Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Oltinchi bob
Mirzo Yodgorning tarafdorlari juda ustalik bilan 
ish olib bordilar. Obro‘li malikalardan bo'lgan 
Poyanda Sultonbegim Amir Farididdin barios kabi- 
larning o‘rgatishi bilan Hirot tashqarisidagi o‘z 
manzilidan shaharga kirdi. Poytaxtning e’tiborli 
odamlarini — sotqin beklar va amaldorlarni qo'lga 
olib, o‘z birodarzodasini to‘satdan Xuroson podshosi, 
deb e’ion qildi. Poytaxt qo‘rg‘onlari ustida shodiyona 
chalindi. Xutbani ham Mirzo Yodgor nomiga o‘qish-
K ichik sh ah ar.
92


ga buyurdi. Mirzo Yodgor Tus viloyatidan Hirotga 
jadal harakat qildi.
Podshohlardan yaxshilik ko‘rmagan va ulaming tez 
almashinib turishlariga odatlanib qolgan xalq ommasi 
bu voqealarga beparvo qaradi. Hirotning akobir va 
a’yonlari esa yangi podshohga yaxshi ko‘rinib, undan 
yangi rutbalar, yangi suyurg‘ollar1 olish niyatida uni 
to‘rt ko‘z bilan kutdilar. Nihoyat, kimxob va shohi- 
larga chulg‘anib, bedov otlarga minib, Hirotdan bir 
tosh masofa narida Mirzo Yodgomi qarshilab oldilar. 
T o ‘qqiz martadan bukilib, yosh podshohning etaklari- 
ni o‘pdilar. Tantanali uchrashuv bilan kech bo‘ldi. O y
Mushtariyda edi. Bu hodisa, Mirzo Yodgoming va 
uning ulug‘ odamlarining fikricha, xayrli soat bo‘lma- 
ganidan, podsho poytaxtga kirmasdan shu manzilda 
tunadi. Ertasi rasmiy tantana va dabdaba bilan poy­
taxtga kirib, Bog‘i Zog‘onda qaror topdi.
Mirzo Yodgor mamlakatni idora etish masalalarida 
mutloq hech nima tushunmas, bilishga, o‘rganishga 
ham intilmas edi. Laqma shahzoda toj kiygandan 
keyin o‘z oldidagi vazifalarini sira o‘ylamadi; dush- 
mani Husayn Boyqaro qayerda, nimalar bilan 
mashg‘ul, nima qilmoqchi — bu to‘g‘rilarda aslo 
tashvishlanmadi. Bog‘i Zog‘on go‘zal qizlarga to‘ldi. 
Ichkilik bazmlari avj oldi.
Poyanda Sultonbegim davlat ishlarini boshqardi. 
Bu ayolning o‘z birodarzodasi uchun jon kuydirishi 
ham, albatta, o‘z shaxsiy e’tiborini va obro‘sini ko‘ta- 
rish umidi bilan bog‘liq edi. U chindan-da o ‘z g‘oyasi- 
ga erishganday bo‘ldi. U oqila va mudabbira2 ayol 
sifatida dong chiqardi. Aloiddin va uning darajasida 
bo‘lgan ba’zi shoirlar unga qasidalar bag‘ishladilar. 
Biroq Poyanda Sultonbegim turkman sarkardalarining 
g‘ururini, o‘zboshimchaliklarini kesa olmadi. Aksin- 
cha, ular bilan murosaga majbur bo‘ldi. Chunki har- 
biy kuch ularda edi. Mirzo Yodgomi saltanat tepasiga 
ular olib keldi va raqiblardan ular himoya qilishlari
1 P o d sh o h to m o n id a n sovg'a qilingan yerlar.
: T ad b irli, ish b ilarm o n .
93


kerak edi ham. Turkman askar boshliqlari o‘z mavqe- 
larini suiiste’mol qila boshladilar. Hirot va uning 
tevaragida boshboshdoqliklar kuchaydi. Xalq qattiq 
siqiq ostida qoldi.
Hirotning boshiga tushgan bu hayajonli, vahim 
kunlarda Sultonmurod madrasadan qariyb chiqmadi. 
Muazzam qal’a kabi yuksalgan madrasaning tosh de- 
vorlari orasida, kichkina, nim qorong‘i hujrada kecha- 
kunduz mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ba’zan do‘sti 
Zayniddin yangi xabarlar topib kelarkan, yosh olim 
eshitib tutoqar, yurtning notinchligiga sabab bo‘lgan 
fitnachilami qarg‘ar, ro‘y berayotgan voqealaming 
oqibatlari haqida beixtiyor o‘yga tolar, lekin unga 
voqealar, go‘yo taqdir-qismat kabi daf etilmas bir kuch 
bo‘lib ko‘rinar, ulaming girdobini orzu qilingan yo‘lga 
burib yuborishga o‘zini ojiz sezib, o‘z dardida o‘zi 
qovrilar, yana chang bosgan kitoblarga ko‘milar edi.
Bir oqshom, Mirzo Yodgoming tantana bilan poy- 
taxtga kirishining uchinchi kuni, Sultonmurod sham 
oldida g‘amgin, tanho o‘tirar edi. Yuksak toqili mad­
rasaning devorlarida aksi sado bilan yangraydigan 
tovushlar tingan, ulug‘vor bir jimjitlik hukm surar edi. 
Tolibi ilmlar yosh podshohning tantanasi uchun tash- 
kil etilgan bayramga tomosha uchun jo‘nagan edilar.
Aloiddin Mashhadiy yarim yumuq ko‘zlari bilan 
turtinib kirdi. Sultonmurodni T o ‘g‘onbek qoshiga o‘zi 
bilan birga borishga taklif etdi. 
Sultonmurod 
mashg‘ulotlarini bahona qilib, uzr tiladi.
— Bu shaharda ifrot1 kitob o‘qimoq orqasida jinni 
boTganlami ham ko'rganman,— dedi norozilanib 
Aloiddin,— aqlni ko‘paytiraman, deb aqldan ozmoq 
kabi falokat bormi? Yuring, hamroh bo‘ling.
— Kitoblar meni yupantirmoqda, — javob berdi 
Sultonmurod g‘amgin, — bo‘lmasa, yurtga kelgan 
falokatlarni ko‘rib, jinni bo‘lishim muqarrar edi.
— Qayg'urmoqqa o‘rin yo‘q, falak o‘zi ko‘hna 
buqalamundir. Hozirgi damni g‘animat biling, uni
1 Haddan ziyod (muh.).
94


xursandchilik bilan o‘tkazmoqqa harakat qiling. 
To ‘g‘onbek, albatta, bizning ko‘nglimizni ochg‘usidir. 
Bu kunlar uning tole guli xandon urgan...
— Qanday qilib? — qiziqsindi Sultonmurod.
— Xabaringiz yo‘qmi? T o ‘g‘onbek Mirzo Yodgor 
zamonining qahramonlaridan! — g‘urur bilan javob 
berdi Aloiddin Mashhadiy.
Sultonmurod kunning voqealarini yaxshi o‘rgan- 
moqchi bo‘ldi. Ayniqsa, Navoiyning Husayn Boyqaro 
tarafdori ekaniga shubha qilmaganidan sobiq pod- 
shohning vaziyatini bilishga qiziqardi. U T o ‘g‘onbek 
bilan suhbatlashib, m a’lumot olmoqni qasd qildida, 
Aloiddin Mashhadiyni taajjublantirib, birdan o‘midan 
turdi.
— Yuring, bir javlon urib qaytaylik!
K o ‘chalar 
qorong‘i, 
allaqanday 
huvillagan,
qo‘rquvli edi. Vaqt erta bo'lishiga qaramay, qat- 
novchilar siyrak... Faqat, otliq navkarlar qora bo‘ron- 
day har lahza uchib o‘tadilar, burqigan chang-to‘zon 
dimog‘ni achitadi, nafasni bo‘g‘adi.
Aloiddin Mashhadiy turtingani uchun Sultonmu­
rod juda sekin yurdi. Ulami eshikda chol qui Nurbobo 
qarshiladi. U T o ‘g‘onbekning kechadan buyon kelma- 
ganini aytdi. Aloiddin Mashhadiy xo‘rsinib, qoron- 
g‘ida bir oz sukut qildi-da, Sultonmurodning e’tirozi- 
ga quloq solmasdan, mehmonxonani ochib berishni 
qulga buyurdi.
Andak orom olaylik, shoyad bek yigitning o‘zi 
ham kelib qolur, — dedi u Sultonmurodning qo‘lidan 
tutib.
Nurbobo mehmonxonani ochdi-da, sham yoqib 
chiqib, ulami ichkari kirgizdi. Darichalarni ochdilar. 
Dimiqqan xonaga kechaning salqini urdi. Sulton­
murod kelganiga afsuslanib, qovog‘ini solib oldi. 
Aloiddin Mashhadiy she’r va shoirlar haqida gapirdi. 
Navoiyning ona tilining boyligi, go'zalligi to‘g‘risidagi 
fikrlarini o‘zicha rad etmoqqa tirishdi. Sultonmurod 
yana ko‘proq asabiylandi. Ezma Aloiddinning tilini 
kesish uchun so'zlamoqqa majbur bo‘ldi. U hozirgi
95


zamonda forsiycha yozadigan shoirlaming o‘ndan 
to‘qqizi qofiyabozlar bo‘lib, bir qismigina qadim ulug‘ 
shoirlaming ojiz taqlidchisi ekanini juda oson isbot 
qildi. Aloiddin Mashhadiy, o‘z odaticha, bir necha 
achchiq-tiziq so'z aytib, ko‘zlarini yumdi-da, jim bo‘l- 
di. Nurbobo dasturxon yozib, meva-cheva qo‘ygach, 
shoir bir oz ochildi. Tinmasdan pista va bodom 
chaqib, Bodg‘is‘ning havosini, tabiatini uzoq maqtadi. 
Dasturxon yig‘ ishtirilib Sultonmurod ketmoqqa qis- 
tarkan, darvozada otlarning dukuri eshitildi. Aloiddin 
Mashhadiy sevinib, Sultonmurodni yana cho‘kkalatdi. 
Bir ozdan keyin halloslab T o ‘g‘onbek kirib keldi. 
K o ‘zlari mast yonardi. Mehmonlarni ko‘rib sevindi. 
Nurboboga aytib, darrov taom va sharob keltirtirdi. 
Qadahlami lim to‘ldirib uzatdi, ichishga qistadi. 
Aloiddin Mashhadiy birinchi qadahdan xushchaqchaq 
bo‘lib, gapni gapga qovushtirmay qo‘ydi. Ikkinchi 
qadahni ichib, yonini kovladi. Poyanda Sultonbegim- 
ga atab yozgan uzun qasidasini chiqarib, o‘qib berdi- 
da, davron nodirasi bo‘lgan ayolga taqdim etmoqligi 
uchun T o ‘g‘onbekka topshirdi.
— Bu ayolning idrok va farosati to‘g‘risida ne fikr- 
dasiz? — deb so‘radi Sultonmurod T o ‘g‘onbekdan.
— H am m a uni aqlning xazinasi, deydi, — javob 
berdi T o ‘g‘onbek ayyorcha kulib. — Ajoyib husni bor. 
Lekin men hali unda aql nishonasini ko‘rmadim!
Aloiddin Mashhadiy kuyunib e’tiroz etdi. Lekin 
T o ‘g‘onbek unga javob qaytarishni ham istamasdan, 
o‘zga narsalar haqida so‘zlab ketdi. Sultonmurod 
uning hozir qanday mansab ishg‘ol qilganini va Hu- 
sayn Boyqaroning ahvoli ham kuchlari qanday ekani 
haqida gap orasida so‘radi. T o ‘g‘onbek o‘z mansabi 
to‘g‘risida «Yosh podshohning yaqinlaridanmen», deb 
javob berdi. Husayn Boyqaroning ahvoli mushkulligi- 
ni, har kun uning yigitlari to‘da-to‘da qochib kelib, 
Mirzo Yodgoming xizmatiga kirayotganini bildirdi, 
oxirda ta’kidlovchi tovush va harakat bilan dedi:
' H iro t v ilo y a tid a b ir m avze. B u y erd a p ista va b o d o m o g ‘och lari k o ‘p b o ig a n .
96


— Lekin Husayn Boyqaroning yonida Alisher 
Navoiy bor. Mirzo Yodgor bu shoirdan ko‘proq 
qo‘rqishi kerak!
— Bu qadar mubolag‘a! — ranjidi Aloiddin 
Mashhadiy. — U kishi g‘oyat yuvosh odam. Siz uni 
tanimaysiz.
— Y o ‘q, Navoiy katta kuch: u siyosatni tubli bila- 
di. Aqlga boy ham el-ulus orasida obro‘si baland. 
To‘g‘ri, men tanish emasmen. Balki undan qochibroq 
yurishga to‘g‘ri keladi. Am m o odamni ishi tanitadi. 
Bo ‘zchining hunari to‘qigan bo‘zidan ko‘rinadi. 
Qasidangizning tuzi bo‘lmasa, hech kim sizni shoir 
demaydi.
Sultonmurod boshini qayta-qayta qimirlatib, uning 
fikrini tasdiqladi-da, dedi: «Umid qilurmizki, Navoiy 
tez kunda yurtni tahlika va ofatlardan qutqorur!»
T o ‘g‘onbek xo‘mrayib yerga qaradi.
— Yurt uchun hech qanday tahlika yo‘q, — dedi u 
salmoqlanib. — Mirzo Yodgoming tomirida ham 
Temur qoni bor. U o‘z haqqini da’vo qildi!
Sultonmurod u bilan bahslashmoqni ortiqcha bildi- 
da, sukut qildi. T o ‘g‘onbek ko‘p ichdi. Unga iyarib 
Aloiddin ham, har vaqtdagidan ko‘ra, bir necha 
qadahni ortiqroq ko‘tarib, nihoyat, cho‘zilib, qotib 
qoldi. Sultonmurod xushkayf edi. Aloiddinni qoldirib 
o‘zi ketmoqchi bo‘lib, o‘midan turdi. T o ‘g‘onbek uni 
kuzatib, eshikka chiqdi. Katta, daraxtzor hovli oy 
nurida sokin uxlardi.
— Nurbobo, sham keltir! — qichqirdi To‘g‘onbek.
— Hojati yo‘q, — dedi Sultonmurod.
— Shoshilmang, hujrangizga bomrsiz. Oldin husn- 
ga sajda qilib chiqing!
Sultonmurod hech narsa tushunmadi, yelkasini 
qisib, T o ‘g‘onbekning orqasidan yurdi. Choi qul sham 
olib keldi. T o ‘g‘onbek daraxtlar orqasidagi qator uylar- 
dan birini ochdi: «Marhamat!»
Sultonmurod yopiq daricha oldida chuqur iztirob 
bilan boshini quyi solib, cho‘nqayib o‘tirgan qizni 
ko‘rdi. «Mukammal husn, mukammal husn», dedi
4 -4 7 3 3
97


ichida Sultonmurod ham allanechuk uyalgansimon 
bir-ikki qadam orqaga tashlandi. To‘g‘onbek tokcha- 
dagi laganga ko‘z tashlab, qizning tepasiga bordi:
— Dildorxon, — dedi u bir oz egilib, muloyimlik 
bilan, — nega ovqatni yemading? Boshqa keltirsinmi?
— Ovqat emish! Zahar ber. zahar! — qiz qaddini 
rostlab, alam bilan qichqirarkan, ko‘zlari yondi, 
to‘lg‘in ko‘kragi g‘azab bilan mavjlandi.
K o ‘zlarini quyi solib, qaltiragan qo'llarida sham 
tutib, jim qotgan chol g‘amgin so‘zladi:
— Olloga yolvor, qizim, yolg‘iz undan najot so‘ra!
T o ‘g‘onbek mag‘rur yurib, Sultonmurodga yaqin
keldi va qulog‘iga shivirladi: «So'limmi? M a ’qulmi?» 
Sultonmurod indamadi. Beixtiyor ravishda qizga 
achinish va dard bilan qaradi-da, tashqari chiqdi. 
Birpasdan so'ng T o ‘g‘onbek ham chiqib, qo‘lini uning 
yelkasiga qo‘yib, iljaydi.
— Kim bu? — so‘radi Sultonmurod o‘ychan.
— Qishloqdan kecha olib qochgan edim, — javob 
berdi T o ‘g‘onbek. — G ‘oyat nozik husni bor...
— Shunday hodisalar mamlakat uchun ofat emas- 
mi?
— D o ‘stim, qo‘y bu gaplami! Qiz olib qochish juda 
ko‘ngilli narsa bo‘ladi. Yarim kecha. Oydinda supada 
sochlarini to‘zg‘itib, shiringina uxlab yotibdi, nariroq- 
da kampir buvisi xurrak otmoqda... Ikki yigit bilan 
oyoq uchida tepasiga keldim. Aw al peshonasidan 
yengilgina bir o‘pdim. Keyin og‘zini bog‘lab, ko‘tarib, 
yugurdik. Bog‘dan gul uzib qochgandek, devordan 
oson sakradik. Otga o‘marib, jilovlarni qo‘yib yubor- 
dik. Juda ko‘ngilli ish. Ha, tongga yaqin Hirot yoqasi- 
da bir tanishning bog'iga qo‘ndik, hali bu yerga olib 
keldik. Bunday ishlaming boshqacha kayfi bo‘ladi...
— Nima maqsad bilan? Bu bechoraning holi nima 
bo‘ladi? Ota-ona uchun bundan ortiq, bundan 
dahshatli qayg‘u bo‘lishi mumkinmi? — titrab gapirdi 
Sultonmurod.
— Ishq o ‘yinida ko‘ngil bo'lishi kerak. Buni yaxshi 
bilamen, — sokin, jiddiy gapirdi T o ‘g‘onbek. —
98


Xohlamasa, qo‘lini ham ushlamaymen! X o ‘jamizniki- 
da yuraveradi. Lekin, aslida, saroylami bezaydigan 
qiz.
— Y o ‘q, bechorani o‘z oilasiga yuboringiz. Eng 
insoniy ish bu. Inson tez o‘suvchi orzu-havaslarga 
o‘yinchoq bo‘lmasligi kerak, T o ‘g‘onbek!
— X o ‘p, o ‘ylab ko'ramiz. Xayr endi... 
— 
To‘g‘onbek uzoqlashdi.
Sultonmurod qulflangan eshikka tikilib, bir mud- 
dat hushsizday qotdi. Keyin g‘amgin, majolsizlangan 
holda asta yurib ketdi. Shahar jim uxlaydi. Uzoqda, 
oydin va sokin kechada Hirotning yetti toqili jomi’i 
yana ham muazzam, Ixtiyoriddin qal’asi yana ham 
bahaybat tuyular edi. Sultonmurod T o ‘g‘onbekka 
nafrat, olamdagi butun jabrkorlarga g‘azab bilan 
to‘lib, shuursiz holda yurdi. Hujrada sham yoqmas- 
dan, nari-beri o ‘rin solib cho‘zildi. Uyqusi qochdi. 
0 ‘ngga, so‘lga og‘nadi: fikri, xayoli Dildorga uchardi. 
Siynasida shirin bir og‘riq sezdi. Lablari qimirlab, bir 
necha marta shu baytni takrorladi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin