Asr oshgan asarlar


Diydam e diydori on dildori ra ’no koshki



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Diydam e diydori on dildori ra ’no koshki,
Diyda ravshan kardame az xoki on po koshki.
Navoiy g‘azalni shavq bilan tovush chiqarib o‘qidi. 
Cholning o‘siq qoshlari tagidan qaragan, har vaqtdagi 
kabi, sokin, ishonchli, dono ko‘zlariga tikildi.
— Bizning g ‘azalimiz el orasida bir qadar shuhrat 
tutgani haqida rivoyatlar bor, — dedi Navoiy kam- 
tarinlik bilan.— Sizning xolis durri gavhardan chizil- 
mish bu badiangizning shuhrati ja h o n n i tutishi 
muhaqqaqdir.
Jomiyning ko ‘zlarida, soqollarida samimiy, oq- 
ko‘ngil tabassum toshdi.
— Bir nusxa k o ‘chirib olmoqqa ijozat berursiz. — 
Navoiy ko‘zlari bilan qalam, dovot qidira boshladi.
— Z ahm at chekmangiz, — qo ‘li bilan yengil isho- 
rat qilib dedi Jomiy, — bu nusxani siz uchun maxsus 
ko‘chirib qo‘ygan edim.
— U holda tuhfangizning qiymati biz uchun 
behisob ortdi.
185


Navoiy qog‘ozni avaylab taxladi-da, kissasiga soldi 
va xo‘shlashdi. Jomiy uni tashqi eshikka qadar kuza- 
tib q o ‘ydi.
X uftondan keyin Binafsha bog'ning sufasida Hirot- 
ning eng dongdor m e’morlari, binokorlari, sangtarosh- 
lari, naqqoshlaridan iborat qirq-ellik ustod yig‘ildi. 
Bulam ing aksari maxsus maktab ko‘rmagan bo ‘lsalar- 
da, asrlam ing tajribasini mukammal o ‘zlashtirgan, 
ijodchi fikrga ega ajoyib ustalar edi. Shoir ularga Injil1 
yoqasida qurm oqqa qaror qilgan oliy im oratlari 
to ‘g ‘risida so‘zladi va ustodlar bilan yarim kechaga 
qadar kengashdi.
O'n uchinchi bob
I
M ajididdin o ‘zining podshohdan tilab oigan yeri- 
dagi yangi bog‘chasida, ilk gullari endigina ochilgan, 
ko ‘shklarining naqshlari hali qurimagan, daraxtlari 
yosh, lekin havodor yerda ziyofat berardi. Haftalab 
ichishga odatlangan mayxo‘r beklar va mansabdorlar 
k o ‘p ichib, qizarib, lekin hushyor suhbatlashar edilar. 
Y olg‘iz kaltakesakdek rangsiz, qonsiz m avlono 
Shahobiddinning kayfi joyida edi. U m ehm onlam ing 
qay biri bilan hazil-mutoyiba qilishni bilmasdan, 
m ashhur qiziqchi Abduvosening bukun taklif etilma- 
ganidan shikoyatlandi. M ajididdin parvonachi ko‘z- 
larini ayyorcha qisdi.
— Janob qozi, bukun biz Abdulvoseni qasddan 
d a ’vat etmadik, andak muzokaralarimiz bor...
— 0 ‘zingiz ham mutoyiba, latifa ustodlaridansiz- 
ku, boshlayvering, — dedi Amir M o‘g‘ul.
— Yo‘q, janoblar, m en arkoni davlat va amirlar 
bilan hazillashmoqni ilal’abad2 tark etdim, — q o ‘lini 
silkib, dedi Shahobiddin.
1 H irotda kichik bir nahr.
! Mangulik, hamishalik.
186


— Sababini bilamiz, — dedi kinoya bilan kulib 
Majididdin. — Alisher ta ’ziringizni beribdi-da.
— Bu jihatdan biz bexabarmiz, ne voqea? — 
qulog‘ini dikkaytirdi olifta kiyingan, yoshi ulug‘ 
b o ‘lsada, bachkana qiliqli mansabdor X o‘ja Xatib.
— Bir majlisda Alisheming menga qaratgan muto- 
yibasiga shul onda javob bergan edim, bag‘oyat xafa 
b olibdilar, — qix-qix kulib gapirdi Shahobiddin.
— Menga duch kelgan qulonday, bir o ‘q bilan 
o ‘maribsizda shoimi! — kerilib dedi ovchi beklardan 
biri.
M ajididdin «muzokara»ga yo‘l tabiiy ravishda 
ochilganiga suyundi. H am m aning diqqatini jalb et- 
moqqa tirishib, falokatdan xabar berayotgan singari, 
tovushini pasaytirib, gapirdi:
— Shukur qiling, taqsir! Hozirgi mavqeingizni, bu 
majlislami o ‘zingiz uchun olio taoloning ulug‘ n e ’- 
mati, deb biling, janob qozi! Alisheming dast panjasi 
zarbini hali totmabsiz. Bihisht kabi shahrim izdan sizni 
haydab yuborsa, q o ‘lingizdan ne kelur edi?
— Sadag‘ang b o ‘lay, m endan ne gunoh sodir 
b o ‘ldi? Olio taolo bunday qora kunni hech bandasi- 
ning boshiga solmasin! — ko‘zlarini katta ochib dedi 
Shahobiddin.
M ajididdin xaxolab, kaftlarini bir-biriga urdi.
— X uroson shoirlarining sarom adi m avlono 
Binoiyning taqdiri ne bo ‘ldi? Yurtdan haydalmadimi?
— M avlono Binoiy sayohat uchun ketdi, — dedi 
bir chekkada shatranj o ‘ynayotganlardan biri.
— Behuda gap! Siz bexabarsiz... — o ‘yinchiga 
xo‘mraydi parvonachi.
— M avlono Binoiy Alisheming tarbiyasi soyasida 
nom va shuhratga erishdi. Binobarin, har yerda o‘z 
ustozini masxaralashdan zavqlandi. H irotdan j o ‘nash- 
da ham eshagi uchun «to‘qumi Alisher» degan bir 
baloni ixtiro etib, butun Hirotga suron soldi. M en 
Alisherga nima yom onlik qildim, xo‘sh? Yolg‘iz uning 
ona tilida she’r aytishini yoqtirmaymen, xolos! — dedi 
b o ‘g‘ilib Shahobiddin.
187


— M avlono Binoiyning ham o ‘zga aybi yo‘q, — 
gapga aralashdi X o‘ja Xatib. — Binoiyning e ’tiqo- 
dicha, turkiyda she’r so‘ylamoq — behuda harakat. 
Shuning uchun ularni mazax qiladi.
M avlono Shahobiddin achchig'iga chidolmagan- 
dek, piyolani shoshib sipqordi, uzun soqolini qo‘li 
bilan artdi.
— Balli, biz ham shu fikrni m a’qullaymiz, — 
k o ‘kimtir sallali boshini g‘urur bilan chayqab dedi 
mavlono Shahobiddin. — Firdavsiy, Nizomiy, Shayx 
Sa’diy, Hoflz Sheroziy kabi she’r samosining oftoblari 
jahonni nurga to ‘ldirsalar, bizning turkigo‘ylarning 
qora chirog‘i o ‘z kulbalarini ham yoritmoqdan ojiz- 
dir. Eronki, she’m ing va ilmning xazinasidir, uning 
lisonini ollo taolo ilhom chashmasi bilan sug‘oribdir, 
bas, u lisonda yozmoq kerak...
Doimiy ichkilik va qim or bilan kechirilgan tun- 
larning horg‘inligi yuzida ochiq ko ‘ringan Amir M o‘- 
g‘ul mast, qiyiq ko ‘zlarini Shahobiddinga tikdi va 
qo ‘lini cho‘zib, u bilan guldor piyolalami cho‘qish- 
tirdi.
— Fikringiz to ‘g‘ri, — dedi u hansirab, — yo‘q, 
m en bu masalaga e ’tibor bermaymen. Mayli, bulbullar 
qatorida turum toylar ham sayray bersinlar. Bulami 
ham tinglovchilar, suyuvchilar bor.
— Eshitishimcha, Navoiy sozining ovozasi bir 
yoqdan Qozonga, ikkinchi yoqdan X o‘tan va Kosh- 
g ‘argacha yetibdi, — qistirib q o ‘ydi beklardan 
biri.
Amir M o ‘g‘ul so'zni kesgan bekka yer ostidan 
yom on tikilib, mayni suvday sipqordi-da, davom etdi:
— M eni tashvishga solgan boshqa bir jihat bor. 
H am m a balo shundaki, Xuroson davlatini Navoiy o ‘z 
q o ‘liga oldi. Jamiki ishlarga, jamiki mansablarga ip 
solib qo‘ydi u. Axir ota-bobolari sohibqiron Temurga 
va uning avlodlariga qui yanglig‘ xizmat qilgan ba’zi 
beklarda bukun ixtiyor qolmadi. M a’lumki, davlatning 
tiragi beklardir. U lar o ‘z vazifalarida hamisha hur va 
mustaqil b o ‘lganlar. Navoiy davlatda qadim rusum va
188


qoidalami yakson qilmoqda. Shaharlam ing, viloyat- 
larning hokimlari hisob-kitobni qo ‘ltiqlab, b o ‘zchining 
mokisiday H irotga qatnab turishlari lozim emish. 
Xalq, adolat, qonun degan shiorlar pardasi ostida 
Navoiy, bilmadim, yana nim alar o ‘ylab chiqarar ekan!
Amir M o‘g ‘ul ko‘pchilikka ta ’sir ko‘rsatdi. Shat- 
ranj o ‘ynovchilar ham o ‘yinni tezroq tugatish uchun 
sabrsizlanib qoldilar. Majididdin parvonachi qo'sha- 
qo‘sha qim m atbaho uzukli barm oqlarini yengilgina 
qisirlatib, ustodona tur bilan majlisga qaradi, ham- 
maning diqqatini jalb etgach, qizishib gapirdi:
— Navoiyning xalq va adolat haqidagi muloha- 
zalari har bir tajribakor, korsoz davlat arbobi uchun 
quruq safsatadan o ‘zga gap emas. Xalq bir podadir. 
Podani yo'lga solmoq uchun cho‘ponga yolg‘izgina 
mustahkam gavron kerak. Navoiy qosh qo'yam en, 
deb k o ‘z chiqarmoqchi. M asalan, Navoiy b a ’zi muh- 
taram qozilarimizni, amaldorlarimizni xalqqa jabr- 
sitam qilishda ayblagan ediki, butun m am lakatda xalq 
hushyorlanib qoldi. Amaldorlar, hatto viloyat hokim ­
lari ustidan har kun benihoyat ko‘p shikoyatlar yog‘ila 
boshladi. Bu siyosat emas, hamoqatdir. Ne qilaylikki, 
xoqonimizning muborak ko‘zlarini bu haqiqatlarga 
hanuz ocholmadik.
— Podshohimizga achinam en, — dedi boshini 
qayg‘uli tebratib X o‘ja Xatib. — Alisher Navoiy el va 
ulusga o‘zini yaxshi ko‘rsatur, mamlakat uning guruhi 
qo‘lida o ‘yinchoq bo ‘lur. Bir vaqt besabab m ening 
boshimga tosh yog‘dirgan johil olom onni zanjir- 
band qilinmasa, u yana dahshatli voqealarni qo‘z- 
g‘ar. Navoiyning adolat, qonun shiorining orqasi — 
zulmat!
— Zulmat! Zulmat! — tupurigini sachratib, g‘azab 
bilan qichqirdi mavlono Shahobiddin. — H aq so‘zni 
dedingiz, janob Xatib, dalil va isbot darkormi? Xotir 
shariflari uchun bir dalil: kamina o ‘z aziz um rining 
gulini, fikrining javharini sarf etib, bir asar vujudga 
keltirdimki, nafsilamrda bu kabi kitob na arab, na fors 
va na hind lisonida misoli yo‘qdir. M en bu asarda
189


Q ur’oni karim oyatlarini va suralarini bag‘oyat oson 
topm oq yo'llarini ko‘rsatdimki, har bir musulmon 
u ch un behad foydalidir. Bovujud sa’y-g‘ayratimga 
nazar solmadilar. M adrasalaming eshiklari kamina 
uchun yopiq. Navoiy atrofîda jam bo'lgan ham 
m adrasalarim izda dars aytgan m udarrislar ilmiy 
hay’at, riyoziyot va m antiq kabi dinimizga rahna so- 
luvchi, m usulm onlarning pok e ’tiqodida shubha 
tug‘diruvchi ilm ahllaridirlar. Qani dinu diyonat? 
Qani adolat?
— 
Bu gaplam i el orasida ro ‘y-rost so‘zlamoq kerak, 
janob qozi! — dedi Majididdin.
M ajididdin soqiyga — juda yaxshi kiyingan, nozik, 
chiroyli yigitchaga — ishorat qildi. G o ‘zal qadahlarda 
lolarang sharob ketma-ket quyildi. Mastlik dillarning 
qulfini ochdi. Xazinadan tum an-tum an oltin-kumush 
oluvchi beklar, mansabdorlar butun-butun shahar- 
larga, butun-butun viloyatlarga ega bo ‘lish to ‘g‘risida- 
gi xayollarini cherta boshladilar.
Ulfatchilik eng qizigan paytda lapanglab mag‘rur 
T o ‘g‘onbek kirib keldi — egnida zarrin yoqali ko‘k 
shohi chakm on, boshida m o‘g‘ulcha qalpoq, belida 
rang-barang toshlar qadalgan serbar kamar, qo ‘lida 
kum ush bandli qamchi... U Xadichabegimdan tug‘il- 
gan va podshohning sevikli o ‘g‘li Muzaffar Mirzo- 
ning — hali yosh shahzodaning — xos yigitlari qatori- 
ga M ajididdinning yordami bilan kirib olishga muvaf- 
faq b o ‘lgan edi.
M ast beklar T o ‘g ‘onbekning taqir sipqorilgan 
qadahidan ataylab bir qatra qoldiq tom dirishga 
tirishdilar. Qadim odatlam ing xotirasi uchun unga 
to ‘qqiz m arta qadah tutishga jazm qilishdi. Eski odat­
lam ing ezguligiga chuqur ishongan T o ‘g ‘onbek e ’tiroz 
qilmadi. Yolg‘iz kinoyali iljayish bilan to ‘ng p o ‘ng‘illa- 
di: «Bobolarning arvohini shu angishvona bilan 
yupantiram anm i?» T o ‘g‘onbekning angishvona dega- 
ni katta qadah edi. Beklar, qadimning bo ‘limli yigiti, 
deb uning yelkasini qoqdilar. U uchun kattaroq xitoyi 
bo rd o q keltirildi. Xipcha belli soqiy qatorlagan
190


ko‘zachalardan lim-lim quya boshladi. T o ‘g‘onbek 
ch o ‘kka tushib oldi. U chanqovdan og'ilni buzib 
chiqib, duch kelgan ariqni ochko‘zlik bilan simirgan 
buqachaday, katta yutum lar bilan ichaverdi. H ar gal 
b o ‘shatganda, bordoqni to ‘nkaradi, bir tom chi silqi- 
maydi. Odamlar mast ko‘zlarini suzib, qiziqib qaray- 
dilar. May bordoqning chetidan toshib tushm asa, 
qichqirishadi: «Quy, quy! Jayhunni ham quritadi bu!» 
T o ‘g‘onbek to ‘qqizinchi bordoqni sipqorib, to ‘nkardi. 
Dakkam-dukkam qizg‘ish m o‘ylabini artib, tishlari 
orasidan uzoqqa, gulzorga «chirt» etib tupurdi-da, 
bemalol chordona qurdi.
— 
Chingizxondek jahongirlarga sarkardalikka loyiq 
yigit-da! — X o‘ja Xatib T o‘g‘onbekni ko ‘rsatdi.
C hog'ir majlisi yana qizidi. M avlono Shahobiddin 
uchib qolib, o ‘likday ch o ‘zildi. T o ‘g ‘onbek bir qadar 
tilga kirdi. M uzaffar Mirzo boshliq yuz yigit bilan 
ovga chiqib, o ‘n kun yaxshi ov qilganligi, yosh shah- 
zoda o‘q otishda ancha malaka orttirganligi va hoka- 
zolar to ‘g‘risida gapirdi. Ovchilik ham qushlar haqida 
b a ’zi beklar bilan tortishdi. Nihoyat, majlisning hali- 
beri tugamasligini sezib, ko‘z qiri bilan M ajididdinni 
imladi-da, m ehm onlardan uzoqlashdi.
Bog‘chada, yosh daraxtlar orasida jim gina ishlab 
yurgan qul — Nurboboga yo‘liqdi. U bilan dastlab, 
mehribon o ‘g ‘il ota bilan ko‘rishgan kabi, samimiy 
hol-ahvol so‘rashdi. Ammo, bir zum o ‘tm asdan, 
mayning ta ’sirida ortiqcha gerdayib, shilqimlik bilan 
hazil-huzulga o ‘tdi. Cholning mayin, ko‘rkam oq 
soqollarini tutam ladi: «Bu nima? Bundan supurgi 
yasab, «Alisher supurgisi» deb nom qo ‘ysang b o ‘lmay- 
dimi?» Cholning burishgan yuzlari g‘azabdan titradi. 
T o ‘g‘onbek shovqin soldi: «Hozir H irotda kimki bir 
narsa ishlasa, albatta, «Alisheriy» deb nomlaydi, 
tushunasenmi, qarib quyulmagan kalla!»
Nurbobo undan o ‘zini bazo‘r qutqardi. Qoshlarini 
jahl va kinoya bilan chimirdi-da aqlli chollarga xos 
ishonch bilan dedi: «Alisher Navoiyga qarshi tillaring- 
ni m uncha qayray berdilaring? U janob senlam ing
191


arpalaringni xom o ‘rdimi?» T o ‘g‘onbek bir qo ‘li bilan 
cholning belini qamrab olib, kichkina bolani ko ‘tar- 
gandek, 
yengil 
k o 'tard i: 
«K uchukbachchaday 
dumalatib, ezg‘ilar edim-ku, biroq ana shu supurging- 
ni hurm at qilamen!» — cholni sekingina yerga q o ‘ydi. 
N urboboning rangi o ‘chdi, sodda ko‘zlariga qayg‘u 
toshdi. U o ‘zining suyak qo‘llarini T o‘g ‘onbekning 
yelkasiga qo‘yib, dard bilan gapirdi:
— Bek yigit, bu qadar oshib-toshmoqlikning ne 
foydasi bor? Bu dunyoning zavq-safosiga nodon odam 
beriladi. Qadaming ostiga qara, minglarcha ko‘zlar 
termiladi! Sen ulami ko'rm aysen, ammo ko‘ngilning 
k o ‘zi ularni juda ravshan ko‘radi... Bilamen, sening es- 
hushing mansabda, arg‘umoqda... Biz kabi xokisor, 
ojiz va notavonlam i ko ‘z uchiga ilmaysen. Biroq, bilib 
q o ‘yki, ikkimiz bir joyga boramiz, nasibamiz bir par­
cha sovuq tuproq! Tirikmiz — farqimiz bor, m en qui, 
sen ulug‘ poyali ozod yigit. Ammo yer qo‘ynida 
ikkimiz yon-yonga yoturmiz. Ehe, men ne-ne pod- 
shohlam i ko‘rm adim , Shohrux Mirzo, Abulqosim 
Bobir Mirzo, Abusaid M irzo — hammasi yo‘lga ravo- 
na b o ‘ldi. Tez kunda m en ham borurmen. Shohning 
ham , qulning ham so‘nggi yo‘li — bir!
N urbobo 
alam dan, 
m eh n atd an
qovjiragan, 
burushiq yuzida yumalagan ko‘z yoshlarini eski cho- 
ponning etagi bilan artib, o ‘z ishiga, yosh mevali 
og‘ochlam ing tagini chopishga kirishdi.
— Qariya, — dedi gerdayib T o ‘g‘onbek, — o ‘giting 
m a’noli... Biroq um r qisqa ekan, yashaganingga 
yarasha dunyoning changini chiqarib ket!
— Changda o ‘zing b o ‘g‘ilishing ham mumkin! — 
qaramasdan, astagina dedi chol.
T o ‘g‘onbek uzoqda, daraxtlar oralab kelayotgan 
M ajididdinning qorasini payqab, u tom onga tez-tez 
odim otdi.
— X o‘sh, yana ne gaplar bor? — bir qo‘li bilan ol­
m a og‘ochiga suyanib, kalovlanib so‘radi Majididdin.
— Xadichabegim bugun oqshom siz bilan so‘zlash- 
m oq istaydilar, — shivirladi T o ‘g‘onbek.
192


M ajididdinning ko‘zlari katta ochilib, hushyorlanib 
ketdi.
— 0 ‘zlari sha... sha... shaxsan aytdilarm i? — 
duduqlandi u, — ham qayerda ko‘rishamiz?
— Bosh kanizaklari aytdi. M uzaffar M irzoning 
yangi saroyida. — M ajididdinning yuzi kulgidan 
bem a’ni yoyilib ketdi. T o ‘g‘onbek yer ostidan sobiq 
xo‘jasiga qaradi:
— Malikamizga bizni ham tanittirib q o ‘yursiz...
— So'zning ravishiga qaraymiz, inim.
n
Xuftondan keyin parvonachi shahzodaning yangi 
saroyiga keldi. Biron gum on qoldirmaslik uchun, u 
qarshi oigan mulozimlarga, shahzodalam i ko‘rib, 
haqqiga duo o ‘qim oq niyatida kelganini bayon qildi. 
M ulozimlar q o ‘llari bilan uzoqqa ishorat etdilar. 
M ajididdin uzoqda kechaning qora ko‘miriga yong'in 
tushgandek, havoda yuzlarcha m ash’allam ing lovilla- 
ganini ko‘rdi: « 0 , shahzodam ajoyib o ‘yin bilan 
mashg‘ul ekanlar. N aqadar go‘zal manzara!» — boshi- 
ni og‘ir tebratib, zavqlanganini bildirdi parvonachi.
— Shahzoda h ar kun yangi o‘yin, yangi tom osha 
ixtiro qiladilar! — m ash’allarga tikilgan holda dedi bir 
mulozim.
M ajididdin saroy atrofida bir oz aylanib, bosh 
kanizak bilan uchrashishga muvaffaq b o ‘ldi. Kanizak 
bir necha daqiqadan so‘ng qaytib kelib, qorong'i, kim- 
sasiz yo‘l bilan olib ketdi. M ajididdin ham m a 
darichalaridan yorug‘ tushgan ikki qavatli binoga 
keldi. Zinadan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Ikkita qop- 
qora cho‘ri xotin o ‘tirgan dahlizdan o ‘tib, ju d a ser- 
hasham, go‘zal, kichikroq bir xonaga kirdi. T o ‘rdagi 
ochiq daricha yonida, qat-qat shohi k o ‘rpachalarda, 
yostiqqa yonboshlagan ayolga ko‘zi tushishi bilan ikki 
bukilib ta ’zim qildi. Keyin ayoldan ruxsat olib, yana 
ta ’zim bilan quyiroq tiz cho‘kdi. Kanizak shamdon- 
lardagi sham lam ing uchini to ‘g‘rilab, orqasi bilan 
yurib chiqib ketdi.
7 -4 7 3 3
193


Xadichabegimning bezaklari, pardozi parvonachi- 
ning ko‘zlarini beixtiyor tortar edi. U hadiksirab, 
boshini quyi solishga tirishdi.
— M ahd ulyo1 begimning sihatlari yaxshi, mubo- 
rak ko‘ngillari shodmi? — murojaat etdi Majididdin.
— Tangriga shukur, — uzun barmoqlari bilan 
chakka sochlarini tuzatib, dedi Xadichabegim. — 
M en sizni bemahal ovora qildim.
— O, mahd ulyoning huzurlariga ham m a oyoq 
bilan kelganda, bu qulingiz boshi bilan yurib kelmoqni 
o ‘zi uchun ulug‘ baxt va sharaf bilur.
Xadichabegim yurt uchun qayg‘uradigan bir mali- 
ka ekanini ko‘rsatishni sevardi. Ódati bo ‘yicha, mam- 
lakat ahvoli haqida so‘radi. Majididdin adolatda yago- 
na b o ‘lgan ulug‘ podshohning va Xadichabegim kabi 
oqila malikaning davrida butun mamlakatda farovon- 
lik hukm ron ekanini tum taroqli so‘zlar bilan maqtab 
ketdi va joyi kelganda, bu yo‘lda o ‘zining xizmatlarini 
ham ustalik bilan qistirib o ‘tdi. Xadichabegim dam 
bezaklari va sochlari bilan mashg‘ul bo ‘lib, dam 
darichadan qorong‘i, sokin bog‘chaga qarab, paris- 
honlik bilan tingladi.
— Sizga ko‘proq e ’tim od qilganim uchun b a’zi ish- 
lar xususida kengashmoq istagan edim, — iltifot va 
iliqlik bilan dedi Xadichabegim.
— K o‘rsatgan ulug‘ marhamatingizga m innatdor- 
chilik bildirmoq uchun bu qulingiz so‘z topm oqdan 
ojizdir!
— 0 ‘g‘limiz M uzaffar Mirzo o ‘sib, tangriga shu- 
kurlar bo'lsin, kundan-kun es-hushini tanim oqda, — 
nim anidir o ‘ylab sukut qildi malika.
— O, Xuroson tojining bebaho gavhari yosh shah- 
zodamizga tangri taolo Xizr umrini, Sulaymon taxtini 
bersin.
Xadichabegimning upa-elik bilan tovlangan yuziga 
birdan tabassum yugurdi.
— M a’lumki, onaning ko‘nglida o ‘z farzandining
1 X ad ich ab eg im n in g un v o n i.
194


baxtidan o ‘zga hech qanday quvonch va rohat 
b o ‘lmas, — dedi u soxta muloyimlik bilan. — Tangri 
um r bersa, MuzafTar M irzo tezda ulg‘ayadi. Uning 
dilini baland orzular to ‘ldiradi, qo‘shin surishga 
otlanadi. Shunday emasmi?
X adichabegim ning m aqsadi parvonachi uch u n 
endi juda ravshan b o ‘lgan edi. U kulib, dedi:
— Shoh bolasiga yurt va sipoh, darvesh bolasiga 
masjidu xonaqoh kerak!
— Sizdan yashirg‘ulik sirimiz yo‘q, — dedi malika 
b o ‘yalgan ingichka qoshlarini o ‘ynatib, — o ‘g‘limning 
iqboli uchun shu zam ondan boshlab to ‘g‘ri yo ‘llar 
hozirlam oq darkor. Bilamen, har qaysi shahzodaning 
o ‘z ko‘nglida orzu-arm oni bor. E ’tiborli odam lardan 
m urabbiylari bor. B adiuzzam on valiahd... U lug‘ 
m irzo1 hazratlarining xotirlari bunday andishalardan 
uzoq: bas, o ‘g‘lim u chun ayol boshimga o'zim
qayg'urm asam b o ‘lm as ekan... Fikrim ravshan 
b o ‘lgandir sizga? — makrli ko‘zlarini tikdi Xadicha- 
begim.
— Oftobday ravshan... So‘zlaringiz asli m antiqning 
durdonalaridirki, m alikam ning nodir aqlu zakosi ham
baland idrokiga guvohdir.
— X o‘sh, nima fikr berursiz?
— Bu qulingizning fikrimi? — tabassum qildi par­
vonachi, keyin donishm andona bir tur bilan davom 
etdi. — Awalo, shuni aytmoqligim kerakki, m ahd 
ulyo begimning ra ’yilariga batam om qo‘shilurm en. 
Muzaffar M irzoning baxti uchun hozirdan boshlab 
tadbirlar ko‘rm oq zarur. N echunkim , taqdirning 
buqalamunliklari benihoyatdir! Ammo bu xususda 
oshiqmoq, har kimga sir berm oq — tangri k o ‘rsat- 
masin — yomon oqibatlarga sabab bo‘lur. P in h o n ish- 
lamoq, har bir qadam ni kengash bilan qo'ym oq lozim. 
Muzaffar M irzoning tevaragidagi beklarning, yigit- 
lam ing shahzodaga sadoqatlaridan zarracha shubha 
qilinmasin. T o ‘g‘onbek kabi g‘oyat ish k o ‘rgan,
Podshoh.
195


bahodir yigitlari bor. Yana shunday puxta, chorasoz 
odamlardan bir nechasini shahzoda o ‘z xizmatlariga 
olurlar.
— Siz o ‘zingiz ham shahzodaga yo‘l-yo‘ruq ko‘rsa- 
tib tursangiz...
Majididdin shunday taklifni kutib turgan edi. Qars 
ikki qo‘ldan chiqadi. Va’daga va’da olmoq kerak.
— Podshoh hazratlariga men faqir qanday qul 
bo ‘lsam, shahzodamga ham shu yo‘sinda qulmen, — 
dedi parvonachi q o ‘lini ko‘ksiga qo‘yib. — Xoqonimiz 
nazarlarida shahzodamning e ’tiborlarini har vajh bilan 
ilgari sururmen. Ammo, haqiqatni aytganda, bu yo‘lda 
mening g‘ayrat va harakatim davlatdagi vaziyatimga, 
mansabim poyasiga bog‘liqdir...
— T o‘g ‘ri, aytursiz, — javob berdi m a’nodor ilja- 
yib malika. — Bu jihatni o‘ylarmiz, bundan keyin 
sodiq odam lar orqali har nav ishlar to ‘g‘risida bir- 
birim izni ogohlantirib tursak, yaxshi b o ‘lar edi. 
Boshqa so‘zim yo‘q...
Majididdin qulluq qildi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin