Asr oshgan asarlar


Otashin la ’leki toji xusravonro zevar ast



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Otashin la ’leki toji xusravonro zevar ast,
Ahkare bahri xayoli xom puxtan bar sar ast'.
Bu — «Tuhfat ul-afkor»ning m atlai — ilk bayti edi. 
Bu — shoirning kayfiyatiga, ruhining mohiyatiga, 
imoniga eng mos tushgan bayt — uni quvontirdi. Ot 
boshini silkib, o ‘qtin-o‘qtin pishqirib, adirlardan,
' M a ’ n o s i: « P o d sh o h la m in g tojiga ziynat u c h u n taqiladigan p o rlo q , yonib 
tu rg an la ’l h a q iq a td a esa p o d sh o h boshidagi x o m fik rlam i, x ay o llam i p ishiruvchi 
c h o 'g 'd ir» .
239


dovonlardan osharkan, shoiming xayoli ham asaming 
ayrim ch o ‘qqilarini egallab uchardi.
0 ‘rgangan ot cho‘lda rabotning qalin, baland 
devorlari oldida asta to ‘xtadi. Shoir yerga tushdi. 
Qarshi oigan saroybonga otni tutqizdi-da, qaddini rost- 
ladi. Etaklarini qoqdi. Rabot ichida qo‘ngan yo‘lchi- 
lar — karvon ahli, otlar va tevalar anchagina edi. 
Shoirni taniganlar darrov kelib, ta ’zim, hurm at bilan 
hol so‘rashdi. Ovqat tayyorlashga urindilar. Navoiy 
b o ‘sh xonalardan biriga kirdi, uvushgan oyoqlarini 
uzatib, bir oz hordiq chiqarib yotdi. Keyin qalam- 
davot talab qilib, Jomiyga xat yozdi. U ning yangi 
asarini yuqori taqdirladi, yana uning ulug‘ qalbidan 
yangi-yangi she’r gavharlari kutishini arz qildi. 
N ihoyat, maktub oxirida, Marvga yetguncha yo‘lakay 
o ‘zi ham bir asar yozishga qaror qilganini va buning 
ilk baytini qayd etdi. Bu xususda o ‘z fîkrini bildirish- 
ni Jom iydan o ‘tindi, keyin qog‘ozni yaxshilab bukla- 
di, un i H irotga ketuvchilardan berib yuborm oq uchun 
rabotning shov-shuvli qo‘rasiga chiqdi...
n
D o ‘stlar Navoiyni kuzatib, uning oltin barglar 
bilan qoplangan bog‘ida, xuddi o ‘z yerlarida sayr 
etgandek, ancha vaqt kezishdi, turli mavzularda, 
talashuv-tortishuvsiz, jonli, dilkash suhbat qilishdi. 
Faqat M ir M irtoz boshliq bir neeha ashaddiy shart- 
ranjchilar yoqimli oftobga gilam yozdirib, o ‘yin bosh- 
lar ekanlar, Sultonmurod o ‘yinga qiziqib, talabalarini 
k uttirib 
qoldirishdan 
q o ‘rqdi-da, 
hech 
kimga 
sezdirmasdan, bog‘ni tark etib, Shohrux madrasasiga 
ildam jo ‘nadi. Yoshlari o ‘n olti bilan o ‘ttiz orasida 
b o ‘lgan o ‘n to ‘rtta doimiy shogirdlarini, ilmdagi dara- 
jalariga muvofiq, kichik guruhlarga bo ‘lib, peshinga 
qadar diniy va dunyoviy ilmlardan dars berdi. Keyin 
hujrasiga kirib, kitoblar orasida yumshoq p o ‘stakka 
o ‘tirib, insondagi bilimlaming mohiyati va ulam ing 
m anbai haqida o ‘ylab ketdi. Tunov kun Navoiy bilan 
b o ‘lgan qizg‘in suhbatda shoirning bu haqda o‘rtaga
240


otgan mulohazalarini chuqur tahlil qildi; eski faylasuf- 
laming nazariyalari bilan solishtirdi. Yozm oqchi bo‘l- 
gan kitobida bu masalalarni m um kin qadar keng 
oydinlatishga qaror berdi.
Kunjut sepilgan no n bilan sarig‘ m ag‘izni chaynab, 
fikrlariga berilib, o ‘zicha kim lar bilandir xayolan 
bahslasharkan, Zayniddin kirib keldi. D o ‘stini keyingi 
vaqtlarda siyrak k o ‘radigan bo ‘lgani uch u n juda 
sog‘ingan Sultonm urod cheksiz quvonch bilan qu- 
choqlab, o ‘z yoniga o ‘tqazdi. Sultonm urod Shohrux 
madrasasiga mudarris tayin etilgan vaqtda Zayniddin 
o ‘zini xattotlik, m usiqiy va shatranjga butunlay 
bag‘ishlagan edi. H aqiqatan, bu uch sohada u zamon- 
ning oldingi kishilari qatoriga o ‘ta boshlagandi. 
B undan tashqari, u toshlarga o‘yma naqshlar solish, 
bitiklar yozish san’atida ham m ahorat kasb etgandi. 
Shuncha m ashg‘ulotga qaramay, Zayniddin sho‘x, 
yengil hayot va ajoyib mojarolar uchun vaqt topar, 
ko‘rinishda go‘yo bekorchidek yashar edi.
D o ‘stona hazil va ginaxonlikdan so‘ng ular birpas- 
da talay voqealar to ‘g ‘risida so'zlashib olishdi, 
N ihoyat, Zayniddin tashqi ko ‘rinishda tam om bepar- 
vo olimning soqol bosgan yuziga tikildi-da, boshini 
chayqadi.
— Seni ishq ofati ich-ichingdan yondirm oqda... 
Ishq dardi eskigan sari o'tkirlashadi.
— Yanglishasen, m en ishq dardini yengmoqqa 
qodirm en, — g‘amgin so‘zladi Sultonm urod.
— Yashirish m um kin emas! Navoiy janoblari yozda 
«Farhod va Shirin»dan bir bobni o ‘qib berganlarida 
sen bor eding, shekilli. M ana bu misralam i xotirla:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin