kam?! Yo‘q, u o‘z xalqi uchun she’rning o‘lmas gul-
zorlarini yaratishi kerak!
Eshik asta ochildi, yaqinda shoirga xizmatga kirgan
Shayx Bahlul paydo bo‘ldi. Bu — ancha tahsil
ko‘rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin
yigit edi. Shayx Bahlul o‘z xo'jasining fazlu kamoloti-
ni taqdirlab, unga xizmat qilishni o‘zi uchun bir
sharaf, deb hisoblar edi.
— Buyuring, ne demoqchisiz? — parishonlik bilan
so‘radi Navoiy.
— Tarabxona'da sulton hazratlari sizni yo‘qlamish-
lar, — javob berdi Shayx Bahlul.
Navoiy bir muddat boshini quyi solib, sukut etdi.
Kevin ranjiganlikni ifodalovchi tovush bilan: «Ayting,
tez yetib borurmen», dedi. Shayx Bahlul boshini
qimirlatib, «xo‘b» deb chiqdi. Shoir uzilgan xayollari-
ga yana bir muddat berildi. Keyin shohi to‘n ustidan
og‘ir bo‘lmagan qunduz pochali po‘stinni kiydi.
Ko‘cha eshigi oldida otga minib, saroyga jo ‘nadi.
Tarabxonada saroy mulozimlari uni, har vaqtdagi
kabi, hurmat bilan qarshiladilar. Tarabxona — katta
bog‘chalarnig o‘rtasiga solingan kichikroq, lekin juda
kelishgan ikki oshyonli, bu yemi o‘z ko‘zi bilan
ko‘rgan Zahiriddin Muhammad Bobuming ta’biricha,
shiringina imorat edi. Buni Abulqosim Bobur bino qil-
gan edi.
Shoir ikkinchi qabatga chiqdi. To‘rt tarafda naqsh-
lari nafis to‘rt hujra; bulaming o‘rtasida katta bir
xona. Husayn Boyqaro Navoiyni shu katta uyda qabul
etdi. Bu uyning to‘rt tomonidagi devorlarda Abu Said
Mirzo o‘zining janglari va safarlarining tasvirini ish-
lattirgan edi. Navoiy, odatdagicha, rasmiy ta’zim va
hol-ahvol so‘rashlardan keyin ko‘zlarini beixtiyor ra-
vishda devordagi rasmlarga tikdi. Ot gijinglatgan, o‘q
uzayotgan, qalqon tutib o‘zini zarbadan saqlashga
intilgan dushmanga qilich ko‘targan bahodirlar, boshi
kesik, qonga bo‘yalgan gavdalar, qal’aga hujum eta-
Dostları ilə paylaş: