Tayanch iboralar: Maydalash, kukunlash, sindirish, ishqalanish, ezish, urish, maydalash darajasi, aylantirgichlar, maydalovchi jismlar, oqim, yuklash, yuk tushirish, tasmali uzatma, tirsak, ishchi yurish, salt yurish, qamrash burchagi, g‘ovaklik, hajmiy og‘irlik, ehtiyot koeffitsenti, bolg‘alovchi tegirmonlar, jag‘li tegirmonlar, tebratguvchi tegirmonlar, markazi siljigan val va boshqalar.

Umumiy ma’lumotlar
Umumiy ma’lumotlar
Maydalash usulari va ularni zarurligi
Har xil qurilish materiallarini mahsulot va konstruksiyalarini tayyorlash uchun ishlatilayotgan xom-ashyo va aralashmalarni maydalashga to‘g‘ri keladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat. Sindirish va kukunlash bir biridan ajralmasdir. Sindirish natijasida tayyor mahsulot kattaligi 3 mm dan yuqori bo‘ladi, kukunlashda esa 3 mm dan kichik bo‘ladi. Sindirish jarayoni sindiruvchi mashinalarda, kukunlash esa tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Sanoatda qurilish materiallarini sindirish va kukunlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega. Chunki olingan mahsulot har xil qurilish materiali sifatida (sement, oxak, sopol, temir-beton va b.q.) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish sindirish ishqalash, urish yoki birgalikda ta’sir qilishi ezish va ishqalash, urish ishqalash va boshqa hollarda.
Maydalovchi-kukunlovchi mashinalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri maydalash darajasidir. Boshlang‘ich bo‘laklar razmerini, natijaviy bo‘lak razmerlariga nisbatan maydalash darajasi. Maydalash darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: