Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Navoiy romani. Oybek

O n birinchi bob
I
Haram doirasi bukun shovqin-suronsiz edi. Pod- 
shohning bir-biriga yaqin, lekin ayrim-ayrim saroylar- 
da yashagan xotinlari shoh xonadoniga mansub bir 
shahzodaning to'yiga ketishgan edi. Aksar qizlar — 
kanizaklar sultonning sevikli xotini Xadichabegimni 
kuzatib borgani uchun Bog‘i Safidda agar oqsochlar 
hisobga ohnmasa, yigirma choqli ayol qolgan edi.
160


Bahorning gullagan chog‘i... Baland va dilbarqo- 
mat sarv og‘ochlari ko‘rkam mevazorlar, turli-tuman 
gullar bilan yashnagan keng chamanzorlar ichida 
katta-kichik ko‘shklar allaqanday xayoliy manzara 
yasaydi. Quyoshda ko‘shklaming naqshlari, xuddi 
jonli chamanlar bilan raqobat qilishganday, havoni 
rangli shu’lalar mavji bilan to‘ldiradi. Uzoqdan, 
shabada yengil titratgan daraxtlar orasidan boqqan 
kishi ko‘shk devorlarini gulzoming davomi, deb 
o‘ylaydi...
0 ‘zini kasallikka solib, Xadichabegimning bu 
kungi tantanali chiqishidan qolgan Dildor ikki osh- 
yonlik yengil binonig pastki qabatidagi xonada, ochiq 
darichaning oldida tanho o‘tirardi. Yuragi siqilganday, 
qandaydir dardli noz va firoq tuyg‘ulari bilan kerishdi.
Podshohga xushomadgo‘y Majididdin parvonachi 
tomonidan bir vaqtlar saroyga tortiq etilgan Dildor 
hashamatli, bezakli hayotda, ertaklardagina eshitgan 
ziyofatlar, bazmlar, hangomalar orasida yotsiranib, 
o‘ksinib, bir zum ham ochilmay yashar edi.
Shunday ayollar bo‘ladiki, ular ishqni e’tiqod kabi 
muqaddas tutadilar. Bu ayollar ko‘ngilning ezgu 
orzusi uchun faqir yigitning xarob kulbasini shohona 
saroylardan ortiq ko‘radilar. Uvada kiyimli sodda 
cho‘ponni shahzodalarga alishmaydilar. Ular butun 
borliqlari bilan bir maqsadga intiladilar. Agar maqsad 
muyassar bo‘lmasa, uning dardini butun umr o‘zlariga 
hamshira qiladilar. Dildor shundaylardan edi. Be- 
zak, may, musiqiy, fahsh, g‘iybat mavjlari bilan qay- 
nagan hayot uning ko‘nglidagi toza sevgini bo‘g‘- 
magan edi.
Majididdinning dargohidan Dildomi saroyning 
maxsus xodimalari bir oqshom olib kelib, go‘zal, 
yasog‘li bir xonaga kirgizishdi. Dildor uyning hasha- 
matidan, atrofini o‘ragan o‘z tengi bir to‘da qizlaming 
muomalasidan cho‘chidi: «Bir cho‘riga shuncha dah- 
maza! Y o‘q, bunda boshqa bir sir bo‘lmasin tag‘in...» 
Majididdinning uyidagilar Dildomi eng qiymatbaho 
kiyimlarga chulg'ab uzatgan bo‘lsalar ham, bu yerda
6-4733 
161


qizlar uni yechintirib, yangi sarupolar kiydirdilar. 
Boshiga kashmiri sholni g‘alati — satangcha qilib 
o‘radilar. Bilaklariga oltin halqalar, barmoqlariga olov 
toshli uzuklar taqdilar. Keyin uni qat-qat shohi 
ko‘rpachalarga o‘tqazib, oldiga dasturxon yozdilar. 
Ketma-ket tortilgan tudi taomlardan, shirinliklardan 
Dildor, go'yo o‘lim hukmini kutganlardek, bo‘g‘ilib, 
og‘ziga tariqcha ham solmadi.
Qizlar bir-birlari bilan pichirlashib dasturxonni 
yig‘ib chiqib ketganda, vaqt alla-palla bo‘lgan edi. 
Birdan eshik ochilib, bir ayol kirdi. Dildor cho‘chib, 
yalt etib qaradi. Ayol oltmish yoshlarda bo‘lgan, chu- 
vak yuzi, torgina peshonasi chuqur ajin bilan qoplan- 
gan, lekin o‘rta yoshli tannoz xotinlarday yasangan- 
tusangan edi. Dildor hali qizlar o‘zaro gaplashganda, 
qandaydir qo‘rquv va ehtirom bilan: «Gulchehrabibim 
o‘zlari shunday buyurdilar» yoki sirli tovush bilan 
sekingina: «Gulchehrabibim chaqiradilar», deb yodla- 
gan ayollari shu bo‘lsa kerak, deb tusmol bilan ixti- 
yorsiz ravishda o‘midan turdi. Kampir yaqin kelib, 
tajribali qarash bilan qizni boshdan-oyoq nazardan 
o‘tkardi. Uning kashmiri ro‘molini qo‘l uchi bilan 
tuzatib qo‘ydi.
— Otingiz nima? — so‘radi kampir soxta mulo- 
yimlik bilan.
— Dildor, — yerga qarab, sekin javob berdi qiz.
— Daladanmisiz? — o‘zgargan tovush bilan so‘radi 
kampir.
— Ha,
— Otingiz yaxshigina, ammo husningizcha ko‘r- 
kam emas, — kulib dedi kampir. — Endi birov otin- 
gizni so‘rasa, Dildorxonbegim deyingiz. 0 ‘tiring, 
jonim.
Dildor bilan kampir qarshima-qarshi o‘tirishdi. 
Kampir unga yurish-turish, kiyinish va saroydagi tar- 
tiblar haqida so‘zladi. Podshohning huzuriga kirganda 
o‘zini qanday tutish va unga muomalada zinhor-ba- 
zinhor noziklik ko‘rsatib, hazratning muborak 
ko‘ngillarini ochish to‘g‘risida ko‘p narsa o‘rgatishga
162


tirishdi. Dildor og‘iz ochmadi. Ko‘ksi siqilib, 
allanechuk essizday o‘tirdi. Kampir tashqaridan bir 
qizni chaqirib, o‘rin soldirdi. Keyin chiqib ketish oldi- 
da uqtirdi: «Qizim, tinchgina uxlang, hech nimadan 
xavflanmang, atroflngiz to‘la odam; biron yumushin- 
giz bo‘lsa, eshikdagi qulni chaqirursiz».
Bu kechani Dildor mijja qoqmay o'tkazdi. Ertalab 
qizlar kirdi. Dildordan hol-ahvol so‘rashdi, uning 
rangiga qarab: «Yotinqiragansiz, keyincha o‘rganib 
qolasiz. Biz ham boshimizdan o‘tkazganmiz», deyish- 
di. Nonushtadan keyin Dildomi qo‘yarda-qo‘ymay, 
bog‘chaga olib chiqishdi. Na muattar chamanzorlar, 
na muhtasham ko‘shklar, na kumushlangan hovuzlar, 
na chiroyli qafaslardagi qushlar — hech nima uni qi- 
ziqtirmadi. Chuvillashgan qizlar orasida ozgina kezib, 
o‘z xonasiga kirdi-da, qamalib oldi. U har dam 
mash’um bir soatni kutar, ichidan titroq bosar edi.
Uchinchi kun kechasi Gulchehrabibi kirdi. Uning 
sochlarini yuvdirib, gui suvi bilan pardozlab, yengil 
yupqa shohi ko‘ylak kiydirdi. Dildor qayg‘uda yonib, 
tashqaridagi har bir oyoq tovushidan butun vujudini 
titroq bosib, yarim kechagacha yig‘lab o‘tirdi. Qaynoq 
yoshlar bilan yuzlari yondi. Lekin yarim kechada kam­
pir, o‘z-o‘ziga so‘zlaganday: «Sulton hazratlarining 
kayflari baland ekan, oyoqda ham turolmaydilar», deb 
ming‘irladi-da, yotib uxlashga buyurdi. Dildor har 
oqshomni iztirob bilan qarshiladi. Ammo uni podshoh 
to'shagiga yetaklash kampirga muyassar bo‘lmadi. Bir 
hafta o‘tgach, Husayn Boyqaroning birdan ovga 
jo ‘naganligi xabari tarqaldi. Bu orada Dildorning hus- 
nini qizlardan eshitgan Xadichabegim uni o‘z qoshiga 
chaqirtirdi. Dildorni ko‘rish bilan malika uni o‘zining 
xos kanizaklari qatoriga qo‘shdi. Xadichabegim pod- 
shohning sevikli, e’tiborli xotini edi. U juda hiylakor, 
zimdan ishlovchi edi. Vazirlar, beklar bilan til birik- 
tirib, siyosatda o‘z ra’yini o‘tkazishga, podshohni o‘z 
qolida o‘ynatishga tirishar edi. Xadichabegim hali 
husni so‘lmagan nozu ishvali ayol bo‘lsa-da, yosh, 
husndor qizlarnnig podshohga uchrashuvidan qo‘rqar
163


edi. Chunki bir vaqtlar uning o‘zi ham faqatgina 
go‘zal saroy xonimi edi. Mana, nozu ishvasi bilan, 
ko‘proq makru hiylasi bilan, podshohning suyukli 
xotini bo‘lib oldi. Boshqalar bu poyaga ko‘tarila 
olmaydimi?
Shu kechadan boshlab Dildor butun borlig‘ini 
dahshatli kecha kabi qoplab oigan vahmdan qutuldi. 
Durust, uning e’tibori pasaydi, endi unga qizlar xiz- 
mat qilmaydi, uning o‘zi boshqa kanizaklar qatorida 
Xadichabegimning xizmatlarini lom-mim demay 
bajaradi. U endi awalgiday, alohida xonada emas, bir 
ko‘p kanizaklar bilan birga ortiqcha bezaksiz xonada 
yashaydi.
U shunday taqdirga benihoyat sevindi.
Dildorning yagona orzusi, yagona maqsadi 
Arslonqulga erishmoq edi. Ammo, na qilsinki, bu dar- 
gohdan qochish mumkin emas. Podshohning nikohi- 
da bo‘lgan xotinlari posbonlar, haram og‘alari bilan 
uncha hisoblashmay, ko‘pincha ularni qo‘lga olib, 
sarbast yashaydilar. Ammo haramdagi kanizaklaming 
har qadami, ko‘zlarining har jilvasi qattiq nazorat osti- 
da...
Suyukli yigit qayerda, mehribon achasining holi 
nima bo‘ldi — Dildor hech nima bilmaydi. 0 ‘z to‘dasi 
ichidagi g‘arib, ko‘ngli yarali qizlar bilan hasratlasha- 
di. Pana-panada ko‘z yoshlarini yum-yum quyib, 
ikkinchi yilni o‘tkazadi.
Dildor qolgan sheriklaridan birontasini uchratib, 
hasratlashish uchun tashqari chiqdi. Shovqin-suronsiz 
saroyda zerikkandan bo‘lsa kerak, odatda tund, kam- 
gap, dag‘al, zaharli axta qul daraxt orqasidan paydo 
bo‘ldi-da, Dildorning ro‘baro‘siga kelib to‘xtadi; 
xunuk jilmayib, gapga tutishga tirishdi. Quloqlariga 
halqa osilgan bu axta qul yoshi qirqdan oshmagan 
bo‘lsa ham, yuzi qarimsiq burushgan, yelkasi turtib 
chiqqan, ayanchli bir maxluq edi. Uning xira ko‘zlari, 
bu yerda xotinlarga poyloqchilik qilgan baxtsiz boshqa 
bir ko‘p axta qullamiki kabi, hamisha ilojsiz g‘azab 
bilan yonar edi. Bu qullarning yuzlarida, ko‘zlarida,
164


bir lahza bo‘lsin, shodlik uchquni yonmas, ulaming 
butun vaziyatida, harakatlarida ichki mash’um bir 
siniqlikning g‘ami ochiq sezilar edi. Bu. ayanchli bad- 
baxt odamlar saroyning tutqun qizlarining boshiga bit- 
gan balo edi. Ulaming hammasi — xoh yosh, xoh qa- 
ri — firibgar, g‘iybatchi, zolim; «muhabbat», «erkin- 
lik» so‘zlarining, hayotiy mayllaming dushmani edi...
Dildor bulardan har vaqt nafratlangani uchun 
miljinglagan axta qulga quloq solmasdan o‘tib ketdi. 
Achchiqlangan qul lapanglab, Dildorning yo‘lini 
to'sdi:
— Haddingizdan oshmang, oyim, hamma 
siringizni bilamen. Piq-piq yig‘laysiz, hayitda kiyimsiz 
qolgan qizday o‘ksinasiz, qo‘lingizni chakkangizga 
tirab, «uh» tortasiz. Mana, hozir bu daricha oldida 
nimalarni o‘yladingiz? Ko‘zimdan qochib qutulol- 
maysiz.
— Jo‘na, bir nafas tinch qo‘y! — jerkib dedi 
Dildor.
— Ko‘chadan ishq axtarasiz, bilamen...
Dildor bu tuhmatchi bilan g‘idi-bidi qilishni ista- 
masdan, burnini jahl bilan jiyirdi-da, ketaverdi. Hovuz 
bo‘yidagi supadan qizlar ovozini eshitdi. Gulzor 
bo‘ylab yurdi. «Kel, yuraging qonga tolmadimi?» deb 
kanizaklar qarshiladi.
Bu yerda Xadichabegimning eng e’timodli kaniza- 
gi — Davlatbaxt, ikkita turkman go‘zali — Xumor va 
Asalxon ham eronlik nafis ayol — Zulfizar o‘tirishar 
edi. Davlatbaxt Xadichabegimning ba’zi bir maxfiy 
yumushlarini bajarish uchun bu yerda qolgan edi. 
Turkman qizlari Husayn Boyqaroning Opoqbegim 
degan xotinining kanizaklari bo‘lib, qo‘shni binoda 
turganlari uchun bu tomonlarga ko‘pincha chiqib tu- 
rishardi. Ipaklarga chulg‘angan kanizaklar, birinchi 
qarashda beparvo-beg‘am, taqdirlariga tan bergan kabi 
ko‘rinsalar-da, tuslarida qandaydir siqilganlik, ko‘zla- 
rida doimiy bir malol, harakatlarida horg‘inlik tuyular 
edi. Yuraklarida tug‘ilgan ehtiros qiynog‘i, qoniqma- 
gan orzularning alami ulaming yosh, yorqin husniga
165


ko‘lanka tashlagan edi. Bo‘sh vaqtlarda ular ko‘pincha 
ishqdan, eski va hozir ertak qahramoni kabi tuyulgan 
yordan, mard sipohilardan so‘zlashar, kechalarni 
mungli xo‘rsinishlar bilan o‘tkazar edi.
— Yana kim to‘g‘risida pichir-pichir?! — norozi- 
lanib qichqirdi Dildor.
— 0 ‘tir, bilib olasan, — dedi Xumor.
Dildor Eron go'zali Zulflzaming yoniga o‘tirdi. 
So‘z podshohning ba’zi xotinlarinnig yashirin muhab- 
bati, ba’zi g‘unchachilar‘ bilan begimlaming orasida 
bo‘lgan mojarolar, Zubayda og‘acha degan bir g‘un- 
chachining homilador bo‘lganligi va shunga o‘xshash 
haramning ichki, oddiy hayoti ustida borar edi. Dildor 
yuzini ters burdi.
— Qo‘yinglar, bu behuda gaplardan nima foyda! 
Uh, yuragim shunday siqilib ketdiki...
— Yurakning dardini dardlashish bosadi, quloq 
sol! — dedi Davlatbaxt qalam bilan chizgandek nozik 
qoshlarini o‘ynatib.
— Yo‘q, Davlatbaxt opa, eng yaxshisi, bir oz 
cholg‘u chalaylik.
— Bu taklifga men ham tarafdormen, — dedi 
shahlo ko‘zini suzib, turkman go'zali Xumor.
Dildor yugurib borib, Davlatbaxtning xonasidan 
g‘ijjak, tanbur, daf keltirdi. Davlatbaxt tanbumi, 
noziknihol, g‘amgin, xayolchan Asalxon dafni, Zul- 
fizar g‘ijjakni oldi. Asboblami asta-sekin chertib, 
sozlab turilarkan, haligi qui xo‘mrayib o‘taverdi. 
Davlatbaxt uni soxta tabassum bilan imladi, qulog‘iga 
bir nima shivirlagach, u yumshadi, uchlari asta teb- 
ranib turgan sarv og‘ochlarining tagiga borib o‘tirdi- 
da, mudray boshladi.
— Navoiy janoblarining yangi bir g‘azalini eshit- 
dim. Oh, ko‘nglimga yoqqanidan faryod qilayoz- 
dim,— tanburning quloqlarini burab, chertib turib de­
di Davlatbaxt,— so‘zini bilsaydim, sizga aytib berar- 
dim.
1 Podshoh nikohida bo'lmagan saroy xonimlari.
166


— Qayerda eshitdingiz? — qiziqib so‘radi Dil- 
dor.
— Tunov kun Xadichabegimning xos ziyofatlarida 
xizmat qildim. U yerda Hirotning eng usta sozchilari, 
eng sho‘x bekzodalari bor ediki, ulaming bir boqish- 
lariga umrbod qui bo‘lib, xizmat qilmoqqa rozi edim. 
Majlisda juda shirin kuylar aytildi. Ammo Navoiy 
janoblarining g‘azali ko‘nglimni uzib oldi-da... G ‘azal 
shunday boslilanadi, shoshmanglar.
Davlatbaxt qalam qoshlarining uchlarini bir-biriga 
tegizib o‘yladi, sekin-sekin, mayin tovush bilan o‘qidi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin