Navoiy qalblarda yashar abadiy
Sahna to’rida hazrat Navoiyning portreti. Portret tagiga “Buyuk xizmatlar abadiydir” degan so’zlar yozilgan.
Sahna gullar bilan bezatilgan, bir tomonda stol, ustida sham, siyohdon va lavh qo’yilgan. Navoiy asarlaridan iborat ko’rgazma tashkil etilgan.
Zal uzra Navoiy g’azaliga bastalangan kuy yangramoqda. Kuy tugagach, sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi va shamni yoqishadi.
1-boshlovchi: Sham’ni ko’r, shamdek bo’l, kuyib jismu tan
O’zgalar bazmini qiladi ravshan.
2-boshlovchi:
She’riyat – bu guliston azal,
Unda yashar xushxon bulbullar.
Yonib yashar unda millatim,
Elim degan buyuk shoirlar.
1-boshlovchi: Assalomu aleykum qadri baland qadrdon ustozlar, aziz va muhtaram mehmonlar! O’zbek xalqining buyuk iftixori, ulug’ mutafakkir, turkiy tilni jahon aro tanitgan so’z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludini nishonlash mamlakatimizda eng yaxshi an’ana va katta shodiyonaga aylangan.
2-boshlovchi: Hazrat Navoiy tavalludlari 9-fevralda bo’lsa-da, fevral oyining an’anaviy Navoiyxonlik oyligiga aylanib ketganligi bejiz emas, albatta.
1-boshlovchi: Alisher Navoiy dahosi – she’riyat olamining noyob durdonasi. Mo’’jizalar olami ichra benazir mo’’jizadir. Shunday sehrli qalam sohibining adabiyot maydonida javlon urganligi yuksak baxt, ona tabiatning nodir tuhfasi, saxovat va adolat ramzidir. Hazrat Navoiy adabiyotga shoir sifatida kirib kelib, she’riyat qasrini qurdi, g’azal mulkining sultoniga aylandi, qator dostonlar yaratdi, adabiyotshunos, tilshunos, davlat va jamoat arbobi sifatida dunyoga tanildi.
Dostları ilə paylaş: |