Nomasi qo ‘ynim da, baskim, iztirob aylar ko ‘ngul,
0 ‘pkali chiqmoqqa go ‘yokim shitob aylar ko ‘ngul.
U chinchi misraning ilk so‘zlarini boshlar ekan,
nogahon orqaga qayrilishga majbur bo ‘ldi: «Assalom
alaykum!» — q o ‘l qovushtirgan, begona, sodda bir
yigitga ko‘zlarini m a’nodor qisib, bir zum tikildida,
so‘ng oyoqlarini yig‘di.
199
— N e xizmat?
Yigit allanechuk qizarib, yerga qaradi, so‘ng birdan
dadillanib gapirdi:
— Taqsir, meni bu dargohga mavlono Sulton-
m urod yubordilar, u kishini tanisangiz kerak.
— O, ul janobni tanurm iz, — tasdiqladi Sohib
D oro. — Ne maqsad bilan? Mengami yoki M ir haz-
ratlaringami?
Yigit ichki bir qarshilik bilan kurashganday,
peshonasini qashib, javob berdi:
— Shul dargohda biron yumush topib berurlar,
deb yuborgan edilar. Navoiy hazratlariga arz qilsak,
shoyad...
— Hojati yo‘q, maqsadni angladik, — yigitning
so‘zini kesdi Sohib Doro. — Bir daqiqa sabr eting.
Yigit ariq bo‘yiga cho‘qqayib, ulkan bog‘ning jonli
latofatidan ko‘zlarini uzgusi kelmaganday, tikilib
qoldi. Sohib Doro soqolini qashib, erinchaklik bilan
o ‘m id an turdi. Olmaning shoxiga ilib qo ‘ygan chak-
m onini shoshmasdan kiydi, oppoq katta sallasini
diqqat bilan boshiga o ‘rab, yigitga dedi:
— Yuring, biz ikovlon Injil yoqasini sayr etib kelay-
lik. U yerlarda bo ‘lganmisiz?
— T a’rifini eshitdik-ku, ammo ko‘rganimiz yo‘q.
— H irotki bir olamdir, aning ichida Navoiy yangi
bir olam barpo qilmoqdalar... Ha, kechirgaysiz, otin-
giz nim a? Sultonm urodning yaqinlaridan bo ‘lursiz?..
— Otim Arslonqul. Janobi mudarris bilan tanish-
ligimiz bor...
Injil bo ‘yiga yetgach, um um iy inshoot suroni va
olom on orasida Arslonqul anqayib, o ‘z ham rohini
k o 'zd an qochirdi, bir qancha vaqt u yoq-bu yoqqa ter-
mulib, so‘ng katta ishning qizg‘in to ‘lqiniga beixtiyor
berilib, yura ketdi. Daryo b o ‘ylab katta masofada ish
girdobi qaynar edi. Bir necha yuz odam terlagan, pish-
gan, hansiragan holda m uttasil harakatda: yuk
tashigan aravalaming gumburlashi, tuyalam ing alla-
qanday qaysarlik va zarda bilan baqirishi, og‘irkarvon
fillam ing haybatli lapanglashi, ishboshilaming keskin
200
qichqirishlari Arslonqulni ancha esankiratdi. U sang-
taroshlam ing oldida, sehrlangandek, beixtiyor to ‘xta-
di. Bu yerda ustalar murabba' va m ustatil2 shaklda
ham turli kattalikda b o ‘lgan toshlar ustida hayratbaxsh
bir qunt va diqqat bilan kuymalanmakda edilar.
Ba’zilar mukkayib, toshlaming g‘adir-budir betini
oynaday silliqlab yarqiratish bilan m ashg‘ul. Bir guruh
ustalar silliqlangan, qirrali palaxsa m arm arlarga ajo-
yib, jivir-jivir gullar yasam oqdalar.
U stalarning
asboblari ostida m arm ar betida asta-asta ochilgan
o ‘yma gullaming jonliligi Arslonqulni tang qoldirdi:
«Olamda zargarlikdek xunob ish b o ‘lmas, derdim,
bulam iki yana ser m ashaqqat ekan-ku!» deb o ‘ylar edi
yigit.
Allaqaydan flllarda katta toshlar tashilib turadi, fil-
bonlaming hayqirig‘i ostida azamat yigitlar yukni
tushirib, burunlari yerga tekkunday, bukchayib tashiy-
dilar. Bir tom onda og‘och ustalari qizg‘in ishda:
poytesha, boita, arralam ing sadolari ajoyib bir ohang
bilan havoda yangraydi.
A rslonqul chum oliday to ‘xtovsiz o ‘rm alagan
odam lar orasida, h ar tomonga alanglab, har qadam da
hunar va san’atning m o‘’jizalariga yo‘liqaroq, tentib
ketdi-da, solinayotgan madrasaning peshtoqi qarshisi-
da Sohib D oroni zarrin yoqa to ‘n kiygan, yoshgina
olifta yigit bilan qizg‘in suhbat qilayotganini ko‘rib,
ulardan nariroqda to ‘xtadi. M adrasaning qudratli,
yuksak peshtoqi ustida ishlayotgan sallali, qalpoqli
ustalarning dorbozday chaqqonligiga hayron bo ‘lib
tikildi. U lam ing ichida oppoq soqolli, bukchaygan
chollar ham bor edi. Biroq bu chollar ham havozalar
ustida, kuchli, qadam i tetik yoshlar singari, qaltis
harakatlam i beparvo bajarar edilar. K o‘rkam dar-
vozaning yonlari sathiga, ko‘cha yoqning azam at
devorlariga yuzlarcha naqqoshlar yopishib ishlashadi.
Quyoshda naqshlam ing rango-rang olovi k o ‘zlarni
qamashtirarli yonadi, porlaydi. Arslonqul bu chuw os
'T o 'r t burchakli (m uh.).
! U zunchoq, ch o ‘ziq (m uh.).
201
ichida tasodifan yo‘liqib qolgan Sohib D oroni yana
y o ‘qotib qo ‘ymaslik uchun uning yaqiniga borib turdi.
Biroq Sohib Doro olifta yigit bilan shunday berilib
bahslashar ediki, Arslonqulni sezmadi. Arslonqul ular-
ning gapiga bir lahza quloq solib, kinoyali tabassum
bilan yuzini ters o ‘girdi:
«Yana g‘azal! Yana muammo. Ah, H irot, Hirot!
Qayon boqsang, shoim i ko'rasan. H ar yerda —
m achitda, madrasada, bozorda, oshpazxonada —
g‘azalxonlik va g‘azal janjali! Shubha yo‘qki, bular-
ning ikkovi ham shoir!» — o ‘yladi ichida Arslonqul.
Nihoyat, olifta shoir bahsga tob bermagandek, So
hib D oro bilan sovuqqina xayrlashgan ham on,
Arslonqul bir yo‘talib, Sohib Doro qarshisiga o‘tdi.
— Taqsir, m en sizdan adashib, xiyla qidirdim, —
dedi qo ‘l qovushtirib.
— E,
inim, bu yerlarda adashmasdan iloj yo‘q, —
dedi kulib Sohib Doro. — Qani, m undaroq yuring.
Arslonqul Sohib D oro orqasidan yurib, yakka
daraxt ostida o ‘tkir ko‘zlari bilan bir guruh ishchilar-
ning har bir harakatini zimdan qamrab turgan o ‘rta
yoshli, yag‘rinli bir kishining oldiga keldi.
— Sarkor, bu inim ni sizga topshiram en, —
Arslonqulni ko ‘rsatib, dedi Sohib D oro, — ishlatursiz
va el qatori haq to ‘larsiz.
Sarkor atrofga alanglagan ko‘zlarini bir nafasgina
yigitga qadadi.
— O 'mrovli yigit ko‘rinasen, ammo dangasalik qil-
sang, yelkangni qashib qo ‘yamen, u zam on holingga
voy.
— Qashitmasmiz, og‘a, — jiddiy dedi Arslonqul.
— X o‘b, belni m ahkam bog‘la, ishga tush, —
sarkor yuqoriga — g ‘isht tashuvchilar tom oniga qo ‘l
uchi bilan ishorat qildi.
Arslonqul bir uyum g ‘ishtni orqalab, unchalik
egilmay, yotiq havozada ildam va shaxdam qadam
bosib, yuqorilar ekan, pastdan bir-ikki kishi baqirdi:
— Hay, b o ‘z bola, zo ‘ri behuda miyon meshi-
kanad, asta-asta yur!
202
Arslonqul sarkorning o ‘qraygan ko‘zidan q o ‘rqqan
kabi, pastdagilaming m a’qul kengashini nazar-pisand
qilmasdan, garchi yuqorilashgan sari ko ‘proq egilishga
majbur b o ‘lsa ham , yana g‘izillab ketaverdi. G ‘ishtni
peshtoqda ag‘darib, qush boqishi bilan pastga va
atrofga qaradi. Quyosh nurlarida cho‘milgan H irot
bog‘larining zangori ufqlarda singib yo‘qolgan yashil
to ‘lqinlari yigit ko‘nglining dard chigUlarini yechgan-
day, bir damda u ruhiy yengillik sezdi. U ning ochiq,
qudratli ko‘kragi bu yerda, balandlikda shamolning
yoqimli silashi bilan qabarganday b o ‘ldi. Chiqayot-
ganlar bilan quyi tushuvchilar orasida hech kimga
xalaqit bermasdan chaqqonlik bilan pastga yugurdi
yana.
Peshindan keyin ham m a inshootlarda ish to ‘xtadi.
Odam lar terlarini artib, jom akorlarini qoqib, Injil
b o ‘ylab, har yer-har yerda katta davra qura boshlash-
di. Arslonqul Injilning nim loyqa suvlarida bet-qo‘lini
yuvib, o ‘z to ‘dasiga keldi, daraxtlar ostiga solingan
bo'yrada chordona qurdi. Charchagan odam lar asta
yelpinib, o ‘zbekcha, forscha, Arslonqul tushunmaydi-
gan yana ba’zi til va shevalarda asta-sekin gaplashar,
qirq-ellik qadam narida, atrofida odam lar uymalash-
gan, bug‘lari havoga burqigan katta qozon tom onga
qarab-qarab qo'yar edilar.
Qovog‘i ochilm agan sarkor davraga bir k o ‘z yugur-
tirib, oshpazga: «Boshlang», deb qichqirdi. Dastur-
xonchi chol, kishi boshiga dastlab bittadan yumshoq
sedanali non ulashdi. Keyin guldor sopol tovoqlarda
mastava tortildi.
Arslonqul, o ‘z odaticha, ovqatni deyarli ham-
m adan oldin yeb bitirdi-da, hamkorlari bilan hali non-
qatiq b o ‘lmagani uchun, ulam i kutm asdan o ‘m idan
turdi.
H am m a inshootlarda shovqin-suron tindi. Yolg‘iz
sho‘x bolalargina dam olayotgan tuyalar, filiar atrofi
da g‘ivirlab, hayvonlarga tegajaklik qiladilar. Unda-
bunda chet kishilar binolam i tom osha qilib tentiraydi-
lar.
203
Arslonqul hali ishlagan joyiga keldi. U yoq-bu
yoqni aylanib, havoza bo‘yicha yuqori chiqqanini o ‘zi
ham sezmay qoldi. Shunday azam at gumbazni,
bolalar xombopish yasayotganday, bosh qotirmasdan,
taraddudlanm asdan, hay-huy bilan, ishonch bilan
barpo qilayotgan ustalarning mahoratiga taajjublandi.
So‘ng gumbaz atrofiga o ‘m atilgan havoza yog‘ochiga
suyalib, uzoqlarga ko‘z tikdi. Eski madrasalar, sham-
day adil yuksalgan minoralar, shahzodalarning naqsh-
lari rang-barang olov bilan yongan go‘zal ko ‘shklari,
azam at q o ‘rg‘onlam ing kunguralari, yashilliklar ora-
sida, diqqat bilan qaragan sari birin-sirin gavdalanadi.
Bularning ko‘plarini Arslonqul yaqindan ko'rgan
b o ‘lsa ham , lekin oradagi masofa ularga allaqanday
iliq husn bag‘ishlab, yana ko‘proq jolibi diqqat qilgan
edi. Arslonqulning ko‘zlariga, nogahon, uzoqda, sarv
yog‘ochlari bilan band katta soha ochildi: «Ha, bu
Bog‘i Jahon oro emasmi? N aq o ‘zi... Ana, xiyobon-
lar», dedi o ‘z-o‘ziga Arslonqul. Boshini yog‘ochga
tirab, o‘zini yo‘qotgan kishiday, uzoq tikildi: «Kim
biladi, Dildorim balki shunda yashar. U hozir yasanib-
tusanib, pariday shu hiyobon salqinida kezib yurar.
Podshohning garchi yuzinchi xotini bo ‘lsayam meni
batam om unutib yuborgandir, balki!» Yigitning
ko ‘kragini qayg‘u to ‘lqini qopladi. U chuqur xo‘rsin-
di. Keyin, o ‘z-o‘zini ovutmoqchi bo‘lganday, birdan
kuyladi:
Dostları ilə paylaş: |