Bu erda: Pr qaytarilish koeffitsenti: h muayyan davr ichidagi shikastlanishlarning soni



Yüklə 17,65 Kb.
tarix24.05.2022
ölçüsü17,65 Kb.
#59227
Baxtsiz hodisalarni tahlil etish va shikastlanishlar


P -

H *1000 R


Bu erda: Pr - qaytarilish koeffitsenti:
H - muayyan davr ichidagi shikastlanishlarning soni
R - ishchilar soni
Mayib bo'lishlik, og'irlik koeffitsenti, vaqtinchalik ish kuni yo'qotishni o'rnatilgan o'rtacha davomiylik bir baxtsiz hodisa uchun:


p = D
P N


Bu erda: P0 - og'irlik koeffitsienti;
D-yo'qotilgan ish kunlar yig'indisi;
N-shu davr ichida sodir bo'lgan baxtsizlikda shikastlangan shaxslar soni.
Yuz bergan shikastlanishlarni taxlil qilishda va baxolashda shikastlanuvchining quyidagi jihatlariga e'tibor beriladi:
• jarohat xususiyatiga,
• kasbi;
• mehnat staji;
• yoshi;
• jinsi.


15




Shikastlanishlarning oldini olish ishini tashkil etishda «signalizatsiya» yo'li mavjud, bu tahlil qilishning tezkor shakli bo'lib, bu juda qisqa muddat ichida (hafta, oy) o'tkaziladi.
Unga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
• Sex;
Asbob-uskunalar turkumi;
• Vaqt.
Shular asosida shikastlanish xavfi bo'lgan joylar aniqlanadi va uning sabablari bartaraf etiladi.
Shikastlanish deb: korxona hududida bo'lgan davrda kishi tanasining biror a'zosi tasodifan shikastlanishi natijasida salomatligiga zarar etishiga aytiladi.
Shikastlanishlar quyidagi turlarga bo'linadi:
- mexanik (yara toshish, sinish);
- termik (issiqlanish, kuyishi, sovuq urishi);
- kimyoviy (kuyish, o'tkir zaharlanish);
- elektr quvvatidan shikastlanishlar.
Shikastlanishlarni joyiga qarab:
- oyoq va boshning shikastlanishi;
- gavda va qo'lning shikastlanishi;
- ko'p joylarning shikastlanishiga bo'linadi.
Shikastlanishlar og'ir, engiligiga ko'ra, mehnat qobiliyatini yo'qotmaydigan engil shikastlanishlarga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, haftalab va hatto oylab yo'qotiladigan o'rtacha va og'ir shikastlanishlarga bo'linnadi. Shikastlanishlarning og'ir turi nogironlikka olib kelishi mumkin. Shikastlanishlarning kelib chiqishini asosiy sabablari, texnik jihozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning to'xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi kabi hodisalar olib keladi.
Texnologik jarayonning buzilishi natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish va o'tkir jarahatlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o'z vaqtida tekshirib turish va tushuntirish ishlarini o'tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish korxonalarida ish joyining tor bo'lib qolishi, omborxonaning sharoiti buzilishi, mahsulotlarning o'z vaqtida olib ketmasligi, yo'llarning tor bo'lishi shikastlanishga sabab bo'lishi mumkin.
Korxonalarda sanitariya xolati qoniqarsiz bo'lishining asosiy sabablaridan, yorug'likning kamligi, deraza oynalarining chang bosib ketishi, shovqinning yuqori bo'lishini misol qilib keltirish mumkin.
Shikastlanish sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, bu rejada ko'rsatilganidan ko'proq ishlash natajasida yuz beradi. Shuning uchun, ishlab chiqarish sharoitini sog'lomlashtirish va ishchilarning ishlash sharoitni yaxshilash shikastlanishlarning oldini oladi.
Korxona ma'muriyati tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuqori idora organlari, mahsus davlat inspektsiyasi, prokuratura va shuningdek kasaba uyushmalari organlari va ularning rahbarligidagi jamoatchiliklar nazorat qiladi. Korxonada esa kasaba uyushma qo'mitasi huzuridagi mehnat muxofazasi bo'yicha komissiya tashkil etiladi. Bu komissiya ishchilarga instruktaj berish va xavfsiz


16



ishlash usullarini o'rgatish sifatini, xatolar va asboblarning sozligini, mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag'larni sarflanishini, baxtsiz hodisalarni to'g'ri hisobga olinishini nazorat qiladi, ishlab chiqarish travmatizmi va kasbiy kasalliklar sabablarini o'rganadi va ma'muriyatga takliflar kiritadi. Ishchilarning mahsus korjoma, mahsus oyoq kiyimi individual himoya vositalari sut, sovun, sifatli ichimlik suv bilan vaqtida ta'minlanishini nazorat qiladi. Komissiya istagan vaqtida ish o'rinlarini tekshirishi mumkin
Yüklə 17,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin