Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Ko ‘zing qarosi balo, 
Borib ayting, to ‘rg ‘aylar,
Netay, men unga shaydo! 
Bu g ‘arib kimni poylar?
Arz-holimni yetkur, 
M endek kuyganmi Majnun
Chamandan esgan sabo! 
Shuncha yil, shuncha oylar?
Chertma, jo ‘ram, torimni,
Elga yoym a zorimni,
Tushda ham k o ‘rolmayman
Hirotdagi yorimni!
204


Arslonqul qalpog‘ini qo‘liga olib, «Qo‘y-e!..» deb, 
biron ishdan um idni kesganlar singad, qo ‘lini silkidi- 
da, ikki-uch qadam qo‘yib, allanechuk xijolat bilan 
birdan to ‘xtadi; qarshisida bir guruh kishi unga tikilib 
turar edi. Bulaming ichida boyagi ustalardan boshqa 
yana ikki-uch notanish shaxs bor edi. Bu notanishlar- 
dan biri — yaxshi kiyingan, ulug‘vor, ham m aning 
diqqatini o‘ziga tortgan odam — ingichka tabassum 
bilan dedi:
— Nega q o ‘shiqni bas qilding, yaxshi yigit? Biz 
yana tinglam oqchi edik. So‘zimiz haqiqatmi? — usta- 
larga qaradi u.
Q o‘lida katta qog‘ozga solingan bino tarhini ushlab 
turgan qari usta boshi bilan tasdiqlab, salmoqlab 
so‘zladi:
— Balli, dard bilan so‘ylading qo ‘shiqni, inim.
— Albatta, biz qo‘shiqdagi samimiy dardning 
cho‘g‘i bilan zavqiyob bo ‘ldik. Z otan, qo ‘shiqning asli 
joni ko ‘ngilning dardidadir, — dedi yana haligi odam.
Arslonqul, bunday m uomaladan so‘ng o ‘zini tutib 
oldi-da, qo'lini qovushtirib so‘zladi:
— Taqsir, kamina qulingiz hofiz emas. M eni 
uyaltirm anglar, anchayin, o ‘zim izcha g‘in g ‘illab 
qo'yamiz b a’zida...
— Y o‘q, qo ‘shiqni bahuzur aytib ishlayver, toki 
ham m a bahram and bo ‘lsin, — dedi haligi kishi.
Arslonqul g ‘isht, tosh tashib chiqayotganlarga ko‘zi 
tushib, ish boshlanganidan ogohlandi. «Kechirgaysiz- 
lar!» deb pastga yugurdi. Yuqoriga g‘isht ko‘tarib 
chiqqanda, Arslonqul kuchli taajjubda qoldi: haligi 
odam qim m atbaho to ‘nning etaklarini beliga qistirib, 
yeng uchlarini shimargan holda astoydil ishlamoqda
— ustalarga g ‘isht, ganch uzatm oqda edi. Yigit ko‘z 
uchini qisib unga tikildi-da, yelkasini qisdi: «Katta 
amaldorlarga o ‘xshaydi-ku, am m o fe’li boshqacha 
ekan. Qani, shu ishlashda birpas tob berarmikan!»
Arslonqul har gai unga zimdan bir qarab q o ‘yar 
edi. Ammo uning ishida sustlashish emas, aksincha
terlagan yuzida borgan sari ishga m uhabbat, qiziqish
205


sezdi. Nihoyat, Arslonqul chidamadi-da, o ‘zi bilan 
yonma-yon tushib boruvchi bittasini turtdi va qo‘li 
bilan yuqoriga ishorat qildi.
— U1 
janob kim b o ‘ladi? Juda berilib ishlayaptida. 
Yo bizga o'xshash sarkordan qo ‘rqadimi? Xo-xo-xo.
— Voy, gumroh, tanimaysanmi hali! — deb 
qadam ini sekinlatdi u.
— Yo‘q, kim?
— Navoiy hazratlari-yu! K o‘pincha kelib, shunday 
g ‘ayrat bilan ishlaydilar.
Arslonqul cho‘chib to ‘xtadi: «Navoiy!» dedi u o ‘z- 
o ‘ziga va orqaga qayrilib, allaqanday toshqin m ehr 
bilan ko‘zlarini yuqoriga qadadi...

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin