Navoiy qalblarda yashar abadiy



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü57,5 Kb.
#38637
1   2   3   4   5
Navoiy qalblarda yashar abadiy

2-boshlovchi: Bugungi anjumanimizning boisi va maqsadi ham osmonimiz uzra charaqlagan ma’naviyatimizning porloq quyoshi ziyosidan bahramand bo’lmoq, hazrat Navoiy xotirasini yodga olib, ruhi poklarini shod etmoqdir.
Navoiy g’azali asosida qo’shiq ijrosi. «Qaro ko’zim»
1-boshlovchi: Siz shoirsiz, siz vazirsiz – dushmanga qalqon

Imondirsiz, vijdondirsiz – siz aziz inson.

Qalblararo ko’tarmoqda ruhingiz isyon,

Sizday mard zot tug’ilsa deb umidvor jahon.

Hazrat Navoiy, sizni yod etajakmiz,

Olamaro ruhingizni shod etajakmiz.


2-boshlovchi: So’zning qudratini jamlab qalamga

O’zbeklar dong’ini yoydi olamga.

Ovrupo, Amriqo, Rum-u Farangda,

Turkiy so’z sehridan qoldilar tangda.

Yurtlarni zabt etgan Hazrat Navoiy,

Qalblarga naqsh bitgan Hazrat Navoiy.


1-boshlovchi: Kitobing kirmagan o’zbek elida

xonadon yo’qdir,

Ruboiy, kuylaring yod bilmagan

bir jonajon yo’qdir.

Yetuk avlodlaringdir ilm-u donishli,

gumon yo’qdir,

Ko’ngillarni yoritdik ma’rifatdan

mohitob aylab.


2-boshlovchi: Baytingga bir bora qovushgan har lab

Takrorlab ketgusi Mahshargacha to.

Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,

Milliard martabali jahonni hatto.


1-boshlovchi: Azizlar, haqiqatdan ham, Hazrat Navoiy ijodiyoti shunday bir dengizdirki, unga qancha chuqur sho’ng’isangiz, shuncha ko’p dur-u javohirga ega bo’lasiz. Navoiy ijodi bamisli qaynar bir buloqdirki, undan ichganingiz sayin ichgingiz kelaveradi.

2-boshlovchi: Hazrat Navoiyning so’zi-yu hikmatlari purma’no, ko’ngilni yetaklar sehrli olam aro, dono shoir erur ul jahon ichra tanho va bebaho. O’zingiz buning guvohi bo’ling, istagancha dur-u javohir tering. Marhamat, azizlar, sizlarni A.Navoiy she’riyati asosida mushoiraga taklif etamiz.
Mushoira.
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,

Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi…


Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim,

Jon base qildim fido, oromijone topmadim…

Meni men istagan o’z suhbatig’a arjumand etmas

Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas…


Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldum sanga

Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga…


Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin,

Ko’nglima har birining dard-u balosinmu deyin…



Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin