0 ‘n ikkinchi bob
I
Binafshabog4 ko'klam nurida cho‘miladi. Hindi-
kush tog‘laridan esib, Hirot viloyatiga salqin nafas
yoyib o'tuvchi shamollar sarvzorlarda izg‘iydi.
Hamma yoq gul. Binafshalar mayin ranglari, nozik
boqishlari bilan ko‘zlarni beixtiyor mast etadi. Da-
172
raxtlarga chirmashgan aymoqi gullar yorqin havoda
yangi qorday uchqunlanadi. Yam-yashil chimdan uqa
tutgan va uchlari og‘ochliklar qo‘yniga kirib yo‘qolgan
toza yo‘llar bo‘ylab gulsafsarlar yashnaydi.
Navoiy bog‘chada tanho kezar edi. U bir oz char-
chagan. Har kungidek, bukun ham bir talay kishilarni
qabul qilib, endigina bo‘shagan edi. Olimlar, shoirlar,
mansabdorlar, dehqonlar, faqir talabalar, musofirlar,
navkarlar — hammasi yordam, najot uchun yo
bo‘lmasa dalda olish, yoki dardlarini ochib, ko‘ngilni
bo‘shatish uchun murojaat qilgan.
Shoir ola chalpoq yo‘lda, ko‘lanka bilan quyosh-
ning ajoyib shoirona o‘yini bilan to‘lgan yo‘lda, asta-
sekin yurib, ochiq sahnga chiqdi. Bu yerda mashhur
bog‘bon Darvesh hoji shaftolu, olihirot ko‘chatlarini
o‘tqazmoqda edi.
— Hormang, mavlono Darvesh!
— Assalom, marhamat qiling, taqsir, — ishdan qo‘l
uzmay dedi Darvesh hoji.
— Kayflari nechik?
— AJhamdulillo, soyayi davlatingizda hech
narsadan tashvishimiz yo‘q.
Mehnatni, hammadan ko‘ra mehnatda mohirlikni
sevgan shoir zamon bog‘bonlarining ustodi hisoblan-
gan Darvesh hojining — kichkinagina, jikkak, harakati
tez cho‘qqi soqol cholning ishiga diqqat bilan qarab
turdi. Uning yasagan payvandlarini bir-bir ko‘zdan
kechirdi. Ba’zi maslahatlar xotirga kelsa ham, lekin
bog‘bonning fe’lini yaxshi bilganlikdan aytishga botin-
madi-da, o‘zicha yer ostidan kulib qo‘ya qoldi.
Darvesh hoji hech kimning fikri bilan kelisholmaydi-
gan o‘jar, kajbahs edi.
Bir vaqtlar bu bog‘bon Navoiyning «Fig‘oniya»
bog‘chasida ishlaganda, Jomiy ora-sira kelar va ko‘-
chatlarni qayerga va qanday o‘tqazish to‘g‘risida o‘z
ra’yini so‘ylar, Darvesh hoji esa ulug‘ shoir va pirning
hech bir so‘ziga unamas, u bilan janjallashar ekan.
Keyin Navoiy bu voqeani eshitib, juda zavqlangan.
Jomiy ham kula-kula ko‘p yerda hikoya qilgan.
173
Navoiyning so'zlashga botinmay turganini sezdi
shekilli, Darvesh hojining o‘zi gap ochdi. Odati
bo‘yicha, uzuq-yuluq so'zlar bilan payvandlarni
tushuntirdi-da, keyin, birdan uni unutganday, ishga
berilib ketdi. Navoiy qaytib, gulzor oldidagi supaga
solingan ipak gilamga o‘tirdi. Daraxtlar orasidan tush-
gan quyoshning oltin halqalari gilamda o‘ynaydi.
Olma, noklarning gulbarglari yerga, gilamga, shoir-
ning ipak to‘niga, qor parchalari kabi erinchak
yog‘adi. Tovuslar ko'rkam dumlarini yelpig'ich kabi
yoyib, asta mag‘rur yurishadi.
Sohib Doro1 bir quchoq kitob bilan paydo bo‘ldi.
Beo‘xshovgina o‘ralgan katta sallali, sertavoze, kam-
tarin, o‘qimishli bu mulozim kitoblarni avaylab,
Navoiy oldiga qo‘ydi. Bular eng yaxshi kotiblarga
berilib ko‘chirtirilgan turli mavzulardagi katta-kichik
asarlar edi. Shoir bu kitoblarning mazmunini yaxshi
bilgani uchun, ko‘proq shakliga diqqat qildi. Guldor
charm muqovalaming husni va pishiqligini yaxshilab
ko‘rib, asta varaqlab, kitobning qalamini, oltin bilan
yongan chiziqlami, yozuvni ihota qilgan rasmlarni
tomosha qildi. Har sahifa, jonli chamanzor kabi,
ko‘zni quvontiradi, ba’zi kitoblar Behzodning bemisl
ingichka, sehrkor bo‘yoqlari bilan ziynatlangan edi.
Navoiy Behzod san’ati haqida hayajonlanib gapirdi.
Sohib Doro ham to‘lib-toshib yosh rassomga bo'lgan
muhabbatini so‘zladi.
Gulzor oralab yosh yigitcha Haydar kelib chiqdi.
Bu Navoiyning marhum tog‘asining o‘g‘li edi. Shoir
unga o‘g‘lidek boqardi. Qimmatbaho ipaklik kiyimlar-
ni beparvolik bilan kiygan, mast ko‘zlari beqaror yon
gan Haydar shoir bilan har vaqtdagiday, ehtirom
ila, lekin betakalluf ko‘rishdi-da, kitoblarni shoshib-
pishib ko‘zdan kechira boshladi. Navoiy yuragi
g‘uborsiz, rind tabiatli yigitchaga kulib qarab turdi-da,
so‘radi:
— Bu ishlar to‘g‘risida ne fikr bayon qilursiz?
1 Navoiyning yaqin xodimlaridan biri. 0 ‘qimishli va shoir edi.
174
Haydap kitoblami taxlab, Sohib Doroga topshirdi-
da, bir zum o‘ylab, javob berdi:
— Behzod hamma narsani jonlantiradi. Uiiing
san’ati mo°jizadir. Ammo bu kitoblarni bitgan xattot-
lar nuqsondan xoli emaslar. Xattotlarnnig sultoni
Sultonali qachon Mashhaddan keladi? Bu kunlarda
uning qalami shunday g‘avg‘o ko‘tardiki, Hirotda qa-
yerga borsangiz Sultonali haqida eshitasiz.
Sohib Doro Hirotda ham Sultonali qadar go‘zal
hattotlar borligini so‘zladi, lekin Haydar bilan bahs-
lashishni istamaganidan, kitoblami qo‘ltiqlab, tezgina
jo ‘nab qoldi. Navoiy Sultonalining Hirotga chaqiril-
ganini bildirdi. Yozuv san’atida Sultonalining iste’do-
di va uning ustodi Azhar Hirotiy haqida shoir qiziq
ma’lumot berdi. Keyin Haydaming mashg‘ulotlari
to‘g‘risida so‘radi. Musiqiyda bilimlarini chuqurlatish-
ni uqtirdi. Haydar o‘zining yangi g‘azallarini yoddan
o‘qib berdi. Navoiyga uning sho‘x oshiqona g‘azallari
maqbul bo‘ldi. Lekin katta shoir bo‘lish uchun ilm
kerakligini, shuning uchun ko‘p vaqtni mutolaaga
berish zamrligini so‘zladi. Haydar birdan askarlik
orzusida bo‘lganini aytib, kengash so'radi. Navoiy
uning orzusini uning qarorsizligi natijasi deb tushun-
ganidan, dastlab qovog‘ini solib, sukut qildi. Lekin
Haydar butun ko‘ngli askarlik ishqi bilan to‘la ekani-
ni isbot etmoqqa tirishdi:
— Ota-bobolarim,— dedi u shavqlanib,— she’r va
musiqiy bilan qilich va yoyni g‘oyat go‘zal jo ‘r qil-
ganlar. Men ham bu yo‘lni tanladim. Ajabo, mumkin
emasmi?
— Nega mumkin bo‘lmasin? — dedi Navoiy jiddiy
tikilib. — Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi.
Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o‘zga ulug'roq,
oliyroq bir fazilat bormi? Yurt va davlat uchun o‘t va
suv kechib, zafar bayroqlarimizni, quyosh bayrog‘i
kabi, baland ko‘tamvchi olijanob bahodirlar kerak.
Lekin inson har bir hunarga, har bir mashg‘ulotga
xolis niyat bilan, samimiyat va ishq bilan kirishmog‘i
lozim. Ishq bo‘lmasa, kishi hech bir ishda muvaf-
175
faqiyat ko‘ra olmas. Agar yuragingizda jangovarlik
ishqining mavjlarini sezsangiz, askar bo'lingiz, men
sizni faqat tabriklaymen.
Haydar quvondi. Qilichboz, mard yigitlar haqida
shavq bilan gapirib turarkan, bir necha mulozimlar kelib
qolishdi. Haydar ularga qarab, vaziyatlaridan ulaming
vaqtlari tig‘iz ekanini sezdi-da, so‘zini chala-chulpa
tugatib, xayrlashib katta bog‘ ichida g‘oyib bo‘ldi.
Mulozimlar Navoiyning ota-bobosidan qolgan yer-
laridagi dehqonchilik ishlarini boshqaruvchilar edi.
Shoir ular bilan qo‘sh va ekinlar haqida, dehqonlar-
ning tirikchiligi va narx-navo haqida uzoq ham batafsil
gapirishdi. Omborlarda qolgan o'tgan yilgi g‘allaning
bir qismini qo‘shinga va bir qismini beva-bechoralarga
ulashib bermoq istagini so‘zlab, bu ishga tezda tay-
yorgarlik ko‘rishni buyurdi. Shoir bir nafas orom
olmoq uchun toza, bahavo bir xonaga kirdi.
Peshindan keyin supaga mehmonlar keldi.
Bulaming ko‘pi uning har vaqtki hamsuhbatlari —
olimlar, shoirlar, musiqiychilar edi. Ba’zilari bu uch
sohani ajoyib ravishda birlashtirgan edilar. Har holda
mehmonlar orasida g‘alati, maroqh odamlar bor edi.
Mana, to‘rda o‘tirib, bir so‘zlab, o‘n kulgan savlatli
olim Mir Mirtoz. U yoshlikdan boshlab turli ilmlar
bilan mashg‘ul. U kecha tong otguncha, kunduz
oqshom bo‘lguncha mutolaa qiladi. Biron kishi bilan
masala talashgunday bo‘lsa, o‘zini ham, vaqtni ham
unutib, yetmaguncha qo‘ymaydi. Buning ustiga, u
shatranjga shunday o‘chki, biron o‘yinchi duch kelsa,
haddi bo‘lsin qochishga! Ikki o‘yinchi yo‘liqsa, biri
bilan o‘ynarkan, ikkinchisining etagini mahkam ush-
lab o‘tiradi: «0 ‘ynab ket» 0 ‘qtin-o‘qtin she’r ham
to‘qib qo‘yadi. Uning yonida o‘tirgan o‘rta yoshli,
qotma, ko‘zlari sho‘x olim ozarboyjonlik Xo‘ja
G ‘iyosiddin Dehdoming ajoyib xislatlarini ba’zilar
to‘qqizga, ba’zilar o‘n ikkiga olib boradilar. G ‘iyosid-
din Dehdor har qaysi fanda qizg‘in va maroqli suh-
batlashadi. Juda ta’sirli ovoz bilan ashula aytadi.
Qissaxonlikka boshlaganda, hayratdan hammaning
176
og‘zi ochiladi. Har nav taom tayyorlashda har qanday
mohir oshpazni yo‘lda qo‘yadi. Yana u mislsiz taqlid-
chi. Bir vaqtlar, Navoiyga ilk mehmon bo‘lgan kuni,
u o‘z qobüiyatlarini bir-bir ko‘rsatib, nihoyat, bir
chekkada turishgan qui bilan cho‘rini taqlid qilganda,
butun majlis ahli kula-kula dumalashgan ediki, bu
voqea o‘sha kuniyoq butun Hirotga ovoza bo‘lgandi.
Shoir Sadir kotib hamisha mast-alast edi — na
harakatida, na so‘zida tabiiylik bor! Shoir Mavlono
Ayoziy o‘z she’rini majlisga o‘qib berishdan awal uni
shunday mubolag‘a bilan maqtar ediki, she’ming op-
ochiq nuqsonlarini ham tanqid etmoqqa kishi iloj
topolmay qolardi.
Navoiy supadan pastga tushib, jamoani tabassum
bilan qarshi oldi; mehmonlami yuqori o‘tqazib, o‘zi
quyiroqqa chordona qurdi-da Shayx Husayn jarrohga
murojaat etdi:
— G ‘oyat nozik amaliyotlar1 qilmishsiz, bizni ham
ogoh etingiz.
Tund, kamgap, keksa jarroh quyuq qoshlari osti-
dan qattiq qarovchi ko‘zlari bilan majlisga bir qarab
olib, boshqalaming ham diqqati unda ekanini payqa-
gach, «Tilga olurga arzirlik bir nima yo‘q», dedi-da,
har bir so‘zni o‘lchaganday ohista tushuntira boshladi.
U saroy pahlavonlaridan biriga raqiblari xanjar bilan
o‘n sakkiz joydan shikast berganliklari, hamma jaro-
hatlami shifolashning imkonini qulaygina topib, lekin
yirtilgan ichaklami tikishdagi mushkilotlami, qo‘lla-
gan yangi usulni so‘zlab berdi.
— Bemoming ahvoli nechik? — so‘radi achinib
Navoiy.
— Tobora yaxshilanmoqda, — javob berdi ishonch
bilan tabib.
— Butun Hirot xasta pahlavonning tezda sog‘ayi-
shini, Havzi Mohiyonda o‘z raqiblari bilan bel ush-
lashib, ulami mag‘lub qilishini zo‘r ishtiyoq bilan kut-
moqdadir, — dedi shoir Hofiz Yoriy.
1 Operatsiyalar.
177
Umuman, tib ilmi va jarrohlaming san’ati haqida
juda maroqli suhbat boshlandi. Shayx Husaynning
ham marhum va tirik bir ko‘p boshqa jarrohlaming
eng nodir amaliyotlari to‘g‘risida ertakdek qiziq
voqealar so‘zlandi.
So‘z she’rga ko‘chdi. Shoir mavlono Hiloliy yangi
g‘azalini o‘qidi. Ingichka zavqni ifodalagan bir qarash,
bir tur bilan tinglagan Navoiy suyunib baho berdi:
«Siz she’rda hilol emas, to‘lin oy bo‘libsiz endi!» Bu
so‘z majlisga ma’qul tushdi. «Rost aytildi, xo‘b aytil-
di», deb kulishdilar.
Shoirlarning ichi qizidi; rangli qog‘ozlarga zargar
diqqati bilan chiroyli bitilgan g‘azallar, muammolar,
tuyuqlarga so‘nggi, qat’iy bahoni har kim Navoiydan
kutardi. Shoir chuqur sezgani kabi so‘zning, fikming
eng nozik jilvalarini, xayolning eng nozik ranglarini,
o‘yinlarini xos ma’ni, xos xayol nuqtai nazaridan
asaming badiiy salmoqligini tayinlar, vaznda, qofiya-
da, tarkibda va hokazodagi eng yashirin xatolami, eng
juz’iy nuqsonlami ham darrov ilg‘ar, muloyim tabas-
sum bilan astagina ishorat qilardi.
Mavlono Ayoziy ko‘zidan soqoliga qadar toshgan
g'urur bilan qo‘lida bir parcha qog‘ozni ushlab, sabr-
sizlanib turarkan, Navoiy so'radi:
— Maxdum, ne sovg‘a bilan keldingiz?
0 ‘tirganlar iljayib shoirga tikilishdi. Mavlono
Ayoziy qog‘ozni buklab, tizzasiga qo‘ydi-da, odat-
dagicha, o‘z g‘azalining badiiy xususiyatlari haqida
shoshmasdan gapira boshladi.
— Bizga ham biron so‘z qoldirasizmi? — kulib
murojaat etdi Navoiy.
— Andak sabr qilingiz, — dedi mavlono Ayoziy, —
zeroki, bu sharhlami g'oyat lozim, deb bilurmiz.
— Biz shuaro majlisidamizmi yoki bozorchilar
orasidamizmi? — e’tiroz qildi hazilkashlardan biri.
— Mavlono Ayoziy bo‘lg‘usi hujumlarga qarshi
ulug‘ sad1 yasamoqdalar, g‘olibo! — dedi cholg‘uchi-
lardan biri.
1 Mustahkam devor, qo'rg‘on, qal’a.
178
—
Mavlono Ayoziy, o ‘z odatlaricha, sadni qum
ustiga chekmoqdalar, — kinoya bilan dedi Navoiy.
Mavlono Ayoziy, baribir, tafsiliy izoh berdi. Keyin
qaddini rostlab, baland ingichka tovush bilan o ‘qidi.
She’m ing hech bir misrai xatodan xoli emasdi.
Tinglovchilar birvarakay: «Barakallo!» deb qichqirdi-
lar. Shoir bu kinoyani m adh deb tushundi shekilli,
majlisga faxr bilan qarab qo‘ydi. Navoiy uning ojizli-
giga achindi. Sezdirmay xo‘rsindi. Adabiy suhbat
serzavqlik bilan davom etdi. Hofiz Yoriy, Osifiy,
Shayxim Suhayliy va boshqalar o ‘z she’r va qasidala-
rini o ‘qidilar.
Dasturxon yoyildi. Kosalar, piyolalar, qadahlar-
ning gullari, bahor cham anlariday, boy, nafis, rangin
edi. Ikki-uch ayoqdan may ichildi. Qizil gui bargiday
toza may ko‘zlarga nash’a, suhbatga qizg‘in jonlilik
berdi. Ustod Q ulm uham m ad, Shayx Noiy va bu mu-
siqiy ustodlarining tarbiyasida o ‘sgan bir dasta chol-
g ‘uchilar gulzorlami, iliq oltin havoni sehrli sadolarga
to ‘ldirdilar. Yana chiroyli, xipcha bel ko'zachalardan
may «biq-biq» quyilib, qadahlam i limillatdi. Maypa-
rast sho‘x shoirlar mayga, ulfatchilikka doir baytlar
to ‘qib, mayni she’r bilan, xursandchilik bilan sipqordi-
lar. Serzavq chol olimlar, mudarrislar endi shoirlar-
ning mayga, uzumga doir eng go‘zal baytlarini, ru-
boiylarini qo‘sha-qo‘sha aytib ichdilar. 0 ‘lmas Xay-
yomning she’r gulzorida terilmagan bir gui qolmadi.
Hazil-mutoyiba boshlandi. Ham m a m ehm onlar
kabi, Navoiy ham k o ‘p ichdi, toshib-toshib kuldi.
0 ‘ziga qaratilgan hazillarga so‘zning o ‘tkir, porloq
tig‘lari bilan hoziijavoblik qilib turdi. X o‘ja G ‘iyosid-
din o ‘zining nodir iste’dodlarini ko'rsatdi. U, sho‘x
yigitchaday, ajoyib noz va silliqlik bilan raqs etdi, for-
siy, turkiy kuylar kuyladi. Nihoyat, Hirotdagi b a ’zi
m ashhur zotlam i shunday go‘zal taqlid qildiki, o ‘ltir-
ganlar o ‘rinlaridan qo‘zg‘alolmay qoldilar.
M ehm onlar tarqaldi. U lar ketidan X o ‘ja-Afzal,
Darveshali, yana shoirga yaqin bir necha mansabdor-
lar kirib kelishdi. Navoiy ularni yengil, bahavo
179
ko'shkka, naqshlari ufqqa og‘ayotgan quyoshning
nurlarida rangli olovlar bilan chaqnagan, har ikki
tom oni ochiq oshyonga olib chiqdi. D o ‘stlarning hol-
ahvolini so‘radi, hali tarqalgan o ‘tirishdagi ba’zi han-
gomalarni so‘zlab, ularni kuldirdi. Keyin panjaraga
suyalib o ‘ltirdi-da, ko‘zlarini uzoqlarga, shabadada
yengil to ‘lqinlanib, kechki shu’lalarga ch o ‘milgan
bog‘larga, og‘ochliklarga tikdi. Zangori osmonda ot-
tuyoq shaklida yoyilgan momiq bulutlar sokin suzar-
di... Shoir birdan boshini keskin burib, X o‘ja Afzalga
qaradi:
— Parishonlik... Kechiringiz, g ‘olibo, biron nima
so‘zlamoq istaysiz?..
— Janoblarini b a’zi ishlardan ogohlantirm oq ni-
yatida edik, garchi men aminmenki, barcha sirlar biz-
dan ko‘ra sizga ko‘proq ayondir, — dedi X o‘ja Afzal
Navoiy tom on enkayib.
— Vaqtida ogohlantirmoq — d o ‘stlam ing ishi, —
dedi Navoiy sergaklanib.
X o‘ja Afzal Majididdin M uham m ad parvonachi
o ‘z do‘sti qimorboz Amir M o‘g‘ulni Astrobod hokimi
etib tayinlashga jo n kuydirayotgani, vazir Nizomul-
mulkning kirdikorlari, qozi Shahobiddinning va sha-
har dorug‘a'sining iflos ishlari to ‘g‘risida so‘zladi, oxir-
da podshohning atrofmi nobop, mansabparst odamlar
o ‘rab olganini uqtirdi.
— Podshohning yon bag‘rini bir to ‘da telba itlar
qurshagan, desangiz yana to ‘g ‘riroq b o ‘lar edi, — dedi
xafalanib Navoiy. — Ulardan tunlarda fahsh, fisqu
fujur va anvo ahmoqliklar sodir b o ‘lur. Kunduzlari
shahar, kent kezib, elni talaydilar. Podshoh u itlar
orasida o ‘zini qoplon gum on qilib, ularning kirdikor-
lariga sherik bo'lmoqdadir!
Bu so‘zlardan ch o‘chib ketgandek, ham m a yerga
qarab, sukut qildi. Bir m uddatdan keyin Darveshali
sukunatni buzdi.
— Podshoh hazratlari g‘aflatdalar.., — dedi u tekis
peshonasini uqalab.
' Shahar boshlig’i.
180
— G ‘aflatdan uyg‘otishga, adolat va haqiqat yo‘li-
ga yetaklashga yana g‘ayrat qilurmiz! — dedi ishonch
bilan Navoiy.
— Alisher janoblari,— murojaat etdi yosh bir de-
von m ulozim i,— sizning ko'nglingiz oftobdek sofdir.
Lekin dushm anlar podshohga yorug‘ yulduzlarni qora,
pok niyatlarni chirkin qilib ko‘rsatmoqchilar.
— H ar yerda fitna-fasod tuxumini sepmoqdalar! —
gapga aralashdi qari, ko ‘zi zaif mansabdor.
— Bizning elda bir yaxshi maqol bor, — dedi
Navoiy tabassum bilan. — It hurar, karvon o ‘tar!
Darveshali birdan boshini ko‘tardi, m o ‘ylabini
tishladi. U o ‘z og‘osidan bunday yumshoqlikni emas,
keskin choralarga tayyorlikni, hayajonli bir nutq-
ni kutgan edi. Hislarini yashirolmasdan, titrab gapir-
di u:
— Sizga hasad qiladilar. Sizni ko‘rolmaydilar.
M ajididdin parvonachi h ar qadamda sizga tosh otadi!
X o‘ja Afzal katta, ipak sallali boshini silkib tas-
diqladi. Navoiy Darveshaliga kinoya bilan qattiq tikil-
di.
— Inim , bu toifaning niyatlaridan biz bexabarmiz-
mi? — dedi u jiddiy ham qizishib. — M ajididdin
M uham m ad kirn? U ndan badtarinlar ham bor. Yuz
ming tanga maoshni oz bilib, har burchakda sasib
yuruvchilar bor. V atanni taqsim lam oq orzusida
b o ‘lgan xoinlarni ham bilurmiz. U lam i, albatta,
yo‘qotm oq kerak. Lekin bu ishda mardona va to ‘g ‘ri
b o ‘lm oq zarur. 0 ‘zgalar egri bo ‘lsalar, biz ularga
ergashmaylik. Chaqm oq qancha balandda chaqna-
masin, egri bo ‘lgani uchun, albatta, yerning q a’riga
borur. Shamki, to ‘g‘ri, adildir — kuysa ham boshdan-
oyoq n u r bo ‘lib kuyur.
— M aydonni dushmanlarga taslim etm oq yaxshi
emas, dem oqchi edim, — dedi qizarib Darveshali.
— Bag‘oyat to ‘g‘ri mulohaza, — qo‘l harakati bilan
tasdiqlab dedi Navoiy. — Biroq buni shaxsiy adovat-
larga aylantirmaylik, har bir masalaning holiga to ‘g‘ri,
xolis niyat bilan kirishmoq lozim.
181
— Albatta! — dedi bir necha kishi birdan.
— Biz yurt ko'kidan zulmning qora bulutlarini
quvmog‘imiz kerak, — davom etdi Navoiy. — Kim-
dan xalqqa jabr-zulm sodir bo ‘lsa, u bizning beom on
dushmanim iz b o ‘lg‘usidir. Alhamdulillo, zulm tig‘ini,
qo‘limdan kelgancha, ushatmoqqa bel bog'laganmen.
Bu muqaddas ishda hammamiz yakdil, yaktan b o ‘l-
moqligimiz, o ‘z manfaatlarimizni emas, yolg‘iz xalq
foydasini nazarda tutm oqligim iz kerak. K am ina
uchun bu — haqiqatlam ing haqiqatidir.
H
Navoiy har kun devonda va o ‘zga doiralarda dush-
manlarning yangi-yangi kirdikorlarini m ushohada qila
boshladi. Devonda va o ‘zga doiralarda unga ham
uning ishlariga qarshi chuqur tom ir yoygan fitnalar
kundan-kun ravshanroq sezildi. Shirin so‘z, nazokat,
nozik m uom alalam ing guldastasidan zahar anqir edi.
Majididdin parvonachining boshi kibr bilan kun sayin
ko‘tarildi. Nizom ulm ulk fltna urug‘ini uzoqni m o ‘ljal-
lab, juda maxfiy sepmoqda. U lar m uhim davlat ish-
larini Navoiy ishtirokisiz hal etishga tirishadilar. Bir
vaqtlar jinoyatlari uchun Navoiy mansabdan quvgan
am aldorlar yana yuqori poyalarga intiladilar.
D ushm anlarning davlat va xalq manfaatiga ziyonli
har bir chora va tadbirlariga Navoiy o ‘z nafratini
bildirdi. Lekin dushm anlar u bilan hisoblashmoqqa
majbur bo ‘lsalar ham, uning zarbasi ostida qayta-qayta
singan qurollarini yig‘ishtirmadilar.
Bir kun, zakot masalasida M ajididdin bilan kuchli
to'qnashuvdan keyin Navoiy H usayn Boyqaroga
murojaat etdi. Podshoh uni, aksar vaqtdagi kabi, lutf-
korlik bilan qabul qildi. Shoir uning nom idan qilina-
yotgan m ash’um ishlami to ‘la tushuntirdi, yarani avj
oldirmasdan kesib tashlash xususida kengash berdi.
Husayn Boyqaro shoim i diqqat bilan tingladi. Lekin
allakim lar b ilandir hisoblashm oq lozim ekani,
allakimningdir ko ‘nglini ranjitmaslik haqida dudmal
gaplar bilan chegaralandi-da, o ‘m id an turib, shoim i
182
chog‘ir bazmiga taklif etdi. Navoiy uzr so‘radi va
quruqqina xayrlashdi. Saroydan chiqib, otni Xiyobon-
boshiga haydadi. Sa’diddin Koshg‘ariyning qalin da-
raxtlar bilan qoplangan, salqin shamollarga maskan
bo‘lgan sokin m ozori oldida otdan tushdi. Eshikni
itarish bilan ichkaridan tanish xizmatkor yugurib
chiqib, jilovni tutdi. Navoiy tashqari hovlining to ‘rida-
gi ikki darichali pastgina, ko‘rimsizgina uyga kirdi.
Oltmish yoshlarga kirgan, lekin hali tetik chol
Navoiyning e ’tiroziga qaramay o ‘m id an turdi, atro-
fida uyum-uyum qalashib yotgan kitoblarni oralab
o ‘tib, donishm and ko‘zlarida barq urgan shodlik bilan
juda samimiy, m ehribon ko‘rishdi. Bu — mavlono
Abdurahmon Jom iy edi. U minglab odam lar ixlos
qo‘ygan dongdor shayx, she’ri, ilmiy asarlari bilan
ovozasi o ‘z yurtidan uzoqlarga ketgan ulug‘ shoir,
olim va mutafakkir... Butun mam lakatning olimlari,
shoirlari, akobir a ’yonlarigina emas, balki podshoh va
shahzodalar o ‘zlarini unga yaqin tutishga tirishadilar,
ixlos bilan unga t a ’zim qiladilar. Lekin bu chol g‘oyat
sodda va kam tar. Uning burushqoq maxsisidan bosh-
lab oddiy sallasiga qadar darveshona edi. Jomiyning
zohiriy soddalik va kamtarinligida buyuk m a’naviy
kuch ravshan sezilardi. Lekin uning dong‘ini eshitib,
zarrin to ‘nlarga o ‘ralgan, sersavlat, serhasham bir
shaxsni o ‘z tasaw urida yaratgan b a ’zi odam lam ing
haqiqiy Jom iy bilan ilk uchrashganlarida, qo‘pol
m atodan tikilgan darveshona libosli bir keksani ko‘rib:
«Bu — hazrat Jomiyning xizmatkorlaridan bo‘lsa
kerak», deb o ‘ylab, keyin juda o ‘ng‘aysiz holga tushib,
qizarganliklari nodir voqealardan emasdi.
Jomiy m ehm onni yumshoq p o ‘stakka o ‘tqazdi.
0 ‘zi aw algi o'ringa, kitoblar orasiga o ‘tirdi.
— Janoblarini ko‘rmoqqa bukun ko‘ngil, filhaqi-
qat, m ushtoq edi, — dedi chol qisqagina oq soqolini
silab qo ‘yib.
— M ening k o ‘nglim har soat bu maskanga tolpina-
di. Ne qilaylikki, mashaqqatlardan qutulm oqqa imkon
yo‘q, — dedi Navoiy.
183
— Uzringizni tangri ham qabul qilur, nainki, biz
kabi zarrai xok! Elga xolisanlillo xizmat qilmoq insoni
kom ilning ishidir. Bu nav zahmat-mashaqqatlar aslida
farog'atdir.
Navoiy davlatda ro ‘y berayotgan tartibsizliklardan,
haqsizliklardan ranjiganini qisqa bayon qildi.
— Sizning elga muhabbatingizning toza gullarini
k o ‘rmoqdamiz, — dedi Jomiy yumshoq ohang bi
lan. — Emdi el, ulusga farovonlik mevalarini k o ‘rmoq
nasib b o ‘lsin. H ar nav mushkilot b o ‘lsa, podshohga
aytm oq lozim.
Bu ikki shoir, yosh farqiga qaramay, tarixning egiz
farzandlari edi. Shaxsiyatlaridagi m a’naviy kuchlar-
ning boyligi ulam i uzilmas, tebranmas do‘stlik bilan
bog‘lagan. Navoiy o ‘z otasi tengli Jomiyni daryoyi
ilmi, porloq she’ri, olijanob, sof qalbi uchun yoshlik-
dan ixlos bilan sevadi, ustod kabi hurm at qiladi. Jomiy
ham Navoiyni ayni fazilatlari uchun sevadi. Asrlarcha
shoirlar quruq tikanzor deb bilgan turkiy tilda ajoyib
cham anzorlar ko‘ra oigan va ulardan xirmon-xirmon
toza, yorqin guldastalar yasagan va maqsad yo‘lining
toshliqlarida ternir iroda bilan odim otgan ham ko‘p
turli qobiliyatlami o ‘z shaxsida g‘oyat ko‘rkam jam
qilgan bu ikki tilli shoirga tan beradi. Shunday zamon-
dosh bilan do ‘stligi uchun faxrlanadi.
Odatdagicha samimiy, jonli, iliq suhbat boshlanib
ketdi. Navoiy ko‘pincha bu yerda tasaw u f falsafasiga1
doir masalalar ustida so‘zlashardi. Jomiy bu falsafani
eng chuqur biluvchilardangina emas, balki o ‘z hayoti-
ni bu falsafaga muvofiq qurgan yirik namoyandalar-
d an edi. Lekin shoirlaming falsafiy suhbatlari ertakday
jonli, rangdor oqardi.
Navoiy tarixda m ashhur shayxlaming hayotlari,
fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar
yozishni Jomiyga taklif etdi. Jomiy bunday orzu uning
diliga ko ‘pdan buyon jo b o ‘lganini, Navoiyning ilho-
mi va yordami orqasida bir kitob vujudga keltirish
' S o 'filik , darveshlik faisafasi.
184
mumkinligini bayon qildi. Navoiy suyundi. Asar tuga-
gach, forsiychadan, albatta, o ‘zbekchaga taijim a
qildirajagini so‘zladi. Kitob haqida uzoq so‘zlashdilar.
Navoiy darichaning ro ‘baro‘sida, hovlida o'sgan yosh,
baland chinorga qaradi. Kech b o ‘lib qolgan. Ket-
moqqa ijozat tiladi. Jomiy tepasidagi tokchaga qo‘l
uzatib, qalingina kitobni oldi. U ning ichiga qo ‘yilgan
ayrim, ensiz kesik qog‘ozlardan birini chiqardi-da,
kulimsirab, dedi:
— M ir, siz k o ‘ngil daryoyingizdan bir durri beba-
ho chiqaribsiz, xalq orasida bisyor shuhratga sazovor
bo‘libdi. U ni biz ham tatabbu etdik va bu uslubda bir
nima yozm oqqa harakat qildik. K o‘ring, shoyad
maqbul bo ‘lg‘ay, — qog'ozni Navoiyga uzatdi.
Navoiy k o ‘zlarini Jomiyning chiroyli yozuvlari
ustida yugurtdi. Bu — Navoiyning «Ochmag‘ay erding
jamoli olam oro koshki» misrasi bilan boshlangan
g‘azalining ayni vazn, qofiya, radif bilan Jomiy
tom onidan yozilgan forsiy nanflunasi edi:
Dostları ilə paylaş: |