majlisning odob va tartibini juda yaxshi bilganlaridan
o‘ltirish har vaqtki ohangi
va hashamati bilan bosh-
lanib, asta-asta qizib bordi. Dastlab Husayn Boyqaro
o‘zining yangi g‘azalini majlisga taqdim etdi. She’m i
yaxshi o‘qiydigan va juda ingichka tushunadigan
mansabdor Xo‘ja Abdullo Marvoriy o‘qib berdi.
G ‘azalni, tabiiy, hamma go‘zal deb topdi. Hatto, for-
siyparast shoirlar ham uni — o‘zbek tilidagi g‘azal-
ni — eng nodir badialar darajasiga ko‘tardilar. She’rga
begona bo‘lgan ba’zi bahodidar g‘azalning ayrim mis-
ralarini
takrorlab, bir-bidari bilan muzokaraga kirish-
dilar. Husayn Boyqaro bu g‘azalni o‘rganib, unga ja-
vob yozishni hamma shoirlardan iltimos qildi.
Keyin
bir oz muddat shirin latifago‘ylik boshlandi. Majlis
tinmasdan qahqaha qildi. Xususan, mavlono Abdulvo-
se degan mashhur hajviy latifachining so‘z va harakat-
lari hammaning ichagini uzdi.
Abdulvosedan keyin
boshqa kuldiruvchilar yangi bir narsa bilan o'rtaga
chiqishga botinmadilar. Tovonchilar1 oyoq uchi bilan
yurib chaqqonlik bilan dasturxon yozdilar. G ‘oz kabo-
bi, qo‘y eti, manti va hokazo xilma-xil taomlar ustma-
ust va mo‘l-mo‘l tortildi. Husayn Boyqaroga maxsus
tavonchi oltin toboqda alohida taom keltirdi. Soqiylar
kumush patnuslarga
oltin va yoqut qadahlami terib,
ta’zim bilan may tuta ketdilir. Dastlab oltin qadahni
Husayn Boyqaro qo‘lga olib, majlisga ishora etdi.
Hamma qadahlar uning sharafi uchun sipqorildi.
Husayn Boyqaro davlat ishlarida Temurning
«Tuzukoti»2ni
oz eslasa ham, lekin bunday o‘ltirish-
larda ulug‘ bobosining an’anasiga sodiq edi. Ammo,
taqlidga qancha urinmasin, zamon va muhit bu bobda
ham katta o‘zgarishlar kiritgan edi. Oqsoq jahongir-
ning saroyidagi o‘ltirishlarda sahroyi soddalik bilan
favqulodda hashamat va dabdaba birlashgan edi.
Shov-
vozlar butun-butun pishirilgan otlami katta sufralarga
solib, o‘rtaga tog‘dek qalab tashlar edi. So‘ng bilak-
Dostları ilə paylaş: