Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurlish infrastrukturasi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix06.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#94040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bolgali maydalagich



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 
MUHANDISLIK QURLISH INFRASTRUKTURASI 
FAKULTETI. 
“Qurlish materiallari va kimyo” kafedrasi 
“Qurilish industriyasining mexanik uskuna va mashinalari” fanidan 
KURS LOYIHASI
Mavzu: Bolg’ali maydalagich. 
Bajardi:Abdurahmonov H
Guruh:47-12 QMB 
Qabul qildi:dots.t.f.n.Sattorov. Z. M
2014-2015 o’quv yili 


MUNDARIJA 
1. Kirish……………………………………………………………………… 
 
2. Bolg’ali maydalagichning mavjud mexanik uskuna va mashinalari taxlili. 
 
3. Bolg’ali maydalagichmashinalarini tanlash, unung tuzilishini o’rganish. 
 
4. Bolg’ali maydalagichning asosiy ko’rsatkichlari xisoblari……………… 
 
5. Oxaktosh materiali xaqida umumiy tushuncha…………………….. 
 
6. Bolg’ali maydalagichning ishlab chiqarishda ishlatilishi……… ….….. 
 
7. Bolg’ali maydalagichning atrof-muxitga xamda ekalogiyaga ta’siri……. 
 
8. Mexnat muxofazasi va texnika xafsizligi……………………………… 
 
9. Xulosa…………………………………………………………………. 
 
10. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 


KIRISH 
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va qayta ishlashda asosiy mexanik 
uskuna va mashinalardan maydalovchi uskunalar va mashinalar, kukunlovchi 
uskunalar va mashina, materialni saralash uchun mashinalar, materiallarni 
aralashtirish uchun mashinalar qurilish industriyasida juda ko’p qo’llaniladi.
Biz bularni labaratoriya ishida ishlash jarayonini ko’rib chiqamiz,ya’ni bolg’ali
maydalagichning 
qamrash 
burchagini,eksstentrik 
valining 
burchak 
tezligini,ishlab chiqarish samaradorligini,konusli maydalagichning ishlab 
chiqarish samaradorligini,qamrash burchagini,val diametri va tushayotgan 
bo’laklar o’lchamlari, o’rtasidagi o’zaro nisbatni, valikli maydalagichning ishlab 
chiqarish samaradorligini,vallari aylanish sonini,sharli tegirmon barabaning 
kritik va eng qulay tezlik aylanishini, sharli tegirmon barabani sharlarining eng 
qulay burchak uzilishi,tegirmonda kukunnaladigan jism massasini,tebranuvchi 
sim g’alvirlarning ishlab chiqarish samaradorligini,barabanli sim g’alvirni 
aylanishlar sonini,uzluksiz harakatlanuvchi kurakli aralashtirgichning ishlab 
chiqarish samaradorligini aniqlashlarni bajaramiz. 
Barcha maydalash mashinalari bo`laklagich va tegirmonlarga bo`linadi.
Bo`laklagichlar yirik va o`rta maydalash, tegirmonlar esa o`rta, kichik, mayin va 
kolloid maydalashda 
ishlatiladi.
Maydalash mashinalarining quyidagi turlari mavjud: jag’li, bolg’ali, valikli, 
konusli, sharli,sterjenli,halqali, kolloid va hokazo. Barcha maydalash 
mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan mahsulot zarralarining 
bir xilligi; maydalangan mahsulot zarralarining maydalash kamerasidan uzluksiz 
chiqarilishi; chang hosil bo`lishining imkon darajasida kam bo`lishi; maydalash 
darajasining 
rostlash 
imkoniyati; 
energiya 
sarfining 
kam 
bo`lishini
ta`minlanish. 
– Jag`simon maydalagich – materialni maydalash davriy ,ravishda ikkita 
qo`zg`aluvchi va qo`zg`almas tekis yoki botiq yuzaga ega bo`lgan jag`lar 
orasida sodir 
bo`ladi; 
– Konussimon maydalagich – material uzluksiz ravishda ikkita (biri ichida 
ikkinchisi aylanadigan) konus yordamida maydalanadi. Barabanli maydalagich – 
ikkita bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silliq yoki tishli barabanlardan 
tashkil toрgan bo`lib, materialni ezish asosida maydalaydi. Zarbali 
maydalagichlar – materialni maydalash tez harakatlanuvchi jismlarning kinetik 
energiyasi ta`sirida amalga oshiriladi. Bu maydalagichlar uch xil rusumli: 
bolg`ali, rotorli va sterjenli (dezintegratorli) bo`lishi mumkin. Jag`simon 
maydalagichlar ruda va qurilish materiallarini yirik, o`rtacha maydalashda 
qo`llanadi. 
Bunda 
materialning 
may-¬%" 
dalanishi qo`zg`almas va 
qo`zg`aluvchi jag`lar orasidagi bo`shliqda ezilish, рarchalanish va sinish 
natijasida sodir bo`ladi. Konussimon maydalagichlarda material ikkita 


ekssentrik joylashgan kesik konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda 
maydalanadi. Yumshoq, qattiqligi tirnash (ko`mir, ohaktosh,giрs,bor va h. k.) 
materiallarni maydalashda zarba tamoyilida ishlaydigan maydalagichlardan 
foydalaniladi. Barabanli maydalagichlar ham yumshoq, o`rtacha qattiqlikdagi 
tirkash(obraziv) 
xususiyatiga ega bo`lmagan materiallarni maydalashda 
qo`llaniladi. Xar xil qurilish materiallarini maxsulot va konstruksiyalarini
tayorlash uchun ishlatilayotgan xom ashyo va aralashmalarini maydalashga 
to’g’ri kiladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan 
eborat. 
Sanoatda qurilish materiallarini maydalash jaryonlari aloxida axmiyatga ega. 
Chunki olingan maxsulot xar xil qurilish materiali sufatida (sement, oxak, sopol, 
temirbeton va .) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish
sindirish, ishqalash, urish yoki birgalikda tasir qilishi ezish va ishqalash, urish va 
ishqalash 
va 
boshqa xollarda amalga oshiriladi. Foydali qazilma massasi 
(asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi bo`laklar turli o`lchamlarga ega bo`lgan 
holda boyitish fabrikasiga kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun, 
dastlab uni maydalab, lozim bo`lgan taqdirda yanchib, boyitish texnologiyasi 
talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi. Fizik mohiyati bo`yicha maydalash 
va yanchish jarayonlari bir xil bo`lsa-da, olinadigan mahsulotlar tarkibini tashkil 
qiluvchi bo`lak va zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha ular bir-biridan shartli 
ravishda farqlanadi. Maydalash jarayonida olinadigan ruda massasi tarkibidagi 
bo`laklar o`lchamlari 5 mm dan katta,yanchishda esa, 5 mm dan kichik bo`ladi. 
Foydali qazilmani maydalash va yanchish ezish, yorish, sindirish, kesish, 
ishqalash, 
zarba 
berish 
kabi 
usullarda 
amalga 
oshiriladi. 
Maydalash va yanchish usuli maydalanadigan materialning qattiqligi hamda 
bo`laklarningkattaligibo`yichatanlab olinadi. Foydali mineral zarracha yuzasi 
qanchalik to`liq ochilsa, boyitish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Biroq 
to`la yanchilishga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komрonent juda 
mayin shlamlar ko`rinishiga ega bo`lib, konsentratga emas, chiqindi tarkibiga 
o`tib yo`qotilishi mumkin. Maydalash va yanchish juda qimmat jarayonlar 
hisoblanadi. Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni maydalashda, 
asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash vositalaridan 
foydalaniladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin