Faqatgina birgina maydalovchi yoki kukunlovchi mashinada yuqori darajada maydalash darajasi olish mumkin emas, shuning uchun boshlang‘ich mahsulotni maydalash bir necha ketma-ket ishlayotgan mashinalarda amalga oshirish mumkin.
Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.
a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm
b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm
v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm
Kukunlangan mahsulotlarni:
a) yirik o‘lchamli - 3 - 0.1 mm
b) mayda o‘lchamli - 0.1 - 0.05 mm
v) juda mayda o‘lchamli - 0.05 - 0.001 mm
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarida ishlashi mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish materiallari maydalovchi va kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.
Yopiq siklda ishlaganda esa natijaviy mahsulot tarkibidagi katta o‘lchamli zarrachalar yana qayta maydalovchi mashinalardan o‘tadi.
Masalan: Maydalanish jarayonida zarrachalar eng noziq eridan maydalaniladi. Olingan mayda zarrachalarda esa noziq erlari qolmadi. Demak, maydalanish katta zarrachalarga sarf bo‘lgan energiya, mayda zarrachalarga ketganidan kamdir.
Maydalash jarayonida tashqi ta’sir qiluvchi kuchlar zarrachalarni deformatsiyalaydi va mustahkamlik chegarasidan oshishi bilan ularni yana ham mayda zarralarga maydalaydi. Maydalash uchun sarf bo‘lgan energiyani aniqlashi uchun quyidagi gipotezalarni qo‘llaymiz: