Zamonaviy gidravlik uzatmali jag’li maydalagichlar
QMB 120-GURUH TALABASI NORMAMATOV ZAFARBEK
Jag ‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va o‘rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag ‘li maydalagichlarda rudani maydalash qo‘zg‘oluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar (plitalar) orasidagi bo‘shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo‘ladi.
Jag ‘li maydalagichlarning kinemaik sxemasi. à) yuqorida osilgan sodda harakatlanuvci yuzali maydalagichlar; b)pastga tayangan sodda harakatlanuvci yuzali maydalagichlar; d) yuqoridaosilgan murakkab harakatlanuvci yuzali maydalagichlar. 1-qo‘zg‘almas yuza; 2- qo‘zg‘aluvchan yuza; 3- tirgakli plita.
Ruda yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va ularning
Ruda yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va ularning
yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo‘zg‘oluvchi yuza
har safar qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda bo‘shatish tuynugi orqali tushirib
olinadi.
Jag‘li maydalagichlar sanoatda oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali
qilib ishlab chiqariladi. Bu yuz sharnirli o‘q yoki ekstsentrik valga osilgan bo‘lib,
qo‘zg‘almas yuzga gox yaqinlashib, goh undan uzoqlashib tebranishlar hosil
qiladi.
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo‘llanilib, ikkinchi
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo‘llanilib, ikkinchi
turdagisi esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uchun tayyorlanadi.
Tebranuvchi harakatni yuz uzatuvchi mexanizm orqali ekstsentrik valdan oladi.
Murakkab harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuz
uzatuvchi ekstsentrik valga sharnir orqali osilgan bo‘lib, uning pastki qismi esa
tirgakli plita orqali sharnirga ulangan. Jag‘li maydalagichlarda maydalangan
mahsulotning yirikligi, bo‘shatish tuynugining kengligi (yuzlar orasidagi minimal
masofa) bilan aniqlanadi.Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda rudani va
boshqa mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda
harakatlanuvchi qo‘zgaluvchi yuzli maydalagichlar keng qo‘llaniladi. Bu yuqori
quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo‘lmagan balandlikka
ega bo‘lib, ular ishlashda ishonchli hisoblanadi.
Quyida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagichning korpusi (17-
rasm) old 1 , orqa 8 va ikkita yonbosh 16 devorlardan iborat. Oldingi devor
qo‘zg‘almas yuz rolini o‘ynaydi. Qo‘zg‘aluvchi yuza ikkita podshipnikka
tayangan o‘q 4ga osilgan.
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh
devorlarining ichki yuzasi marganetsli po‘lat yoki toblangan cho‘yandan yasalgan
almashinuvchi plitalar 2 bilan qoplangan. Podshipniklarga mahkamlangan
ekstsentrik val 6 ga vertikal yo‘nalishda qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi
shatun 7 ning boshi o‘rnatilgan. Shatunning teshiklarida vkladishlar 14 bo‘lib, ular
tirgakli plitalarning uchlari 12 va plitalarning ikkinchi uchlari 15 vkladishga