Din ofati bir mug ‘bachaiy mohliqodur,
Mayxorayu bebok.
Kim ishqidan oning vatanim dayri fanodur,
Sarmastu yaqom chok...
Davlatbaxt chiroyli, yirik ko‘zlarini xayolchan
suzib, jim bo‘ldi. Dildor: «Yana u yog‘i?» deb qistadi.
Davlatbaxt silliq, qora sochli boshini afsus bilan
tebratdi. Qizlar so‘z durlarining uzilganiga qayg‘urish-
di. Keyin g‘azalning shu boshlang‘ichini esda
qoldirish uchun har biri o‘z holiga takrorlamoqqa
boshladi. Dildor Davlatbaxtga yalindi:
— «Ko‘rgali husningni» bo lsin!
— Yo‘q, Hofiz Sheroziydan o‘qiymiz. Navoiyning
g‘azallariga muncha ishqingiz tushmasa! — o‘zini bi-
limdon ko‘rsatib, kekkayib gapirdi Zulfizar.
— Yolg‘iz menga emas, Navoiy butun elimizga
yoqadi, — dedi achchiqlanib Dildor. — Nega desan-
giz, Navoiyning so‘zlariga tushunamiz. Har bir so‘zi
ko‘nglimizga o‘tdek yopishadi. Siz degan shoirlaming
hammasi nuqul tojiki yozishgan.
0 ‘qimishli, she’rni anglaydigan Davlatbaxt tabas-
sum bilan Dildoming fikrini tasdiqladi.
— To‘g‘ri, men forsiycha she’rlami ancha o‘qigan-
men ham sevamen. Ammo Navoiy janoblari o‘zga
olam... Hazrat Jomiydan ham afzal ko‘ramen.
Musiqiy mayin tovlanishlar, mavjlar bilan yang-
rab, yuksala bordi. Tanbur chalgan Davlatbaxt max-
167
mur ko‘zlarini mubham bir nuqtaga tikkan holda, bul-
bul ovoziday toza, iliq ovoz bilan sayrab ketdi:
Ko ‘rgali husningni zoru mubtalo bo ‘Idim sango,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo‘ldim sango...
BoshJar sehrli sadolar ta’siri bilan asta chayqaldi.
Xino qoni bilan bezalgan barmoqlar dafda o‘ynar-
kan, Dildor ko‘zlarini dardchil suzib, beixtiyor ravish-
da kuyga qo‘shildi.
Musiqiy va kuyga atrofdan yig‘ilgan qizlar bir-bir-
larini asta turtib, Dildorga ishorat qilib: «Balo ekan-
ku», deb shivirlashar edi. Kuy bitgandan so‘ng ular
Dildomi quchoqlashib tabriklashdi. Chunki Dildor
o‘z holicha pana-panada qo‘shiq aytib yursa ham,
lekin qo‘shiqchi qizlar bilan ko‘pchilik orasida aytish-
mas edi.
Qo‘shiqchilamnig adadi borgan sari ortdi. Turkiy,
forsiy eng mashhur g‘azallar birin-ketin aytilmoqqa
boshlandi. Lekin bosh haram og‘osi birdan paydo
bo‘lib, quvonchli, yorqin kunni to'satdan bulut bos-
gan kabi qizlaming serzavq samimiy ulfatchiligini
buzdi.
— Bas, bas! Hadlaringdan oshdilaring, adabsiz-
lar!— bo‘yin tomirlarini qabartirib, zug‘um bilan chi-
yilladi haram og‘asi. Bu keksa badjahl quldan hamma
qizlar zir titrar edi. Yolg‘iz kanizaklar, ismsiz g‘un-
chachilargina emas, balki erka, suyukli g‘unchachilar,
hatto podshohning xotinlari ham u bilan hisoblash-
moqqa majbur bo‘lib qolardilar.
Qizlar musiqiy asboblami quchoqlab, qo‘rqa-pisa,
«g‘ing» demasdan, har yoqqa taralar ekan chol
qichqirdi:
— Xadichabegimni kutib olmoqqa tayyorlaninglar!
Davlatbaxt jonsarak bo'lib, hamma qizlarni
to‘pladi va har qaysisiga ayrim yumushlami buyurdi.
Xadichabegim, har vaqtdagi kabi, tantana bilan
kirib keldi. Uning egnida oltin gullar ishlangan to‘q
qizil xitoyi shoyidan juda uzun va keng ko‘ylak bo‘lib,
1 Musiqa asbobi (muh.).
168
etaklarini bir necha qizlar barmoq uchlari bilan tutib
kelar edilar. Boshida ko‘kimtir shohidan sallacha —
dakana, bu dakana va favqulodda uzun ko‘ylak Xadi-
chabegimning bo'yi-qomatini baland ko‘rsatardi.
Dakanaga turli katta-kichiklikda va bir-birlarining
ranglarini, tovlanishlarini ajoyib suratda yorqin
ochadigan qimmatbaho toshlar — yoqut, la’li zabar-
jadlar, yirik durlar va gavharlar juda mohirona qadal-
gan. Dakananing uchida oltin bandli, ko‘rkam, yengil
jig‘a hilpirar edi. Xadichabegimning yuzi upa-elik
bilan shunday mo‘l belangan ediki, asli tusini ayirish
mumkin emasdi.
Haramdagi barcha ayollar, salom bergan kelinlar
kabi, engashib qarshiladilar. Xadichabegim, hech
kimni payqamagan kabi, mag'rur va beparvo ko‘rinar-
di. U o‘z orqasida ergashtirib kelgan va deyarli bir
xilda kiyingan yuzlarcha go‘zal kaniz qizlar va ro‘dapo
qullar bilan ohista yurib, bog‘ning o‘rtasidagi koshona
uyga kirdi.
Oqshomdan so‘ng Xadichabegimning ziyofati
boshlandi. To‘rda, ipak to‘shaklardan iborat baland-
likda Xadichabegim o‘tirdi. Uning orqasida bir to‘da
qizlar oyoqda turishardi. 0 ‘ng va so‘l tomonida pod-
shoh xonadoniga mansub bo‘lgan e’tiborli ayollar...
Bulardan pastroqda beklaming, vazirlaming xotinlari
ham Hirotning ulug‘, mashhur oilalaridan kelgan
go‘zallar o'tirishardi. Devorlariga oltindan naqsh-
gullar ishlangan, turli ipak jihozlar yonib-yashnab tur-
gan bu katta uyning hashamat va bezagi yolg‘iz bi-
rinchi marta ko‘rganlamigina emas, balki yuzlarcha
marta tomosha qilganlarni-da, ancha vaqtgacha
hayratga soladi, chunki bu yerda har vaqt yangi-yangi,
aqlga sig‘maydigan bezaklami uchratish mumkin.
Bukun hammaning ko‘zini o‘ziga qadagan narsa
Xadichabegim yonidagi xontaxtada katta kumush
barkash ustiga o‘tqazilgan ajoyib daraxt edi.
Balandligi, chamasi, uch gaz, tanasining yo‘g‘onligi
odam boldiriday bo‘lgan bu daraxt tamom oltindan
ishlangan edi. Kumush barkashdan o‘sib chiqqan oltin
169
daraxt har yoqqa shoxlar, yo‘g‘on-ingichka novdalar
otgandi. Uning yaproqlari ko‘k zabaijaddan, nov-
dalarining uchlarida sarg‘ish durdan, yoqutdan
o‘ntacha yirik, yumaloq va podoq mevalari bor edi.
Oltin daraxtning butoqlarida kichkina, chiroyli
qushchalar qo‘nib turadi. Qushchalar oyoqlaridan
tumshuqlariga qadar rang-barang qimmatbaho toshlar-
dan xuddi jonliday ishlangan. Ba’zi qushchalaming
qanotlari yozilgan — ular go‘yo uchib tushmoqchi-
day... Ba’zilari esa tumshuqlari bilan porloq mevalarni
cho‘qib turadi.
Dasturxonchi qizlar xilma-xil ovqatlar va shirinlik-
lar bilan dasturxonni yashnatib yubordi. Dildor,
Xumor va Asalxon soqiylik qilishdi. Ular qopqoqlari-
ga yirik dur yoki olovday yongan la’l, jo ‘mraklari uchi-
ga yoqut yoki zabaijad qadalgan, feruzalar bilan bezal-
gan kichkina ko‘zachalardan oltin piyolalarga may
quyib, kumush laganlarga teradilar. Dastlab Xadicha-
begimning qoshiga borib, uch marta bukilib, ta’zim
bilan qadahni tutadilar. So‘ng orqaga burilmasdan,
asta-asta qaytadilar. Boshqalarga esa bukilmasdan,
nozik ta’zim bilan qadah tutadilar.
Xadichabegim xiyla ko‘proq ichib, ba’zi yengillik-
lar qila boshlagach, saroydagi tadbirli keksa ayollar
o‘zaro imo bilan kengashib, mayni to‘xtatishdi.
Diqqatni chalg‘itish uchun cholg‘uchilarga, raqqosa-
larga ishorat qilishdi. Hirotning mashhur sozandalari
ishga tushdi. Bularning orasida endi badani, husni
yetib to‘lishgan qizlar, tishi tushgan satanglar bor edi.
G ‘ijjak, tanbur, chang, ud, nay, daf va hokazo yang-
radi. Qo‘shiqchi ayollar turkiy, forsiy g‘azallami ayol-
larga xos mayinlik va noz bilan kuylashdi. Saroyning
raqqosalari guruh-guruh bo‘lib — har guruh ayrim
kiyimda — turkona, hind, arab, eron raqslarini
bajararkan, bazm avjiga mindi. Chapaklar inoq qarsil-
ladi. Ba’zi ayollar go‘zallaming sho‘x raqslari va kuch-
li may ta’siri ostida yengiltaklik qilib, xushomadlar
qila boshlashdi. Mast qahqahalar uyni to‘ldirdi.
Pardoz bilan qizartilgan yuzlami may yana kuchliroq
170
olovlantirdi. Surmali ko‘zlaming qora shu’lasi yana
yorqinroq yondi.
0 ‘yinchilar noz va ehtiros bilan maqomga shox
tashlab, xinadan guldor barmoqlarini dudoqlari bilan
yengil tishlab, dastlab Xadichabegim qarshisida
ko‘zlarini suzar, qoslilarini uchirar, yumaloq ko‘krak-
larini dirillatardilar-da, so‘ng yana katta uy sahnida,
ipak gilamlarda uchardilar.
0 ‘yinchilaming ikkinchi guruhi atlas ko‘ylaklarini
hilpillatib, gir aylangandan so‘ng ta’zim bilan o‘rtadan
chiqdi. Ko‘zlar sabrsizlik bilan yangi o‘yinchilami
kutarkan, Xadichabegimning ishorati bilan bir necha
bo‘g‘cha keltirilib, uning yoniga qo‘yildi. Bu har nav
ayol saruposi — Xadichabegimning in’omi edi.
Cholg‘uchilar, qo‘shiqchilar va Xadichabegimga yoqib
qolgan ba’zi ayollar sarupolami bukula-bukula qabul
qildilar. Bazm kutilmagan vaqtda tamom bo'ldi.
«Xadichabegim charchabdilar», «Xadichabegimning
boshlari og‘ribdi», degan gaplar bir zumda quloqdan-
quloqqa o‘tib, majlis ahli o‘midan turdi. Xadicha
begim e’tiborli ayollarga mehmonnavozlik yo‘sinida
yoqimli bir necha so‘z aytdi va umumga: «Xush qol-
inglar», deb eshikka qarab ulug'vor yurdi. Hovlida
dasta-dasta shamlami baland ko‘targan xodimalar
malikaning ikki tomoniga o‘tdi. Kanizaklar, mehmon-
lar qiy-chuv bilan xobgohga qadar uzatib, tarqalishdi.
Xobgohda Xadichabegimni qizlar yechintirib, ke-
chalik kiyimlarini kiydirishdi. U par yostiqqa yon-
boshlagach, Dildor darrov uning oyoqlarini uqalay
boshladi.
— Bas endi, ketinglar! Davlatbaxt, sen qol! —
buyurdi Xadichabegim.
Qizlar orqalari bilan yurib, eshikka kelganda bu-
kilib chiqishdi.
Davlatbaxt malikaning ishorati bilan eshik va
darichalami berkitdi-da, unga yaqin o‘tirdi.
— Hech nima eshitdingmi? — shipga qarab so‘radi
Xadichabegim.
Davlatbaxt shivirlab dedi:
171
— Hazrat podshohning ko‘ngillarini yangi bir
g‘unchachi asir etibdi. Har kun u bilan emishlar...
— Qayerdan eshitding? — boshini ko‘tarib, jiddiy
so‘radi Xadichabegim.
— Xonzodabegimlamikida...
— Podshohning baxtiga, Xurosonda go‘zallar ko‘p,
ne qilamiz? — dedi xo‘rsinib Xadichabegim. — Xo‘b,
mening to‘g‘rimda u yerda hech nima demadi-
larmi?
— Sizni aybladilar, ba’zi vazirlarni qo‘lga oigan
emishsiz...
Xadichabegim labini tishladi-da, xavfsiranib, dedi:
— Ochiqroq gapir, qaysi vazirlarni tilga olishdi.
Men ular bilan nima qilgan emishman?
— Yaxshi uqib ololmadim, juda til uchida so‘zla-
shadilar.
— Men hamma vaqt senga aytaman-ku, — dedi
Xadichabegim achchig‘lanib, — dushmanlar orasiga
kirganda o‘zingni g'aflatga sol, lekin esu hushingni
to‘pla, deb...
Davlatbaxt, ezilganday, boshini quyi soldi, ro‘mo-
lining shokilasini himarib, jim o‘tiraverdi. Xadicha
begim boshini yana yostiqqa tashladi.
— Mirzo bu kecha qayerda bo‘ladi?
— Popoog‘achanikida...
— Buni to‘g‘ri iskabsen, — kuldi Xadichabegim. —
Endi chiqib ket, men bir oz orom olay. Sen uxlama,
bu kecha yumushlaring bor, men yo'qlatgan onda
hozir bo‘l!
Dostları ilə paylaş: |