Lekin bundan keyin ehtiyot b o ‘lm oq
kerak. Elning bir so‘zi bor: o ‘zingga ehtiyot bo ‘l,
qo ‘shningni o ‘g‘ri tutma!
Dehqon, Navoiyning so‘zlarini aqlga sig‘dirmagan-
day, dovdirab qoldi.
— Qanday gap? Kim to ‘laydi? Siz? Y o‘q, jabrini
o ‘zim ko‘taray, — q o ‘lini ko'ksiga qo‘ydi u.
Baland bo ‘yli, keng yag‘rinli, qirg‘iy buru n yigit —
Qilichbek kirdi. Navoiy bir necha so‘zda dehqonning
muddaosini tushuntirdi. Keyin buyruq yo‘sinda dedi:
«Bu dardkashni qoniqtirm aguncha, hargiz orom olma,
jahannam ostida b o ‘lsa ham, u zolimni top va jazosi-
ni ber!»
Qilichbek dehqonni yupantirdi:
— U odam bizga otning qashqasiday m a’lum.
Yuring biz bilan.
Navoiy ulam i to ‘xtatdi. Eshakning bahosini so‘ra-
di. Keyin o'zining xususiy mulozimlariga uchrashib,
dehqonga pul olib berishni Qilichbekka yukladi. D eh
qon shodlik va hayajon bilan to ‘la, qulluq qila-qila
chiqdi.
Aksari dehqon, kosib-hunarm andlardan iborat
bo ‘lgan xalq birin-ketin kiraverdi. H ar kim ning o ‘z
hurdi-holiga yarasha bir dardi, yarasi, m ashaqqati, ta-
209
labi, da’vosi bor. Navoiy har qaysisining so‘zlariga
bardosh bilan quloq soldi. Arizalarini kotibga o ‘qitib,
diqqat bilan tingladi. Uning o ‘tkir fikri chigallarni
oson hal qilar, chin d a’vo bilan tuhm atni, haqiqat
bilan yolg‘onni tez ayirar edi.
Peshindan so‘ng xalq siyraklandi. Navoiy bir necha
mulozimlarni to ‘plab, turli yozuv-chizuv ishlari bilan
shug‘ullantirdi. Amallari kichik bo ‘lgan bu mulozim-
lar Navoiy huzurida to ‘la qunt bilan jiddiy ishlasalar
ham , o ‘zlarini sarbast tutardilar. D ongdor vazir va
shoir ish orasida hatto ular bilan hazilkashlik qilish-
dan-da tortinm as edi.
Ish oxirida shoshib-pishib mavlono Alishoh kirdi.
U H irotda eng oldingi cholg‘uchilardan edi.
— M arham at qiling, ishlaringiz ne holda? —
d o ‘stona iltifot bilan qarshiladi Navoiy.
— Soyayi davlatingizda kayfimiz chog‘, ishlarimiz
yaxshi... — dedi mavlono Alishoh. — Faqirning
ko‘nglida bir iltimosi borki, xotirlariga malol kelmasa,
aytmoqqa ijozat bersalar...
— Aytavering, sozingiz tinglagan kabi, quloqlari-
miz sizda, — dedi Navoiy.
— Janoblarining iltifotlaridan umidim iz shulki,
vaqf mutasaddilariga buyursalar, toki ular menga olti
oylik maoshimni birdan bergaylar. — Navoiy bir vaqt-
lar u bilan ilk d a f a uchrashganda, uning musiqiydagi
iste’dodini qadrlab, unga o ‘z vaqflaridan maosh tayin-
lagan edi.
— Ne sababdan? — so‘radi qiziqib Navoiy.
— Vaqf mulozimlariga har oy m urojaat etib, ular-
ning boshlarini qotirmasam...
Navoiy yerga qaradi, sukut qildi. Sabog‘ich qalam-
ni qitirlatib, xat yozayotgan mulozimlar boshlarini
sekin ko‘tarib, dam shoirga, dam musiqiychiga boqar-
dilar. Birdan Navoiyning yuziga m a’nodor, kinoyali
tabassum yoyildi.
— M axdum, um rim izdan olti kun qoldimi, qol-
m adim i — bizga m a’lum emas, — dedi u noxushlik
bilan. — Siz nima sababdan bunday am onat hayotga
210
bu qadar e’timod qilib, kelgusi olii oyning maoshini
birdan talab qilasiz?
— Siz farmon bering, m en pullam i olay, — aw al-
giday dadil gapirdi mavlono Alishoh. — Agar m en
o ‘lib qolsam, u pullam i kafanimga va ko‘m m ak uchun
boshqa kerakli narsalarga sarf qilurlar.
— 0 ‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo, degan
siz ekansiz-da! — dedi Navoiy jiddiy va noxush.
M ulozimlar kulgidan o ‘zlarini to ‘xtata olmadilar.
Musiqiychi qizarib-bo‘zarib yerga qaradi-da, so ‘ng o ‘zi
ham kulib yubordi.
Navoiy o ‘rnidan turdi, mavlono Alishohning yelka-
siga qo‘lini qo‘ydi. M uloyimlik bilan dedi: «Ne qilay-
likki, sizda katta iste’dod bor. Biz uni hurm at qilur-
miz. Talabingizni qabul etdik». Musiqiychi tashakkur
etdi. Navoiy vaqf boshliqlariga bir parcha qog‘oz
yozib berdi.
Shoir uyga qaytm oq uchun tashqariga chiqarkan,
M uham m ad Said Pahlavon bilan qarshilashdi.
— Ne maqsad bilan? — so'radi ko‘risharkan, N a
voiy.
— Bog‘i Safidda shuaro majlisi bor. H am m aning
ko‘zi yo‘lingizda. 0 ‘zga andishalari bo'lm asa, bir kirib
o ‘tsalar, um um ni quvontirurlar.
— M odomiki, siz kelibsiz, e ’tirozga o ‘rin qolmay-
dir.
Shoir bilan Pahlavonni eshikda navkarlar otga
mindirdilar. H ar vaqtdagi kabi turli olom onning
shovqin-suroni bilan qaynagan Chorsudan va Hirot-
ning katta bozorlaridan b o ‘lgan Bozori m ulkdan o ‘tib,
g‘isht bilan to ‘shalgan katta yo‘l bo ‘ylab bir chaqirim
qadar yo‘l bosgach, baland devorlari orqali Bog‘i
Safidning qalin daraxtzorlari ko‘rindi.
Navoiyni mavlono Hofiz Yoriy, Shayxim Suhayliy,
Hiloliy, Osifiy boshliq bir guruh shoirlar eshikda kutib
oldilar. Uchlari bir-birlariga chalkashib ketgan azamat
daraxtlaming yashil devorlari b o ‘ylab borarkan, har
yerda guruh-guruh shoirlar duch kelib, hol-ahvol
so‘rashdi. 0 ‘nlab yangi g‘azallar, qit’alar eshitdi. Kat-
211
ta supraga o‘tirgan ham on asarlar o ‘qib berishni shoir-
lardin iltimos qildi.
Bu yerda, qalin daraxtlarning k o ‘lankasida,
supalarda yuzdan ortiq shoir to ‘plangan edi. Oralarida
mavlono Gadoiy kabi g‘oyat keksa, sersavlat chollar,
hali soqol-miyiqlari sabz urmagan o ‘spirinlar ham bor.
Shoirlar orasida katta mansabdorlar b o ‘lganidek, tah-
sil ko‘rayotgan faqir talabalar ham biron kasb-hunar
bilan — misgarlik, jom ado‘zlik, kissado‘zlik, kulollik
yoki mavlono Tohiriy singari kavshdo‘zlik bilan
mashg‘ul b o ‘luvchilar ham anchagina. Bu yerda katta
iste’dodi, ilmi, shuhrati darajasida kamtar, olijanob
shoirlar b o ‘lganidek, Firdavsiy, Nizomiylarni nazar-
pisand qilmaydigan ifrot m aqtanchoqlar ham bor. Bu
yerda mavlono Simiy singari bir kunda ming bayt
aytib, uni chiroyli ko‘chiradigan ajoyib epchil va tez
to ‘quvchi shoirlar bor; bu yerda haddan tashqari
m utolaa orqasida aqli ayniganlar bo‘lganidek, beni-
hoyat ichkilik yuzidan barbod b o ‘lib, m avlono
M uham m ad kabi bosh yalang, oyoq yalang ten-
tirovchilar ham bor.
Aksari shunday yig‘ilishlarda qasidachilar, g‘azal-
chilar, muammo ustodlari o ‘z asarlarini yoki o ‘zga-
lam ing yangi asarlarini o ‘qishar, bahslashar edilar.
B a’zi baxtiyor shoirlar benihoyat m adh-sanoga
sazovor bo‘lar, b a ’zilar yer q a’riga kirar edi. Bu yerda
d o ‘stlar bir-birlarini maqtarkan, xayollar mubolag‘a-
ning qanotlarida uchadi. D ushm anlar bir-birlarini hajv
qilganda, so‘zning zaharini ayamaydilar. Bu yerda
shoirlar bir-birlariga g‘azallar, hatto butun-butun
devonlar hadya qilishadi. Yaxshi bir g‘azal va mohirlik
bilan ishlangan bir m uam m o yoki yangi bir rang va
jilva bilan bezangan bir bayt qo ‘ldin-qo‘lga o ‘tadi, yod
olinadi, ko‘chirilib, sallalaming uchiga qistiriladi.
Asarlarining Navoiyga maqbul b o ‘lishiga ishongan
shoirlar dadillik bilan, hatto ochiq g ‘urur bilan aruz-
ning musiqiysini jaranglatib o ‘qir edilar. Aksar g ‘azal-
lar, soxta bezaklar kabi, tashqi porloqlik bilan ko‘zni
olardi.
212
Shuncha shoirlardan nahotki birontasining sozida
ona tili yangramasa! Aksariyat shoirlarning she’r ipiga
dur va gavhar deb terganlari Navoiy uchun munchoq-
day qiymatsiz, ilon p o ‘stiday sovuq yaltiroqli ko ‘rinar
edi: «Bizning iste’dodli mirzolarimiz eng o ‘ng‘ay
yo‘lni tanlaganlar. Ozgina mashaqqat cheksalar edi
o ‘z tillarida qancha sof, asl so‘z gavharlarini topgan
b o ‘lur edilar», o ‘yladi ichida Navoiy.
Navoiyning fikrini bilish uchun b a ’zi shoirlar
g‘azallarini, shogird o ‘z ustodiga birinchi qalam
mashqini taqdim etgan kabi, kam tarona uzatdilar.
Navoiy fikrlarini ko ‘zlariga to ‘plagan kabi, diqqat
bilan o ‘qib chiqdi. Uning uchun she’rda ham m adan
aw al xos va chuqur m a’no, xos xayol, xos rang asosiy
mezonlardan edi. Lekin hozir o ‘qigan va eshitgan
she’rlarida eng oz k o ‘ringan narsa harn shular edi. U
bir g‘azalda qofiya xatosiga ishorat etdi. Bunga shoir
lar so'zsiz qo‘shildilar. Boshqa bir g‘azalda o ‘xshatish-
ning g‘ayritabiiyligini k o ‘rsatdi. Biroq bu tanqid
boshqalarga unchalik haqli ko‘rinmadi. H atto b a’zilar
bu o ‘xshatishni favqulodda rangli va ziynatli topdilar.
Navoiy ola chalpoq oftobdan nariroq surildi, qo‘li
bilan yelpinib, kulimsiradi-da, qalam va siyohdon
berishlarini iltimos qildi. Shoirlar chuqur m aroq bilan
Navoiyga qarab, sukut etdilar. D iqqat qilgan kishi
b a’zi bir gerdaygan shoirlarning yuzida kinoyaning
juda ingichka izlarini seza olar edi. Navoiy sabog‘ich
qalamni bir m arta siyohga botirib, qog‘oz ustida bir
lahza yurgizdi-da, g ‘azalni shoirga uzatdi. Shoir oldin
ichida o ‘qidi, keyin yalt etib, atrofdagilarga qaradi-da,
baland ovoz b ilan o ‘qidi. Qog‘ozni c h o ‘zilgan
q o ‘llarning biriga tutqizib, hayajon bilan Navoiyga
murojaat qildi:
—
Kamina shunday o ‘ylaydiki, m ening tashbihim-
da bir kurtak b o r ekan. Siz janobning nafasingiz,
bahor shabadasiday, undan bir g‘uncha ochtirdi ham
uning gul kosasini rang va nur bilan to ‘ldirdi...
Qog‘oz qo‘ldan-qo‘lga o ‘tdi. Qani kirn e ’tiroz qila
oladi! Supaning narigi burchida o ‘tirgan b ir keksa
213
shoir qog'ozni ko‘zlariga yaqin tutib, yonidagi o‘spirin
shoirga berdi va boshini unga moyil qilib pichirladi:
— Alisher Navoiy sehrli qalami bilan bir turtib,
kavakdan jonli ko‘z yasaydi!
— K o‘plar chaqin toshdan uchqun chiqarolmagan-
da, bu turkiygo‘y yaxdan alanga hosil qiladi, — javob
berdi o ‘spirin nazokat bilan.
Nogoh daraxtlar orasida, — may bilan kayfi chog‘
bir to ‘da sho‘x ulfatlar o ‘tirgan joydan — musiqiy
sadolari oqdi. Nay, chang, udning sehrli ohangiga
hofizlar m avlono Lutfiyning g‘azali bilan jo ‘r
b o ‘larkan, Navoiy boshini quyi soldi, ko‘zlari zavqdan
asta yumildi, mavlono Lutfiy qanday go‘zal! G ‘azal-
dan sahroyi tilning sodda latofati, quyuq, toza
ranglari, siyqalanmagan m a’nolari yurakka ch o ‘g‘day
yopisha qoladi!
Musiqiyning so‘ng mavjlari quyuq yashillik qo‘y-
nida sekingina titrab, tina boshlarkan, Navoiy boshini
k o ‘tardi. Boshqa joyda, o ‘zi tanho bo ‘lsa edi: «Mu-
g ‘anniy‘ kel, chert, turkona soz!» deb qichqirardi balki.
Boshqa supada bir to ‘da shoirlar davra qurib,
m avlono Xusraviyning g ‘azallarini tinglar edilar.
Navoiy kelib, odam lar orqasidan tinglay boshladi.
Mavlono Xusraviyning ko‘zlari zaif edi. U qo'lidagi
qog‘ozga qaramasdan, yoddan o ‘qimoqda edi. G 'azal
ham shaklan, ham m azm unan eski andozalam ing
namunasi. K o‘zi zaif shoir boshqa masnaviyni boshla
di. Ilk misra «guzor» degan so‘z bilan bitdi. Ikkinchi
misraga o ‘tganda, Navoiy yuzaki she’ming uslub va
m a’nosiga kirib, qofiyani — «xazor»ni aytib qo‘ydi,
«roy» so'ziga «kunoy»ni qofiya keltirdi. Qiziqib o ‘qi-
yotgan mavlono Xusraviy payqamadi. Odam lar piq-
piq kulib, Navoiyga qarashdi. Navoiy tabassum bilan
«jim!» degandek labini qisdi. «Sipohi bud»ga «bamo-
hiy bud»ni, «saf basta»ga «taraf basta»ni, «har saf»ga
«bar kaf»ni qofiya qildi. N ihoyat, mavlono Xusraviy
birdan o ‘qishdan to ‘xtadi. Qisiq ko‘zlarini hayrat bilan
Cholg‘uchi.
214
atrofga yugurtdi: «Kim bu?» dedi u asabiylanib.
Shoirlar kulib: «Bu odamni tanurm usiz, k o ‘rganmu-
siz?» deb so‘rashdi.
—
Xayr, tanim aym en, — dedi alanglab mavlono
Xusraviy, — am m o faqiming xotiridadirki, bir vaqt
men Pul Palon'da g‘azal o ‘qiganimda ham shul kishi
ayni yo‘sinda ham m a qofiyalarni oldindan aytib
bergan edi!
Shoirlar birdan qattiq kulib yuborishdi. Navoiy
ham uzoq kuldi. So‘ngra mavlono Xusraviyning yoni-
ga o ‘tirib, hol-ahvol so‘rashdi. Hazildan h ar ikkisi xur-
sand bo ‘lishgan edi. Mavlono Xusraviy o ‘z mas-
naviysini o ‘qib bitirdi-da, Navoiyning flkrini so‘radi.
Navoiy uning b a ’zi misralarini m aqtab, shoiming
ko‘nglini ko‘tarishga tirishdi.
Bu yerda hali she’r olamiga tanilm agan bir necha
o ‘spirin shoirlar o ‘zlarini tanishtirdilar. Navoiy dast-
aw al ulaming m a ’lumotlari bilan qiziqsindi. Musi-
qiydan bexabar b o ‘lganlari uchun b a’zilariga til tegiz-
di. Tahsil ko‘rayotgan faqir shoirlar bilan xususiy ra-
vishda, ayri-ayri so ‘zlashib, ularga m oddiy yordam
berishni va’da qildi.
Kechga yaqin saroydan kishi kelib, podshoh
yo‘qlaganini bildirdi.
Uchlari g‘urub2 alangasi bilan oltinlangan sarvzor-
lar orasida shoir va Pahlavon, bog‘ning kechki latofa-
tini tom osha qilib, asta, jim borishar edi.
Chiroyli qafaslarda qumrilar mungli-mungli huhu-
lar, erkin qushlar daraxtlam ing quyuq yashili ichidan
jonli naylarini tinlikka quyardi. Katta hovuzlardagi
suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o ‘ynashadi,
goh ko ‘lankalar yonib ketadi, goh s h u ’lalarni
ko‘lankalar yutadi. Qirg‘oqdagi baxmal gullar, o ‘z
husnlarini yaxshi tom osha qilmoqchiday, k o ‘rkam,
sergul novdalarini hovuz oynasiga egganlar. Bog‘i
Jahon oro — shoirlar she’rlarda tarannum etgan
go‘zal bog‘!
: H iro td a b ir m avze.
K un botishi.
215
U lar bosh qasming oldidagi katta gulzorga yetgan
vaqtda uzoqdan, bog‘ning narigi burchidan bir gala
kabutarlar havoga ko‘tarildi. Navoiy to ‘xtab, Pah-
lavonga tabassum qildi: Ajab mashg'ulot: M uham m ad
Said qudratli qo‘llarini beliga qo ‘yib, baquw at kallasi-
ni orqaga bir oz tashlab, ko ‘kka qaradida, kuldi:
«Tarki odat amri mahol, deydilar-ku». Bir nafasda
birin-ketin yana to ‘rt gala havoga parvoz qildi. H ar
galada yuzlarcha kabutar... K un bo‘yi qamoqda yotib,
dilgir bo ‘lgan o ‘yinchi qushlar samoning bepoyon sah-
nida sho‘x-sho‘x raqs eta boshladilar.
Podshoh hozir kabutarbozlik bilan m ashg‘ul
b o ‘lgani uchun ular katta xiyobon ichiga kirib, asta
kezisharkan, qarshi yoqdan Badiuzzamon to ‘rt-besh
yashar o ‘g‘li M o‘m in M irzoni yetaklab chiqib keldi.
H ar vaqtdagi kabi nozik kiyingan, chiroyli, xushmuo-
m ala Badiuzzamon o ‘g‘lining qo‘lini qo‘yib yuborib,
Navoiyga ta ’zim qildi. Pahlavonga ham iltifot ko‘rsat-
di. Navoiy, yosh, otasidek yaxshi kiyingan, chiroyli,
tuyg‘un ko‘zli M o‘m in M irzoning boshini siladi va
go‘daklarga yoqadigan ohangda u bilan u-bu to ‘g‘risi-
da so‘zlam oqqa kirishdi. Keyin Badiuzamonning
kayfi, mashg‘uloti haqida so‘radi. Xiyobonda asta
yurishdi. M o‘min Mirzo guldor etigi bilan oldinda
pildirab chopardi. M ana, u ko ‘k shohi to ‘ni ustidan
yelkasiga osilgan o ‘yinchoq kumush yoyni osongina
chiqardi. Bobosining dam pastlanib, dam balandlanib,
yuksak daraxtlaming uchlariga bir zum qo ‘nib, yana
samoga keskin qanot qoqqan kabutarlariga yoyni mer-
ganlarcha tortib o'qtaldi. Kattalar ko‘z uchlari bilan
bir-birlariga bir lahza boqib, m a ’nodor iljayishdi.
— Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, — dedi
Navoiyga Badiuzzam on.— Iltifotingiz uchun tashak-
kur. Sizning ash’oringiz va Jom iy hazratlarining asar
ían mutolaasidan ko‘nglimiz safoga to ‘ldi.
— Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, —
dedi Navoiy qiziqib. — Ammo yolg‘iz ash’or o ‘qimoq
kifoya qilmas. Tarix! Tarixlami ko‘zdan kechirmadin-
gizmi?
216
— Ko'ngil ash’orga ko'proq moyil b o ‘ldi. Fursat
b o ‘lsa, tarixni ham boshlag‘um dir,— javob berdi Ba-
diuzzamon.
— M en sizga tarixga oid kitoblam i qasddan ko‘p
yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz pod-
shoh hazratlariga ham ham m a vaqt tarix o ‘qimoqni
tavsiya qilamen. Davlatning butun m as’uliyati sizlar-
ning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlar-
ning tadbir va harakatingizga bog‘liqdir. Shuning
uchun siz tarix oynasiga qarab turm og‘ingiz kerak.
Qaysi davrlarda qaysi sabablar bilan yurtlar obod
b o ‘lgan, ellar shod-xurramlik ko'rgan ham qaysi
zamonlarda va ne sabablardan m am lakatlar halok
b o ‘lgan — bulam i o ‘rganmoq darkor. Aql va adolat-
ning yorug1 kunduzini, zulm va jaholatning qora tuni-
ni hech bir ilm tarix kabi ravshan ko ‘rsata olmagan.
Ulug‘ bobongiz Tem urxon tarixni shunday yaxshi
bilur ekanlarki, u zam onning ibn X oldun kabi eng
peshqadam m u arrix lari'n i hayratda qoldirganlari
to ‘g‘risida m a’lum otlar bor.
Um um an, ilm lam ing, xususan tarixning foydasi
haqida yoshlikdan boshlab Navoiyning nasihatlarini
ko ‘p m arta eshitgan Badiuzzamon diqqat bilan tingla-
di, tarixga qiziqishini nazokat bilan so‘zladi. Pahlavon
M uham m ad Said Tem um ing olimlar bilan b a’zi masa-
lalarda tortishganligi to ‘g‘risida latifa yo‘sunli bir-ikki
qiziq voqeani aytdi.
Havoda so‘ng shu’lalar so‘nar, ko‘lkalar quyuq-
lasharkan, ular qasrga kirishdi. Katta zalda beklar,
vazirlar ham o ‘zga ulug‘ mansabdorlardan iborat qalin
guruh o ‘tirar edi. Badiuzzamon o ‘g‘li bilan yuqoriga
o ‘tib, podshohga xos o ‘rinning o ‘ng yog‘ida o ‘tirdi.
Navoiy quyiroqqa, M uham m ad Said bilan yon-yonga
tiz ch o ‘kdi. Bu yerda, aftida ham m ani o‘z og‘ziga
qaratgan parvonachi Majididdin endi birdan sukut
etmoqqa majbur b o ‘ldiki, bu hoi uning yuzida asabiy
bir notinchlik uyg‘otgan edi. Vazirona ulug‘vor, ser-
'T a rix c h ila r
217
savlat, serhasham va ayyor N izomulmulk buni payqa-
di. Bo‘yalganday qora, ko‘rkam soqoliga tabassum
yugurdi. U beklar o ‘rtasida va um um an saroy doirasi-
da ro ‘y beradigan fltnalam i miridan-sirigacha bilib
borar, hozircha har yo‘l bilan o ‘zini podshohga yaxshi
ko‘rsatishga va kurashuvchi guruhlardan eng kuchlisi-
ga tayanishga tirishar edi.
— Janoblari foydali so‘z boshlagan edilar, — dedi
u Majididdinga, o ‘zini g‘aflatga solib, — davom ettir-
salar, yaxshi bo‘lardi. Chunki Alisher Navoiy hazrat-
lariga ham aloqador so‘z edi.
B a’zi mansabdorlar, hojati yo‘q, deganday par-
vonachiga imo qilishdi. Amir M o‘g‘ulning qosh-
qovog‘i solindi, Nizomulmulkka yer ostidan o ‘qraydi.
Parvonachi esa Badiuzzamon huzurida bahs ochishni
istamas edi. Biroq, Nizom ulm ulkni o ‘zining ashaddiy
dushm anlaridan, deb bilganidan, uning so‘zi jizzaki
parvonachining qitiq patiga o ‘tkir nishtardek tegdi.
Titrog‘ini yashirolmasdan, Nizomulmulkka murojaat
etdi:
— Muzokaraga o ‘rin bormi? Masala har bir aqli
salim sohibiga g‘oyat ravshandir.
— Kaminaga aloqador so‘z bo‘lsa, eshitmoqni orzu
qilar edim, — dedi Navoiy sokin va jiddiy ham
so‘zlashga qistaganday parvonachiga tikildi.
M ajididdin o ‘ng‘aysizlandi. K o‘zlari taraddud bi
lan jovdiradi. Dimiqqanday yelpinib, darichaga moyil
bo ‘ldi. Keyin rangi o ‘chib, titrab gapirdi.
— Podshoh a ’zam hazratlarining davlatlari va
adolatlari soyasida navkarlarining maoshlari hech bir
davrda misli ko‘rinm agan darajada yuqori bo‘lishi
lozim edi.
Afsuski, ulaming shikoyat sadolari, kundan-kun
avjga minmoqdadir. Albatta, bu xususni sizning dono
ko‘zlaringiz bizdan ko‘ra ming qatla yaxshiroq ko‘ra
olur. Lekin adolat to ‘g‘risida gap k o ‘paygan bir
zam onda bechora navkarlar jab r k o ‘rm asinlar,
deymiz.
218
Navoiyning k o ‘zlari kinoyali m a’no bilan qisildi.
Tekis soqol va miyiqlari ham allaqanday istehzoli
tabassum bilan qimirlab ketdi.
— Davlat u chu n qo ‘shinning ne darajada kerakli
ekanini biz ham bilurmiz, — majhsga qarab gapirdi
Navoiy. — 0 ‘z q o ‘shiniga ota singari g‘am xo‘rlik qil-
magan har bir podshoh, garchi u qahram onlik may-
donida Rustam b o ‘lsin, oxirida pushaym on bo‘lur.
Shuning uch u n q o ‘shin ahvolidan d astaw al o ‘z
boshliqlari ham isha ogoh bo ‘lib, ulam i kerakli anjom
bilan ta ’min qilm oqlari zarurdir. A m m o, navkarlar
ham bu iltifotga yarashguday, davlatga sadoqatli
bo'lishlari shart. Afsus, ming afsuski, navkarlarning
aksari yashnagan ekinzorlam i qurituvchi chigirtkaga
aylanganlarki, bu qabih harakatlarga adolatli davlatda
aslo yo‘l qo‘yilmas.
— Xazinadan yetarlik oltin, kum ush olm agandan
keyin ulaming q o ‘llari noiloj el moliga uzatilur! —
yasama kuyunchaklik bilan dedi M ajididdin.
— El moliga uzatilgan qo‘llam i kesmoq kerak, —
q at’iy va keskin so‘zladi Navoiy. — Agar navkarlar,
amaldorlar chigirtkaga aylansalar, tez kunda el gadoy
to ‘rbasini bo‘yniga osur, bir misqol kumushsiz xazina-
da sichqonlar bazm qurur.
— Shikoyatlarga bir nav javob berm oq kerakmi,
yo‘qmi? — p o ‘ng‘illadi Amir M o‘g‘ul.
— «To‘qlik — sho‘xlik», degani bir gap bor, —
dedi Navoiy o ‘z haqiqatiga ishongan tovush bilan. —
Ba’zan ortiqcha to ‘qlik va bekorchilik yangi orzular,
havaslar tug‘dirur. Siz yigitlaringizga kengash bering-
ki, ular ifrot may ichmasinlar, aysh-ishratga ifrot
sho‘ng‘im asinlar. Xitoyi shohidan to ‘n kiymasa,
ko‘ngli ranjiydigan navkarlardan davlat ne xizmatni
umid qila olur? Yigitlarning vazifasi jang ishida maho-
rat kasb etm oq, halol va m ardona yashamoqdirki,
buni hanuz k o ‘rmadik.
Amir M ug‘ul qizarib, yerga qaradi. U ning lab-lunji
juda bem a’n i osilgan edi. M ajididdin oqarib ketdi,
uning o ‘siq qoshlari asabiy chimirildi. Navoiy gapir-
219
ganda, u Badiuzzamonga zimdan ko‘z yugurtirib,
shahzodaning yuzida shoirning fikrini m a’qullagan bir
m a ’no sezgan edi, bu narsa uning tilini kesdi. Oradagi
og‘ir jimlikni Valibek buzdi. U barcha beklar va askar
boshliqlari ichida vazifasiga sadoqatli, sodda ko‘ngilli-
gi bilan ayrilib turardi. U o ‘z yigitlariga yaxshi qarar,
ham isha ular bilan birga yashar, bir qozondan ovqat-
lanar edi. Badjahl, to ‘g‘ri so‘z Valibek, odati b o ‘yicha,
keskin va kuchanib gapirdi:
—
Otalarimiz to ‘g‘ri so‘zga jonlarini bag‘ishlar
ekanlar. Ne sababdandir, zam onamizda qadimning bu
xo‘b odatiga oz rioya qilurlar. Shuning singari, yigit-
larimiz ham qadimning shonli bahodirlaridan nam una
olm oqqa intilmaydilar. M ening nazarimda, Alisher
janoblari garchi arbobi jang'dan b o ‘lmasalar ham, bu
tom onni yaxshi mulohaza qilurlar — yigitlardan yigit-
lik talab eturlar. Alisher janoblarining tadbirlari orqasi-
da yigitlar hech nim adan muhtojlik sezmaydilar.
Shuning uchun bu to ‘g‘rida bo ‘lgan mubohasalarning
asli sababiga, to ‘g‘risi, fahmim yetmay qoldi.
Valibekdan keyin vazir X o‘ja Afzal so‘zlab, Maji-
diddinni uzib-uzib oldi. Parvonachi endi tilyog‘lama-
likka ko‘chdi. U qo ‘lini ko‘ksiga qo ‘yib, Alisher
Navoiyning bu sohadagi g ‘ayrat va him m ati yana ham
samaraliroq bo ‘lmog‘ini orzu qilganligi haqida gapirdi.
Yangi tayinlangan eshik og‘asi Boboali podshoh-
ning kelayotganini ishorat etgach, ham m a o ‘rnidan
turdi. Husayn Boyqaro dadil va m ag‘rur yurib kirib,
to ‘rdagi qalin zarbof to ‘shaklarga o ‘tirdi. Uning
orqasidan bir necha beklari va xos yigitlari bilan o ‘n
ikki yashar shahzoda — suyukli o ‘g‘il M uzaffar Mirzo
lalayibgina kirdi-da, otasining so‘l yog‘ida o ‘tirdi. Shu
asnoda diqqat bilan qaragan kishi Badiuzzamonning
yuzida allaqanday hisning ko‘lkasi bir zumgina jil-
valanganini seza olar edi. Husayn Boyqaro — shi-
rakayf. Beklarga odatdagicha iltifot etdi. Ammo Ali
sher Navoiy bilan muomalasi iliq, samimiy b o ‘ldi.
H a rb iy kishilar.
220
Shoiming rasmiy vazifalari haqidagina emas, xususiy
ishlari to ‘g‘risida ham so‘zlashdi. M ajididdin bilan
Amir M o‘g ‘ulning ko‘zlari m a’nodor uchrashishdi.
Nizomulmulk donishm andlarcha bir tu r va savlat bi
lan yo‘talib qo ‘ydi. Navoiyga ko‘rsatilgan iltifot b a’zi
beklarga ham podshohning bir ko‘p muqarriblari'gada
yoqinqiramagan edi. Saroy ahlining, mansabdorlar-
ning ruhini chuqur sinagan Navoiy ancha siqildi.
Husayn Boyqaro nabirasi M o‘min M irzoni tizzasi-
ga oldi. Peshonasidan yengilgina o ‘pdi. Bolaning
m o ‘’jaz kumush yoyini, belida kamarga taqilgan o ‘yin-
choq xanjarchasini tom osha qildi, uni so‘zga solishga
tirishdi. Bola yana otasi Badiuzzamon oldiga kelib,
aqlli ko‘zlarini majlisga jovdiratib, jim o ‘tirdi.
Husayn Boyqaro M uham m ad Said Pahlavondan
kelajakdagi katta kurashlarga tayyorlik to ‘g‘risida
so‘radi. Chet o ‘lkalardan keluvchi pahlavonlar oldida
yuzi shuvit b o ‘lmaslik uchun H irot zo‘rlarini hozirdan
boshlab m ashq qildirish kerakligini ta ’kidladi. Mast
qilingan fil bilan kurashgan M olon pahlavonning ajo-
yib quw atini majlisdagilarga shavq bilan ta ’riflab
berdi. Keyin H irotga kelayotgan misrlik m ashhur
kimyogami qanday kutib olish kerakligi haqida ba’zi
kishilarga kengash berdi, misdan oltin yasamoq mum-
kinligiga ishonganini, kimyogar olimning sirli tajri-
balarini o ‘zi m ushohada qilajagini so‘zladi. Bu mavzu
ustida odamlar bir-birlari bilan qiziqib muzokara
qildilar. Nihoyat, Husayn Boyqaro o ‘z kutubxonasi-
ning boshlig‘ini — dorug‘ayi icutubxonai hum oyunni
talab qilib, yangi kitoblarni keltirishni buyurdi.
Kutubxona boshlig‘i Darveshali dasta-dasta kitoblarni
qo ‘ltiqlab keltirib, uning yoniga taxladi. Husayn
Boyqaro kunduzi bir marta ko‘zdan kechirgan kitob
larni bir-bir olib, majlisdagilarga uzatdi. Turli qalinlik-
da, bir-biridan go‘zal, nafis kitoblarda m ashhaddan
kelgan m ashhur xattot Sultonali, rassom Behzod,
muqova ustasi — mavlono Sheralining m o ‘’jizali
1 P o d shohga y aqin o d a m la r, uning ham su h b atlari.
221
san ’ati ajoyib, porloq, juda nodir ravishda tajassum-
langan edi. Oltin va kumush m o‘l ishlatilgan bu kitob-
lam ing har bir sahifasi har qancha oltinga arzir edi.
Bular uch m o‘’jiza — muqovachi, rassom va xattot
san’atining m o ‘’jizalaridan birikkan ajoyib, nodir ijod
asarlari edi. G o ‘zal kitoblam i ko‘p ko‘rgan va o ‘zi
ham qim m atbaho asarlar xazinasiga ega b o ‘lgan
Navoiy bu mukammal san’at qarshisida hayratda
qoldi. 0 ‘zi tarbiya qilgan san’atkorlarning bu daraja
m ahorat kasb etganiga yig‘lagunday ichdan suyundi.
H atto ingichka san’atlarga qiziqsinmagan, ularga chi-
royli, lekin keraksiz bezak, deb qaragan b a’zi jang
arboblari ham chuqur qiziqsinish bilan tomosha
qildilar. M ayin sahifalami dag‘al barmoqlari bilan
ju d a avaylab varaqladilar. H am m a Behzod va
Sultonalining hayoti va shaxsiyatlari bilan qiziqa bosh-
ladi. M uzaffar Mirzoning beklari va o'ktam yigitlari
bilan birga kelib, hali kabutarxona oldida podshohga
ilk m arta ko ‘rinish bergan T o ‘g‘onbek hozir ulug‘lar
qatorida majlisda chordona qurgan edi. U ham bir
kitobga uzoqdan ko‘z tashlab, gapirib qo‘ydi: «Qo‘ling
dard ko'rm agur, obdon g‘alati ish yasabdi!»
Kitoblar ko‘rikdan o ‘tgach, Husayn Boyqaro ahli
majlisni ziyofatga taklif etdi.
Bog‘ o ‘rtasida, yozlik o ‘ltirishlar u ch u n xos
b o ‘lgan, atrofi ochiq ko‘shkda katta ziyofat boshlandi.
Taomlari, sharoblari, cholg‘uchilari, hofizlari, raqqos-
lari va suron-hangomalari bilan bu bazm odatdagidan
ko ‘p farq qilar edi. M ana, she’r aytuv boshlandi. Shoir
q o ‘lga qadahni olib, majlis o ‘rtasida shu onda yangi
narsa to ‘qishi kerak. Ilhom ining kuchiga yarasha
taqdirlanadi. Yo dahshatli sukutdan o ‘tira qoladi yoki
olqishlarga sazovor b o ‘lib, ko‘ksi qabaradi. M ana, kut-
magan vaqtda, M uham m ad Said o ‘rnidan turishga
majbur. U xiyla mast. Uning gavdasi oldida har qan-
day dovyigit, azamat eman og‘ochining yonida o ‘sgan
kichkina daraxtday, ko‘rimsiz bo ‘lib qolardi. Hovzi
M ohiyonning katta m aydonida yetti iqlim ning
pahlavonlari bilan kurash tushib, orqasi yerga tegma-
222
gan va ajoyib iste’dodli bu odam bir on qizarib, tarad-
dudlandi-da, alanga bilan to ‘lgandek yongan qadahni
qudratli qo‘lida baland ko‘tarib, podshoh tom onga
qaradi va jimlikda ovozi kuchli gurulladi:
Dostları ilə paylaş: |