Hujjatlarga qo’yiladigan talablar Hujjatlar matniga quyiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd qiluvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborogni xolis aks ettirmog’i lozim. shu ning uchun hujjatlar tilida so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish va erkalash qushimchalarini olgan so’zlar, kutarinki-tantanavor yoki bachkana so’zlar, dag’al so’zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so’zlar, o’xshatish, jonlantirish, mubolag’a, istiola, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan hujjat chinakkam hujjat bo’la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lundalik mazmuniy to’liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o’ziga xos uslubi, undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun xam otga yaqin so’z shakllari tanlanadi, ya’ni "harakat nomi" deb ataluvchi so’z shakllari faol ishlatiladi: "...tayyorgarlikning borishi haqida", "...qarorning bajarilishi to’g’risida", "...yordam berish maksadida", "...qabul qilishingizni so’rayman" kabi. Fe’l shakllarining qo’llanilishida xam bir muncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majxul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki utgan (yoki xozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining." qo’llanish darajasi anchayin Yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabi.
Hujjatlardagi gap tuzilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarining birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. shu ning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llaniladi. Lekin gap tarkibida odatdagi so’z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo’lgan g’ayriodatiy so’z tartibi (inversiya) ga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so’roq va undov gaplar deyarli qo’llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi xabar berish na buyurish vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis bayonida esa ham axborot ("eshitildi..."), ham buyurish ("Qaror qilindi...") o’z ifodasini topadi. Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. YAkka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko’rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo’ladi. shu ningdeq, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) xam birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko’plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: "...ga ro’xsat berishingizni so’raymiz", "...deb hisoblaymiz"; " ma’muriyat talab qiladi", " boshqarma so’raydi" kabi.