Ish jarayoniga qarab jag‘li maydalagichlar 2 tipga bo‘linadi.
1) Harakatdagi jag‘i oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.
2) Harakatdagi jag‘i murakkab harakat qiluvchi jag‘li maydalagich.
Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.
Ekssetrik valni aylanishi natijasida vertikal yo‘nalishi bo‘yicha shatun ilgarilanma va qayta harakat qiladi.
Ekssetrik valni aylanishi natijasida vertikal yo‘nalishi bo‘yicha shatun ilgarilanma va qayta harakat qiladi.
SHtok (tirsak)ni yuqoriga harakat qilishi natijasida asos devorlari ham ko‘rolmas asosining orqa devoriga tayanib (tayanch yoki sozlash mexanizimi orqali) ishchi yurish qiladi.
Maydalagich kamerasiga tushirilgan qurilish materiallari natijada maydalaniladi.
Tirsakning pastga harakatlanishida salt yurish amalga oshiriladi.
Elektrodvigitelning salt yurishidagi energiyasi yukli g‘ildiraklarda yig‘iladi va harakatdagi jag‘ga ishchi yurish vaqtida uzatiladi. Harakatdagi jag‘ salt yurishi vaqtida o‘z og‘irlik kuchi va birikturuvchi purjina uskunasi ta’sirida o‘ng tarafga chekinadi.
Hisob qismi asoslari
Jag‘li maydalagichlarda qurilish materiallarini maydalash harakatidagi va harakatsiz jag‘lar orasidagi burchak ma’lum bir kattalikdan oshmasagina mumkindir.
Maydalagichning parametrlarini hisoblash sxemasi quyidagilarga bo‘linadi:
a) qamrash burchagini aniqlash;
b) bo‘laklarni o‘zaro joylashuvi;
v) ekssentrik burchak tezligi va ish unumdorligini aniqlash;