Asr oshgan asarlar


Guftamash dar olami ishqi tu kori man g ‘am ast



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Guftamash dar olami ishqi tu kori man g ‘am ast,
Guft: xandon zeri lab g ‘am nest— kori olam ast.'
Pahlavon qadahni sipqirarkan, majlis ahli suron 
bilan uni tabrikladi. Birdan suron tindi. Husayn 
Boyqaro gapirdi:
— Pahlavoni olamga ming oltin in ’om qildik. 
Buyuring, qo‘limiz sizga intizor!
M uham m ad Said podshohning q o ‘lidan qadahni 
olib, uning sog‘lig‘iga ichdi. 0 ‘ltirish yana xush- 
chaqchaq davom etdi. Navoiy o ‘z do ‘sti M uham m ad 
Saidga yonidan jo y berib, uning g‘alabasini qizg‘in 
tabrikladi.
Bazm avjiga m inib, mast qiyqiriqlar kuchayganda, 
Navoiy charchaganlikni bahona qilib, majlisni tark 
etdi. Eshikda kutgan ikki navkari bilan uyga jo'nadi.
Yorug‘ oydin, shamolsiz iliq kecha. H irot uxlaydi. 
U nda-m unda m ast qiyqiriqlar va posbonlarning yarim- 
ta-yurimta ovozlari eshitilib qoladi, unda-m unda hov- 
lilardan jafokash ayôllaming chig‘iriq va charxlarining 
yaknasaq sadolari tungi jimjitlikda mung bilan uchadi. 
Tom lari, devorlari xarob, qing‘ir, o ‘nqir-cho‘nqir ko ‘- 
chaga — hunarm andlar mahallasiga qayrilish bilan 
oldinroqda ketayotgan Navoiyning oti quloqlarini 
chimirib, chetlanib tislandi, o ‘n qadam cha narida 
uzala tushib, odam gavdasi tuproqqa qorishib yotar 
edi. N avkarlardan biri chaqqonlik bilan otdan yerga 
tushdi, jilovni sherigiga tutqizdi-da, gavda ustiga egilib 
qaradi.
— Pichoqlanibdi. Voy-bo‘y, ham m a yog‘i qon, — 
dedi navkar.
Navoiy otdan tushmakka harakat qilarkan, navkar 
uni to ‘xtatdi:
1 M a ’ n o s i : M e n unga: sening ishqing o lam id a m en in g ish im g 'a m d a n ibo- 
ra td ir, d e d im . U esa m iy ig 'id a kulib: g 'a m em as, o la m ishidir, dedi.
223


— Behuda ovora b o ‘lmangiz, taqsir. Jon asari yo‘q,
— gavdani avaylab chetga surib, davom etdi so‘zida 
navkar. — Taniyman bu bechorani...
— Kim? — so‘radi Navoiy hayajonlanib.
— M ir Halim b o ‘zchining qizi. Ajab xushro‘y 
edi, — javob berdi achinib navkar.
— Bulbulday ovozi bor edi, cholg‘uda ham mo- 
h ir,— boshini tebratib dedi ikkinchi navkar.
Navoiy devor ostida tuproqqa cho‘zilgan jasaddan 
k o ‘zlarini uzmay, xo'rsinib so‘radi:
— Bu fojia kimdan ro ‘y berishini ehtimol qilursiz?
Navkar barmoqlariga tekkan qonni oydinda xira
yiltiragan devorga surtdi-da, xo‘rsinib javob berdi:
— H irotning bir necha bekzodalari ham b a ’zi 
am aldorlar bu qizga go‘yo oshiq edilar, talashar edilar. 
A m m o, bilishimcha, qiz pokiza edi. 0 ‘ylaymanki, 
biriga ko‘ngli b o ‘lsa, boshqalari gina saqlagan. Oxirda, 
m ana, raqiblar qo'lida qurbon b o ‘lgan.
— H irotda yom onlar ko ‘p, taqsir,— jasaddan ko‘zi- 
ni uzmay gapirdi otdagi navkar.— H usndor qizlarga 
tinchlik bermaydilar.
— Ne uchun bu to ‘g‘rida hech nima aytmading- 
lar?— dedi Navoiy o ‘qrayib.
Shoim ing tovushi shunday qahrli ediki, navkarlar 
q o ‘rqqanlaridan duduqlanib qoldilar. Navoiy ulam ing 
poyma-poy javobining oxirini kutmay, q at’iy buyurdi:
— Sizlar bu yerda qolinglar. Biringiz bu sho‘rlik- 
n ing ota-onasiga yotig‘i bilan xabar qilinglar, durust- 
m i? Dardli tovush bilan, lekin qat’iy buyurdi N a­
voiy.— Keyin yuzboshiga aytib, jinoyatkorlam i to- 
pinglar va to ‘g‘ri zindonga tashlanglar. Erta bilan siz- 
d a n batafsil so‘raymen...
Navoiy otni sekin haydab ketdi.
X o‘jasini kutib o ‘tirgan sodiq mulozim Shayx 
B ahlul ot dukurini eshitishi bilan sham yoqdi. 
K o ‘shkda, pastak xontaxta oldida joy hozirladi. 
N avoiy juda g ‘amgin, ezilgan ko'rinardi. Shayx Bahlul 
bir og‘iz so‘z aytishga botinm ay, jim gina chiqib ketdi.
Navoiy ustki to ‘nni yechdi, sallani qoziqqa iiib,
224


yengil taqya kiydi-da, ochiq darichaga yaqin, sham 
oldida o‘tirdi. D arichadan bog‘chaga qaradi. Y o‘lda 
qo‘qqisdan uchragan hodisa uning ko‘nglini bulutday 
qoplagan edi. Bu m anzarani xotirdan silishga tirishdi.
Oyning katta oltin gardishi daraxtlar orasidan unga 
tom on yumalanganday... Adl sarvlaming nozanin 
qom atlaridan nu r mavjlanib oqardi. G ullarning 
ko‘rkam tojlari shunday yashnagan ediki, hatto ular- 
ning yerga tushgan soyalari ham jonliday sehrli, go‘zal 
tuyulardi. Bu tanho go‘zal kecha, haligi qonli ro ‘yo 
shoiming fikrida uzoq, eski bir xotirani jonlantirdi. 
Yuragining to qa’rida bir hasrat olovlanib, butun fikri- 
ni, butun borlig‘ini kuydirib qovjiratganday b o ‘ldi. 
Shunday latif bir kechada, kichkina, lekin parilar 
maskaniday xayoliy go‘zallik, tinlik bilan to ‘la bir 
bog‘chada husnning, odob va aqlning, nozning, eng 
shoirona hislaming m ukam m al tajassumi, timsoli 
b o ‘lgan bir qiz bilan birga kechirilgan, faqat yashin 
kabi yonib, abadiyatning q o ‘yniga singgan daqiqalar... 
U qizning nayday mayin ovozi, lablaming qizil, toza 
g‘unchasi bag‘ishlagan bo‘salar... Qani u dilbar? Q ani 
u, she’m ing, ilhomning tuganmas nur-chashmasi? 
H ayhot, uni qaydan topsin! Quyundek sahrolarda 
yugursin, sarv oyining bulutlaridek o ‘kirib, k o ‘z yosh- 
laridan sellar oqizsin — uning iziga yetishmas. U ning 
izlariga shoir yana bir qatla ko ‘zlarini sursa edi, 
ko‘zlarida butun um r nash’a yonardi. Yo‘q, u gulni 
rahmsiz qo‘llar uzgan. Koshki shoiming hayoti uzilsa 
edi! Uning izlari bu dunyodan o ‘chgan. Abadiyan alvi- 
do, sevgi! Buyuk sirga, afsonaga aylangan m uhabbat, 
alvido!
Bulbul yangradi. U, go‘yo bir shoxini daricha 
tepasidan yotiq ch o ‘zib, barglari, novdalari bilan 
darichaga tabiiy bezak b o ‘lib tushgan bir daraxtda 
sayragandek tuyuldi. Navoiy o ‘zini yo‘qotgan kabi, 
uzoq vaqt dard bilan jim , sokin o ‘tirdi. So‘ng og‘ir 
so‘lish oldi. Bir tom onga qiyshaygan shamni to ‘g‘rila- 
di. Xontaxta ustidagi qog‘ozlam i xomush varaqladi. 
So‘nggi sahifaga ko ‘z tashladi: Farhod tog‘ qazishda!
8 -4 7 3 3
225


Oltin davot ichidan qalamni oldi. Siyohga ozgina suv 
tomizdi. Qalam erkin va dadil yurdi. Farhodning qo- 
yalam i o ‘pirgan afsonaviy teshasi kabi, flkr toshlarini 
yaxlit kesib, misralarga joylab-qalab ketdi. Xayol 
shoim i o ‘z qanotlarida ertaklar olamiga uchirdi. 
0 ‘zini unutib yozdi, dardga to ‘Iib-toshib yozdi. M ana, 
Farhodning «Nahr ul-hayot»i' bitdi. Ertaga Farhod 
suv quyadi. G o ‘zal o ‘rtoqlari bilan Shirin tomoshaga 
keladi. M inglarcha xalq karnay-sumay yangratib, tan- 
tana va suron bilan guvillab oqqan suv b o ‘ylab ajoyib 
bayram yasaydi. Bu manzara — hayot g‘alabasi 
shoirni yengillatdi. Uning yuzida, soqollarida dono 
tabassum yugurdi. Shamni o ‘chirganda, atrof oqarib, 
havoda tong shabadasi g‘irillar edi.
n
Bazmchilar may va raqs girdobiga raso sho‘ng‘igan 
paytda M ajididdin Amir M o‘g‘ulni, T o‘g‘onbekni, 
X o‘ja Abdullo Xatib, mavlono Shahobiddin va boshqa 
hamfikrlarini imlab, Bog‘i Jahon orodagi b o ‘sh xo- 
nalardan biriga olib keldi. H am m aning kayfi taraq 
b o ‘lsa ham , M ajididdin hushyor edi. U sirli tovush bi­
lan gapirib, ham m ani gilamga o ‘tqazdi, eshiklami 
berkitdi. Bu yerga qanday maqsad bilan yig‘ilganlik- 
larini payqagach, odam lar es-hushlarini yig‘ishga 
tirishdilar.
— Alisherga podshoh hazratlari ne yo‘sinda muo- 
m ala qildilar! Yuragim qin id an chiqayozdi, — 
g‘o ‘ldiradi Amir M o‘g‘ul mastlarcha chayqalib.
— Endi bildimki, podshohga so‘z uqtirish imkon- 
siz ekan. Shuncha shikoyatlarimiz yelga uchdi... — 
dedi norozi bir barios begi, qo ‘li bilan peshonasini 
siqib tebranib.
— M odomiki, biz ulug‘ vazifani o ‘z oldimizga 
qo‘yibmiz, uni ijro qilmoq xususida oramizda ahdu 
paymon bor, ishni oxiriga yetkazmoqligimiz shart, — 
dedi M ajididdin va irodasiga qarshi ovozini balandla-
1 H ayot daryosi.
226


tib, davom etdi. — Podshohga sadoqatimiz barcha 
olamga ayon. Binobarin, hech qanday taraddudga 
o ‘rin qolmaydi. Biz shu zam ongacha podshohning 
qulog‘iga ju z ’iy shikoyatlami yetkazdik. Lekin e ’tibor 
qilmadilar. H ar holda, bizning so‘zlarim izni unutm a- 
gan b o ‘lsalar kerak, deb o ‘ylaymiz. C hunki xoqonimiz 
aksar ishlarda uzoq mulohazalarga borib, g‘oyat pin- 
hon tadbirlar ko‘radilar. Endi aslo noum id b o ‘lmay, 
yana jasurlik bilan tadbirlar ko‘rm oq kerak.
— T o ‘g‘ri, — dakkam-dukkam m o ‘ylabini burab 
dedi T o ‘g‘onbek, — dushmanning q o ‘rg‘oni juda 
metin ekan. U ni o ‘piradigan choralar ko ‘rilishi kerak.
M avlono Shahobiddin «Balli!” deb uning yelkasini 
silab q o ‘ydi. Amir M o‘g‘ul qo ‘llari bilan ham m aga 
ishorat qildi. Qalin lablarini osiltirib, bir nafas jim
qoldi, keyin taklifini unutgan kabi, so‘z topolm asdan 
qiynaldi-da, duduqlanib, M ajididdinga m urojaat etdi:
— So‘zlang, ne... ne...
— Ahdimiz ipini qilich ham kesolmaydi. Davlat- 
ning ravnaqi bizning qihchimizga bog‘liq, — o ‘zicha 
valdiradi bir bek.
— Sizlar zam onning Subutoy1 bahodirlarisiz. 
Davlat sizlaming qo ‘lingizda b o ‘lishi kerak, — qutur- 
tirdi X o‘ja Abdullo Xatib.
M ajididdin so‘zni qisqa qilishga urindi.
— M odomiki, yakdil bo ‘lm oqqa hammalaringiz 
rozidirsiz, mening bu mulohazamga qanday ra’yi 
bildirursizlar?
— Aytingiz, — dedi saroyning ichki mansabdorla- 
ridan fitnachi bir chol.
— Xoqonimizga imzosiz bir maktub yozsak... 
Alisher va uning odamlari haqida jamiki muloha- 
zalarimizni bayon qilsak...
— Aslo e’tiroz qilmasmiz, xo‘b fikr bu, — birdan 
qichqirib yubordi Amir M o‘g ‘ul.
B a’zilar maktubni podshohga topshirm oq qiyin 
bo ‘ladi, deb ikkilanishgan edi M ajididdin qat’iy ishon- 
tirib, dedi:
1 C h in g izx o n n in g u lu g ‘ ask arb o sh ilarid an b in .
227


— 
Saroyda bizning shunday q o ‘llarimiz mavjudki, 
ular m aktubni podshohning muborak ko‘zlariga eltib 
tururlar, amm o o ‘zlari pinhon qolurlar. Bu g‘oyat 
oson. Birodarlarim, bu vazifani kaminaga topshirsan- 
gizlar, inshoollo, ado qilurmen.
H ech kirn e ’tiroz qilmadi. M aktubning ayrim nuq- 
talari haqida ba’zilar o ‘z fikrlarini bildirdilar, keyin 
tashqari chiqib, bog‘ning turli yoqlaridan yurib birin- 
sirin bazmga ketdilar. Majididdin yolg‘iz qoldi, eshik- 
lam i berkitdi, sham oldida terlab-pishib maktub yoz- 
moqqa boshladi.
Ill
Yarim kechada Husayn Boyqaro haramga kirdi... 
H irotning yetukli oilalaridan bo‘lib, sultonga taqdim 
etilgan go‘zal qiz bilan birga kechani o ‘tkazdi. Qiyom 
pallada boshi shishib, o 'm id an turdi. Uning yolg‘iz 
o ‘ziga xos ham m om chada epchil xodim uni yuvintir- 
di, xodimlik hunarining butun qoidalariga muvofiq, 
badanini obdon uqalab, keyin qunt bilan kiyintirdi. 
Husayn Boyqaro yengillanib, koshonaga kirdi. Maxsus 
satanglar yuvintirib, tarantirib, sho‘x xitoyi shohilarga 
chulg‘agan uzun bo‘yli, xipcha belli, ingichka, qayril- 
ma qoshlarini kuydirilgan bodom bilan o ‘xshatib beza- 
gan, qirg‘iz qovoq, go‘zal xonim bilan nonushta qildi. 
Yangi m uhitda, begona odamlar orasida, n o m a’lum 
taqdim ing sharpasidan ichki bir qo ‘rquv, vahim, 
ko'ngil g ‘ashligi sezib, kechani essiz-hushsiz o ‘tkazgan 
yosh ayol, saroy xonimlarining kutuvi, tashviqi bilan 
endi unga, soxta bo‘lsa-da, noz-ishva, nazokat bilan 
m uom ala etishga tirishardi. Husayn Boyqaroga uning 
suzik k o ‘zlari, qirra, adil, xushbichim bum i, harakat- 
laridagi tabiiy nafislik yoqqan edi. Oqshom yana u 
bilan birga b o ‘lish to ‘g ‘risida bir qancha shirin so‘z 
aytib, tashqari chiqarkan, dahlizda uni G ulchehrabibi 
ikki bukilib, qarshi oldi. Tishi tushgan, sochi oqargan 
b o ‘lsa-da, ko ‘ksiga bir shoda m aijon osgan bu eski 
satang kam pir tu n d a podshoh yosh go ‘zalning 
qo ‘yniga kirguncha, har nav tayyorliklar ko‘rib, so‘ng
228


mijja qoqmay, hukm dom ing ehtim ol tutilgan amriga 
hozir-nozir b o ‘lib, egasini qo‘riqlagan aqlli it kabi, 
eshikdan siljimagan edi. Husayn Boyqaro to ‘xtadi, 
kampirga iljayib, kissasiga qo‘l tiqdi. Bir siqim oltin 
tanga olarkan, bir qog‘oz ham ilashib chiqdi. Pulni 
kampirning ochko‘z kaftiga to ‘kdi.
— Xizmating maqtovga loyiq, ena.
— Bu xokisor c h o ‘ringizning yagona orzusi, — 
dedi kam pir pulni yeng ichiga jaranglatib to ‘kib, — 
o‘z podshohining k o ‘nglini ochuvchi toza gullar 
izlamoqdir.
Husayn Boyqaro Bog‘i Jahon oroning salqin yo‘l- 
larida keta turib, ipakday mayin, yupqa qog‘ozni 
yoydi. Boshlang‘ich besh-o‘n satriga ko‘z yugurtib, bir- 
dan to ‘xtadi. Qovog‘ini solib, atrofga nazar tashladi. 
Yigirma qadam narida daraxtlar orasida o ‘zining 
doimiy qo‘riqchilari B o'dana bilan D o ‘lananing ba- 
haybat gavdalarini ko‘rdi. Yana bir necha satr o ‘qib, 
rangi oqardi; qog‘ozni qaytadan buklab, ildam yurib 
ketdi. 0 ‘zining taxti turgan tillakori xonaga emas, 
unga yopishgan, devorlari chinni, kichik xonaga kirdi. 
Qalin to ‘shak ustida nom ani oxirigacha o ‘qidi: titrak 
q o ‘llari bilan qog‘ozni g‘ijimlab, kissasiga soldi: 
«Mening haqim da Alisherdek odam shunday bad- 
niyat va badxohish b o ‘lsin! — o'yladi labini tishlab 
u .— Bu qadar noshinosliq'qa odam zod chidagaymi? 
M en zolim, men bir guruh telba mastlar orasi-da gum- 
roh tojdor, el-ulusni talovchi badkirdor emishmen... 
Yaxshi gap! M ening o ‘mimga Badiuzzamonni taxtga 
o ‘tqizar emish, k o ‘ramiz! M en hali o ‘z tojdavlatimni 
hech bir o ‘g ‘limga berm oq istamaymen. N ahotki, 
buni Alisher anglamasin? M en shu vaqtgacha ko‘p 
yaqinlarim dan Alisher xususida shikoyatlar eshitgan 
edimki, ular buning oldida daryodan tom chi ekan; 
biroq bu xatni uning dushmanlari yozgan, albatta; 
binobarin, mubolag‘adan aslo xoli emas. Lekin qaysi 
yo‘l bilan bu imzosiz nom a mening kissamga tushdi?
1 Y axshilikning qadriga yetm aslik.
229


Ajab! — hayrat bilan boshini tebratdi podshoh. — 
Buni ulug'lar qalamga oigan va kichiklar Kamak 
Kayyoniy1 mahorati bilan ichimga kirganlar... Bu 
yom on emas, albatta: bu harakatda ulug‘lam ing ham, 
kichiklam ing ham menga sadoqatlaridan nishona 
bor...» Husayn Boyqaro katta, yumshoq yostiqqa yon- 
boshlab, tinkasi quriganday, ancha vaqtgacha asabiy- 
lanib o ‘yladi. Keyin mudrab ketdi. Nomadagi ayrim 
jum lalar boshini parmaladi. Birdan ko‘zlarini ochib, 
guldor darichani tiqirlatdi. Bir zumda eshik og‘asi 
Boboali hozir bo‘lib, podshohga ta ’zim qildi.
— M irqobil otliqni tanurmusiz?
— Albatta, tanurm en... — javob berdi Boboali.
— Bukun ko'rinm adim i?
— Saboh2 darvoza yonida ko‘rgan edim.
U ni ildam topib, bizga yuboring.
— Boshim bilan.
K o ‘p o ‘tm asdan, eshikni asta itarib, oyoq uchida 
M irqobil kirdi. U uzun, oriq, o ‘ynoqi ko'zli, ko‘ri- 
nishida o ‘z soyasidan hurkadigandek yigit edi. U yer- 
gacha egilib, qo‘li ko‘ksida, tikka qotdi. Husayn 
Boyqaro unga qaramasdan, dedi:
— Sen shu damgacha kimning soyasi b o ‘lsang, 
undan kechursen.
— K echurm en, — ta ’zim qildi Mirqobil.
— Shu daqiqadan e ’tiboran sen Alisher Navoiyga 
ham qadam bo'lursen! — davom etdi Husayn Boyqaro 
o'shshayib. — Alisherning uyida hech bir majlis, hech 
bir ziyofat sensiz o ‘tmasin. Alisher o ‘z do ‘stlari, 
m ehm onlari, yaqinlari orasida ne so‘zlasa, fikringga jo 
qilursen va barchasini menga yetkuzib turursen. Bilki, 
joning m ening qo ‘limdadir!
— Bu faqir qulbachchangiz farmoningizni sidqi dil 
bilan ijro qilur va bir og‘iz so‘zni faromush qilmasdan, 
sizning m uborak xotiringizga yetkazur, — dedi 
Mirqobil titrak tovush bilan.
— X o ‘p, jo ‘na endi! — q o ‘lini silkidi podshoh.
‘A fsonaviy g 'o y a t m o h ir josus.
:Erta bilan.
230


Navoiy erta bilan ozgina qaym oq yeb, odatdagi- 
cha, Binafshabog‘ga chiqdi-da, bahavo supada o ‘tirdi. 
Q adrdon m ulozim laridan Sohib D oro dasta-dasta 
m aktublam i olib keldi. Shoir qog‘ozlam i birin-ketin 
ochib, diqqat bilan o ‘qishga boshladi. Xatlam ing ko‘pi 
uzoq shaharlardan, mam lakatlardan tog‘u ch o ‘llar, 
daryolar oshib kelgan edi. Tanish va notanish olimlar, 
shoirlar va she’r havaskorlari unga o ‘z hurm at, 
muhabbatlarini g‘oyibona izhor etib, uning yangi asar- 
lariga m ushtoq ekanliklarini bildirar edilar. Navoiy 
eng yaxshi kotiblarga buyurib, g‘azallardan m um kin 
qadar ko ‘proq kitoblar tuzishni Sohib D o ro d an
o ‘tindi. Keyin shoir qalam ni q o ‘lga olib, «Farhod va 
Shirin»ga berildi. Lekin endi bir betgina yozganda, 
binokorlar, naqqoshlar va sangtaroshlar kelib, atrofini 
qurshab olishdi. U lar madrasa, xonaqoh, ham m om va 
boshqa inshootlar to‘g‘risida shoir bilan kengashmoq- 
qa oshiqardilar. Navoiy binolar uchun lozim b o ‘lgan 
m arm ar va ranglaming miqdori va sifati, eshiklaming 
shakli, peshtoqlarga yozilgusi bitiklar haqida qunt 
bilan uzoq suhbatlashdi. Ustalar, san’atkorlar yo‘l- 
yo‘riq olib, m am nun holda jo ‘nagach, betini chang 
bosgan, ko ‘zlari qovjiroq horg‘in navkar keldi.
— X o‘sh, tungi voqeani tahqiq qildingizmi? Nega 
bu qadar kechikdingiz? — so‘radi Navoiy navkam i 
yoniga o ‘tqazib.
— Taqsir, bir nafas orom olmadik. Yeldik, yugur- 
dik. — Qurigan lablarini yalab, oftobda kuyib qoray- 
gan jiddiy yuzidan terlarini artib gapirdi navkar. — 
N ihoyat, ishning tubini aniqladik. Lekin kuchimiz 
shunga yetdi, xolos.
— X o‘sh, qotillar kim ekan? Qizni ne sababdan 
o'idiribdilar?
— Tunda janoblariga aytgan taxminim to ‘g‘ri chiq- 
di, — javob berdi navkar. — Bechora bo‘zchining 
qizida zarracha gunoh yo‘q. U bir chiroyli, yosh nay- 
chi yigitni suyar ekan. Kecha bir o ‘rtog‘ining to ‘yidan
IV
231


kelayotganda, uni ko‘pdan buyon yo‘ldan ozdirmoq 
niyatida yurgan ikki yigit yo‘liqadi. Qizning yo‘lini 
to ‘sib, zo ‘r bilan majlisga olib ketmoqchi b o ‘ladilar. 
Qiz unamaydi. Shu vaqtda mast yigit achchig‘lanib, 
xanjar uradi. Aftidan, bu yigitlar bilan naychi o ‘rtasi- 
da b ir xusumat ham bo ‘lsa kerak.
— Qotillar kimlar ekan? — qovog‘ini solib, sabr- 
sizlik bilan so‘radi Navoiy.
— U lug‘ zotlardan ekan,— dedi navkar boshini 
o g 'ir tebratib.— Biri-parvonachi M ajididdin janob-lar- 
ining yaqin aqrabolaridan, yana biri — shahzodamiz 
M uzaffar Mirzo hazratlarining xos yigiti M uham m ad 
Ali Tarxonning kichik o ‘g‘li ekan. U lam i qam atm oq 
uchun biz to shahar dorug‘asiga qadar bordik. Doru- 
g‘a bizni zindonga tashlamoqchi b o ‘ldi. H ozir qotillar 
Pulim olonda Amir Shujoiddin barlosning bog‘ida 
sharob ichib, aysh-ishrat qilib o ‘tirishibdi, taqsir.
Navoiy navkarga orom olish uchun ruxsat etdi-da, 
tezda kiyinib, piyoda devonga — bosh mahkamaga 
jo ‘nadi. Havo dim, bo‘g‘iq edi, yer o ‘tga tushgan 
tem irday qizg‘in edi. Odamlar changli ko‘chalarda, 
issiqdan harsülab, o ‘zlarini ayronga urar edilar. «Tiq» 
etgan shamol yo‘q. Barglari shalpaygan, to ‘zon bosgan 
daraxtlar jim gina mudraydi.
Navoiy terlab-pishib, yo‘lakay dorug‘a mahkamasi- 
ga kirdi. Oddiy mayda m a’m urlar yelpinib, homuza 
tortib, o ‘zaro gap sotishardi. Navoiy kirishi bilan bir- 
dan o'rinlaridan turib, go'yo uning buyruqlarini kut- 
ganday, q o ‘l qovushtirdilar. Shoir dorug‘ani ko‘rm oq 
istagini bildirdi. Uning hozirgina bir yoqqa chiqib ket- 
ganini bilgach, tungi fojiani tahqiqlash uchun mulo- 
zim lar bilan suhbat qurdi. U lar bergan barcha m a’lu- 
m ot navkaming so‘zlariga asosan muvofiq tushdi. 
M ahkam adan Navoiy to ‘g ‘ri bosh devonga ketdi. 
Devonning katta va salqin bir xonasida ipak gilamlar 
ustida M ajididdin parvonachi, N izomulmulk, Amir 
M o‘g ‘ul, T o ‘g‘onbek, yana bir qancha ulug‘ mansab- 
dorlar vazifalarini bitirib, sekin va ulug‘vorona suh- 
batlashm oqda edilar. Navoiy, ham m a vaqtkiday,
232


tavoze va nazokat bilan salomlasharkan, uning haya- 
jonli, ter quygan yuzini ko‘rib, ham m a allaqanday 
o ‘ng‘aysizlik sezdi.
— M arham at, am ir janoblari, — soxta tavoze va 
kamtarlik bilan murojaat etdi Majididdin. — K un 
shunday yonib turgan pallada kelibdilar...
— Hechqisi yo‘q, — sokinlik bilan dedi Navoiy. — 
Bir m uhim ishni bajarmoq niyatida keldim.
— Y a’ni? Bizni ham ogoh qilg‘aylar shoyad, — 
zo ‘raki tabassum bilan dedi Majididdin.
— K am ina o ‘ylaymenki, bunda hozir b o ‘lmish zot- 
lar bu ishdan xabardor b o ‘lmoqlari lozim. M enda 
mavjud b a’zi m a’lumotlarga muvofiq, bo‘zchining 
qizini o ‘ldiruvchilam i qam am oq xususida bu yerda 
b a’zi m ulohazalar va m ushkilotlar bor emish. M en bu 
hodisaning sabablarini bilm oqni istar edim.
— Filhaqiqat, bu g ‘oyat nozik bir masaladir, — o ‘z 
so‘ziga boshqalarning ham q o ‘shilishini istagandek, 
ham m aning k o ‘ziga bir-bir tikilib, dedi M ajididdin. — 
Asli mushkilot shundaki, bu masalada shahzoda Mu- 
zaffar M irzoning ra’yi va orzulariga qarshi b ir nim a 
qilmoq imkonsizdir.
— Shahzodadan o ‘zga yana kimning yuz xotirini 
andisha qilinmoqchi? — so‘radi Navoiy.
M ajididdin birdan qizarib-bo'zarib, k o ‘zlarini 
yashirish u chun boshini quyi soldi.
— 0 ‘zga m ulohazalam ing ahamiyati yo‘qdir, — 
sarosimalanib, javob berdi M ajididdin.
— Alhamdulillo, bizning m amlakatda hukum at 
mavjud, — dedi Navoiy, ham m aga nazar tashlab. — 
H ukm dor mavjud, qonun va huquq mavjud. H ar kim- 
ki bir jinoyat qilibdi, tahqiqlangandan keyin o ‘z 
qilmishiga yarasha jazoga tortilm og‘i kerak. Aks hol- 
da, m am lakatni idora etm oq aslo mumkin b o ‘lmas. 
Bu qabih ishlarga hech kim uchun alohida huquq va 
qonun b o ‘lm og‘i m um kin emas.
— H ar holda, M uzaffar M irzo hazratlarining ray’i- 
larini bilm oq, ruxsat olm oq zarur, — dedi dabdabador 
ohangda Nizomulmulk.
233


— Shahzodamiz g‘oyat xafa b o ‘lurlar. M en ular- 
ning fikrini bilurmen, — dedi T o ‘g‘onbek yuzini ters 
o ‘girib.
Navoiy unga jirkanib qarab qo ‘ydi-da, Nizomul- 
mulkka dedi:
— G unohsiz odamlaming qonini to ‘kuvchi jino- 
yatkorlam i o ‘z qo ‘llari bilan b o ‘g‘m oq shahzodaning 
vazifasidir. Agar Muzaffar M irzo yosh b o ‘lganidan bu 
jih a tn i anglay olmasa, unga o ‘rgatm oq lozim. 
Jinoyatkorlam i himoya qilmoqdan ulug‘roq jinoyat 
yo‘qdir!
H o zir b o ‘lganlarning nafaslari ichlariga tushib 
ketdi. Shoirning dushm anlari uning qahrli ko'zlari- 
ga, g ‘azabdan titragan yuziga boqishga botinolm adi- 
lar. U lu g ‘ m ansabdorlardan b a ’zilar Navoiyning 
fikriga q o ‘shilgandek b o ‘ldilar. M ajididdin titrab- 
qaqshab yana gapga aralashdi, baland ovoz bilan 
dedi:
— Agar bu voqeani yaxshilab tekshirilsa, yolg‘iz 
mastlik natijasida ro ‘y berganligi ayon bo ‘lur. Ma­
na shunday tasodifiy bir ish uchun mamlakatning 
e ’tiborli yigitlarini zindonga tashlam oqda m a’no 
bormi?
— E ’tiborli yigitlar! — zaharxanda bilan xitob etdi 
Navoiy. — Q o‘llarini qonga botirgan yirtqichlarga 
qanday hurm at bo ‘lmog‘i mumkin?!. D o ‘stim, — 
m urojaat etdi Navoiy kotiblardan biriga, — jinoyat- 
korlarni shu soatda qam am oq to ‘g‘risida shahar 
dorug‘asiga bir farmon yozingiz!
Yosh kotib astoydil qulluq qildi-da, darhol farmon 
yozib, ichida diqqat bilan o ‘qib chiqdi va shoirga 
taqdim etdi. Navoiydan tashqari, Nizomulmulk, yana 
ikki bek im zo chekib, m uhrlarini bosdilar.
Shoir farm onni kissaga solib, eshik tom on dadil 
yurdi.
234



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin